REJA: 1. Sport formasi haqida tushuncha.
2. Sport formasini baholashning turli usullari.
Tayanch tushunchalar: sport formasi, sport formasi taraqqiyoti qonuniyatlari, sport formasini baholash usullari.
Sport formasi. Sport formasi ko‘p jihatlidir. Maxsus ma’lumotlarni umumlashtirib, unga xos bo‘lgan belgilar kompleksini ko‘rsatish mumkin.
Fiziologik nuqtai nazardan sport formasiga quyidagilar xosdir:
- sport formasida bo‘lmagan paytda mumkin bo‘lmagan yuksak funksional darajada spesifik muskul ishini bajara olish qobiliyati, ya’ni sport formasi davrida organizm eng yuksak funksional darajaga ega bo‘ladi;
- funksiyalarni tejash, ya’ni nihoyat darajasiga yetmagan standart ishlarni bajarishda (jumladan, energiya sarflashda) barcha ish jarayonlari mukammalroq koordinatsiya qilinishi hamda organizmning funksional imkoniyatlari yuksakroq bo‘lishi tufayli qator fiziologik o‘zgarishlarni kamaytirish;
Yuksak turg‘unlik va shu bilan birga sport harakati malakalari dinamik steriotiplarining variativligi (o‘zgaruvchan sharoitlarga moslasha olishi);
Yuksak safarbarlik, ya’ni organizmning harakat faoliyati jarayoniga tezroq kirishib keta olishi va bir ishdan ikkinchi ishga tezroq o‘ta oladigan qobiliyatning mukammalroqligi, tiklanish jarayonlarining tezroq o‘tishi, sport formasi davrida ish samaraliroq bajarilishi bilan bir qatorda charchash holatidan keyin ish qobiliyati tezroq tiklanadigan bo‘ladi.
Sport formasi haqida psixologik tasavvurlar hozircha to‘la va yetarli darajada konkret emas. Shunday bo‘lsada quyidagi belgilarni ko‘rsatish mumkin.
Tanlangan sport faoliyati sharoitlari bilan bog‘liq maxsus idrok etish qobiliyatining yaxshilanishi suzuvchilarda «suvni his etish» va hokazo);
Harakatlarni ongli ravishda boshqarish (harakat mala-kalarini maqsadga muvofiq ravishda avtomatlashtirish asosida) va sport taktika tafakkurining ijodiy namoyon bo‘lish imkoni-yatlarining yuksalishi;
Iroda kuchi diapazonining kengayishi (ham uzoq vaqt iloji boricha iroda kuchi sarflash imkoniyatlarining kengayshi, ham shu imkoniyatlarning absolyut darajasi yuksalishi);
Musobaqalashishga va yutuqlarga erishishga qaratilgan alohida emotsional kayfiyat, sport formasi - kuch - quvvatiga qat’iy ishonishga asoslanib, eng zo‘r jasorat ko‘rsatish mumkin bo‘lgan davr.
Sport formasi pedagogik nuqtai nazardan qaraganda sportchining yutuqqa erishishga optimal tayyor ekani hamma tomonlarining - psixik, jismoniy, sport - texnik va taktik jihatdan tayyor ekanining - garmonik birligidan iboratdir.
Ana shu komponentlarning barchasi mavjud bo‘lsagina sportchi formada hisoblanadi. Sportchining jismoniy sifatlari qanchalik yuksak taraqqiy etgan bo‘lmasin, uning texnikasi va taktikasi qanchalik takomillashgan bo‘lmasin, agar u jiddiy musobaqaga psixik jihatdan tayyor bo‘lmasa, agar unda shu maqsadga qaratilgan tirishqoqlik yoki boshqa iroda sifatlari bo‘lmasa, u hech qachon yuksak natija ko‘rsata olmaydi. Xuddi shu gaplar sport formasining boshqa barcha tomonlariga ham taaluqlidir. Shu bilan birga jismoniy fazilatlar va harakat malakalarining birligi, ya’ni bu fazilat va malakalarning o‘zaro o‘yg‘unligi shunday bo‘lishi kerakki, unda sportchi tanlangan sport turida o‘z jismoniy fazilatlarini ayni texnik va taktik malakalar formasida maksimal darajada namoyon etishga qodir bыlsin.
Yuqorida aytilganlarning hammasini har bir aniq sharoitning o‘ziga qarab tadbiq etmoq kerak. Chunki optimal tayyorgarlik tushunchasi nisbiydir. U sport formasi taraqqiyoti-ning faqat konrekt sikli uchun to‘g‘ri bo‘ladi. Sportda kamolatga erisha borgan sari optimum (eng yaxshi) daraja o‘zgarib boradi - sport formasi sport kamolotining har bir bosqichida ham sifat jihatdan, ham miqdor ko‘rsatkichlari bo‘yicha boshqacha bo‘la boradi.
Sport formasini baholash uchun xilma - xil uslublardan foylanadilar. Shulardan asosiylarini shartli ravishda pedagogik va tibbiy fiziologik uslublarga bo‘lish mumkin.
Pedagogik uslublar sportchining sifatlari, malakalari va mahoratlarini umumlashtirib baholash asosida uning tayyorgarlik darajasini aniqlaydi. Bunda sport musobaqalaridagi, ya’ni sport formasini baholashda hisobga olinishi kerak bo‘lgan real sport kurashi sharoitidagi sport natijalari eng umumiy mezon bo‘ladi. Bunday natijada sportchi tayyorgarlik darajasini barcha tomon-lari xuddi ko‘zguda ko‘rilgandek ravshan aks etadi. Agar sportchi o‘zining avvaligi shaxsiy rekordidan yuqori yoki o‘sha darajaga yaqin natija ko‘rsatsa, taxminan bo‘lsa ham, u sportchini formada ekan deb hisoblaydilar.
Biroq sport natijasi tayyor ekanlikning ayrim tomonlarini tanlab nazorat qilishga imkon bermaydi. Bundan tashqari sportning ayrim turlarida hozircha sport natijalarining yetarli darajada ob’ektiv miqdor o‘lchovlari mavjud emas (gimnastika, yakkama - yakka olishuv va boshqalar). Bular bari qo‘shimcha xususiy mezonlar bo‘lishini talab etadi.
Shu maqsadda jismoniy, texnik - taktik tayyorgarlik bo‘yicha nazorat mashqlardan foydalaniladi. Shuningdek, musobaqalar va mas’uliyatli chamalashlar sharoitida sportchining texnikasini, taktik harakatlarini va umuman o‘zini qanday tutishini kuzatish ham keng qo‘llaniladi. Tanlab baholash yana ham aniqroq bo‘lishi uchun tugal harakatlarni yoki hatto ularning ayrim elementlarini maxsus apparatlar, video tasma, siklografiya, dinamometriya, spidografiya va boshqalar) yordamida ham hisobga olinadi.
Sport formasini baholashning tibbiy - fiziologik uslublari organizmning harakat faoliyatini amalga oshiradigan hamda ta’min etadigan eng muhim tizimlari ish qobiliyatni aniqlashga qaratilgan. Buning uchun, jumladan, standart va maksimal spesifik yuklamalar bilan funksional sinovlardan foydalaniladi (sport medesinasi va sport fiziologiyasi kursiga qarang).
Ham pedagogik, ham tibbiy - fiziologik ma’lumotlardan kompleks foydalanilgandagina sport formasiga to‘liq tavsif berish mumkin bo‘ladi. Bunda ayniqsa, tibbiy - fizilogik ma’lumotlar nihoyatda muhimdir. Biroq, sport formasini aniqlashda hal qiluvchi so‘z shubhasiz murabbiyda qoladi.
Tadqiqotlar sport formasining taraqqiyot jarayoni fazali xarakterga ega ekanini ko‘rsatadi. Bu jarayon uch fazadan - formaga kirish, uni saqlash va sport formasini vaqtincha yo‘qotishdan iborat bo‘ladi.
Sport formasiga kirish fazasi sport formasi uchun zarur sharoit shakllanishi va taraqqiy etishidan hamda sport formasi bevosita tashkil topishdan iborat bo‘ladi.
Bunda gap avvalo organizmning funksional imkoniyatlari umumiy darajasini ancha yuksaltirish, sportchining jismoniy va iroda fazilatlarini har tomonlama rivojlantirish, xilma - xil harakat mahorati va malakalarini, shu jumladan, tanlangan sport turining texnika - taktikasining yangi elementlarini shakl-lantirish haqida bormoqda. Bular bari qo‘shilib sport formasining poydevorini barpo etadi. Sport formasining qay darajada bo‘lishi, binobarin mashg‘ulotning mazkur siklidagi sport natijalarining darajasi ham ana shu poydevorning sifatiga bog‘liq bo‘ladi.
Biroq, bu vaqtda hali yutuq uchun hamma narsa tayyor bo‘lmaydi, organizmda eng muhim funksional o‘zgarishlar sodir bo‘lishi davom etadi.
Bunda ayrim jismoniy fazilatlar o‘rtasida, shuningdek, harakat malakalari o‘rtasida bir - biriga salbiy ta’sir etish ham bo‘lishi mumkin. Bu sport formasining elementlari endigina paydo bo‘layotgan payt, ular bir-biriga «jipslashib», bir butun bo‘lib birlashib ketmagan bo‘ladi. Bu fazaning ikkinchi yarmi, ya’ni sport formasi bevosita shakllanayotgan vaktda moslashish jarayonlar ko‘proq, ixtisoslangan xarakter kasb etadi va ko‘cha-yotgandek bo‘ladi. Maxsus mashq bilan chiniqqanlikning ortishi ixtisoslanish uchun tanlangan sport turiga javob beradigan sifatlarining rivojlanishi va tegishli sport texnikasi va taktikasining chuqur mukammallashtirilishi barcha o‘zgarishlar-ning yetakchi yo‘nalishi bo‘ladi. Sportda yutishga tayyor ekanlikni ta’minlaydigdn ayrim komponentlar birlashib, G‘oyatdarajada betartib yaxlit tizimni - sport formasini yaratadi.