Mavzu: Sintaktik vositalarni nutqiy uslublarda qo‘llash



Yüklə 190,58 Kb.
tarix09.06.2023
ölçüsü190,58 Kb.
#127684
SINTAKTIKA


Mavzu: Sintaktik vositalarni nutqiy uslublarda qo‘llash


Sintaktik vositalar turli nutqiy uslublarda turlicha uslubiy ma’nolarning ifodalanishiga xizmat qiladi. Sintaktik vositalarning aksariyati muayyan nutqiy uslubning o‘ziga xos belgisiga aylangan. Ma’lumki, o‘zbek tilida gapda so‘zlarning odatdagi tartibi mavjud. Bu tartibga ko‘ra gapda ega oldin, kesim esa keyin joylashadi, aniqlovchi aniqlanmishdan, hol va to‘ldiruvchi kesimdan oldin turadi, demak, kesim odatda gapning oxirida keladi.

Ammo muayyan uslubiy ma’noni ifodalash maqsadi bilan gapdagi so‘zlarning odatdagi tartibi o‘zgartirilishi mumkin, bunday o‘zgargan so‘z tartibi inversiya deb ham yuritiladi.
Ilmiy va rasmiy uslublarda gapda so‘zlarning odatdagi tartibi, asosan, qat’iy saqlanadi. Lekin so‘zlashuv, badiiy va publitsistik uslublarda bu tartib o‘zgarishi, ya’ni inversion tartib qo‘llanishi mumkin. Masalan: Qaytdi buyuk alloma o‘z yurtin quchog‘iga. (A. Oripov) Bir daqiqa to‘xtab, tingla uning baxt qo‘shig‘ini. (Mirtemir)

Gapda so‘z tartibining o‘zgarishi mantiq urg‘usining o‘zgarishi bilan ham bo‘ladi. Mantiq urg‘usi gapdagi ahamiyatli bo‘lakni ta’kidlashga xizmat qiladi, bunday urg‘uli bo‘lak kesimning oldiga olib o‘tiladi. Masalan: Do‘stim kecha kutubxonaga nodir kitobni o‘qish uchun bordi (nodir kitobni o‘qish uchun, boshqa ish uchun emas); Kecha kutubxonaga nodir kitobni o‘qish uchun do‘stim bordi (do‘stim bordi, boshqa kishi emas); Do‘stim nodir kitobni o‘qish uchun kecha kutubxonaga bordi (kutubxonaga, boshqa joyga emas); Do‘stim kutubxonaga nodir kitobni o‘qish uchun kecha bordi (kecha, bugun emas) kabi.

Berilgan so‘z shakllarini odatdagi tartibda va o‘zgargan (inversion) tartibda joylashtiring, mazmuniy farqlarga izoh bering.


1. Insonga, kelur, tildan, balo
2. Unga, hurmat, kishining, kamtarligi, keltiradi.
3. Boyligidan, kishining, uning, yaxshidir, odobi,
4. Dushmanidir, qorni, kishining.
5. Til, inson, sukuti, salomatligidir.
1. Insonga balo tilidan kelur - Balo kelur insonga tilidan;
2. Kishining kamtarligi unga hurmat keltiradi - Kishining kamtarligi hurtmat keltirar unga;
3. Kishining boyligidan uning odobi yaxshidir - Odobi yaxshidir kishining boyligidan;
4. Kishining qorni dushmanidir - Dushmanidir kishining qorni;
5. Til sukuti insonning salomatligidir - Insonning salomatligidir til sukuti.
Yüklə 190,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin