Mavzu: sezgi a’zolarining morfofunksional xususiyatlari



Yüklə 3,83 Mb.
tarix20.11.2023
ölçüsü3,83 Mb.
#165970
Ergasheva Shohida


Ergasheva Shohida
Sensor signallarning o'zaro aloqadorligi
SENSOR TIZIMINING TEKSHIRISH USULLARI
Sensor tizimining elektrofiziologik, neyrokimyoviy, morfologik hamda asosan sog’lom insonlarda qabul qilishning psixofiziologik analizi o’tkaziladi. Bundan tashqari, sensor tizimni o’rganishda modellashtirish va protezlash usullari ham qo’llaniladi.
Modellashtirish sensor tizimning biofizik va kompyuter modellarida hozircha eksprimental usullar bilan o’rganib bo’lmaydigan vazifalarni va xossalarini modellashtirish orqali o’rganiladi.
Protezlash sensor tizim faoliyatini qanday darajada bilishimizni tekshiradi. Elektrofosfen ko’ruv protezlari bunga misol bo’la oladi.
SENSOR SISTEMALARNING ASOSIY TUZILISH TAMOYILLARI
KO’P QAVATLILIK
KO’P KANALLIK
YONMA-YON QAVATLARDA UNSURLAR SONINING TENG EMASLIGI
. ANALIZATOR UNSURLARINING VERTIKAL VA GORIZONTAL BO’YICHA FARQLANISHI
  • ANALIZATORLAR FAOLIYATINING UMUMIY TAMOYILLARI
  • Analizatorlar signallarni qayta ishlash jarayonida ko’p operatsiyalarni bajaradi. Bu operatsiyalardaн asosiylari:
  • 1). signallarni topish (aniqlash);
  • 2) signallarni birini- biridan ajratish,
  • 3) signallarni o’tkazish va o’zgartirish;
  • 4) 1 ma`lumotlarni kodga solish;
  • 5) signallarning u yoki bu xossalariii detektorlash;
  • 6) obrazni tanish.

Sensor adaptatsiya - bu sensor tizimning umumiy xossasi bo’lib, uzoq vaqt mobaynida berilgan ta'sirotlarga moslashishi tushuniladi. Adaptatsiya-sensor tizimni absolyut sezuvchanligining kamayishi va differensial sezuvchanligining ortishi bilan namoyon bo'ladi. Sub'ektiv olib qaralganda, doimiy berilayotgan ta'sirotga moslashishi yotadi (masalan, odatiy kiyimlarni teriga berayotgan doimiy bosimini sezmaymiz).
Sensor tizimlarning o'zaro aloqasi. Sensor tizimlaring o'zaro aloqasi spinal, retikulyar, talamik va po'stloq darajasida yuzaga chiqadi. Ayniqsa signallar integratsiyasi retikulyar formatsiyada ro'y beradi. Bosh- miya po'stlog'ida oliy tartibli signallar integratsiyasi amalga oshiriladi Po'stloq neyronlarini ko'plab nospesifik va sensor tizimlar bilan bo'lgan aloqasi har xil kombinatsiyalangan signallarga javob bera olish imkonini tug'diradi.

lk


KO’RISH ORGANLARINING MORFOFUNKSIONAL XUSUSIYATLARI
Ko’zning tuzulishi va uning yordamchi aparati
1.Sklera
2.Shox parda
3.To’r parda
4.Rangdor parda
5.Oldingi kamera
6.Orqa kamera
7.Gavhar
8.Sinn boylami
9.Shishasimon parda
10.Tomirli parda
11.Ko’ruv nervi
Ko’zning yordamchi apparati
1.Qoshlar
2.ustki qovoq
3.Ko’z qorachig’I
4.pastki qovoq
5.ko’z eti
6.Konyunktiva
7.Shox parda
Ko’z pardaning tuzilishi
1.ko’z nervi tolalari
2.Gangyios hujayralar
3.Ichki sinaptik qavat
4.Bipolyar hujayralar
5.Tashqi sinaptik qavat
6.Retseptor hujayralar
8.Tayoqchalar
9.Kolbachalar
Qorachiq va qorachiq refleksi. Ko'z ichiga tushadigan hamma yorug'lik nurlarini rangdor parda markazidagi teshik o'tkazadi
Rangdor pardada qorachiq kattaligini o'zgartiradigan muskullili bor, bulardan biri halqasimon muskallar ko'zni harakatlantiruvchi nervning parasimpatik tolalarini idora qiladi. ikkinchisi esa radial muskullar simpatik nerv tolalarini idora qiladi. Halqasimon muskullar qisqarganda qorachiq torayadi, radial muskullar qisqarganda esa, qorachiq kengayadi.

ESHITISH ORGANLARINING MORFOFUNKSIONAL XUSUSIYATLARI

TASHQI QULOQ


Eshituv a’zosi suyaklari
1.Bolg’cha boshi
2.Bolg’acha
3.Old o’sig’I
4.Orqa dastasi
5.Orqa oyoq
6.Asosi
7.Old oyoq
8.Uzangi
9.Sandon
10.Sandon tanasi
ESHITUV ANALIZATORINING O’TKAZUVCHI YO’LLARI VA MARKAZLARI
Eshituv nervining birlamchi afferent tolalari ikki qismga bo’linadi, Tolaning bir qismi ventral koxlear yadroga ikkinchisi dorsal koxlear yadroga yo’l oladi. Ventral yadrodan boshlanadigan tolalar o’sha va qarama-qarshi tomondagi olivar tizimiga o’tadi. Demak, olivalar tizimi ikkala quloqdan afferent tolalar oladi. Bu tizimdagi neyronlar ikkala quloqdan kelgan impulslarni solishtirib ko’rib, tovush manbaining qayerdaligini aniqlaydi. Dorsal koxlear yo’l (dorsal koxlear yadrodan boshlanuvchi tolalar) qarama-qarshi tomonga o’tib, lateral sirtmoq yadrosida to’rt tepalikning keyingi dumboqlariga bog’langan neyronlar bilan sinapslar hosil qiladi. Bu markazlardan eshituv yo’li medial tizza tana orqali bosh miyaning chakka pushtasida joylashgan birlamchi eshituv po’stloqqa yetib boradi. Birlamchi eshituv soha yonida eshituv tizimining ikkilamchi po’stloq soxasi joylashgan. Bu sohalarni shikastlanishi nutqni tushunish, tovush kelgan tomonni aniqlashni, tovush signallar davomini baholashni qiyinlashtiradi.

E’TIBORINGIZ UCHUN RAXMAT


Yüklə 3,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin