Stol tennisi tarixi haqida juda qarama-qarshi fikrlar mavjud. Ba’zi mutaxassislar stol tennisi Osiyo, ya’ni Yaponiya va Xitoyda paydo bo’lgan, deb hisoblashadi. Sport tarixchilari, shu jumladan yapon va xitoy sporti tarixchilarining fikricha, bu yanglish fikr. Hozirgi kunda hech bir mutaxassis birinchi bo’lib kim, qachon va qaerda stol tennisini o’ynay boshlaganini aytolmaydi. Ko’pchilik mutaxassislar stol tennisi Angliyada, Qirol tennisining bir turi sifatida paydo bo’lgan, deb hisoblaydi. Stol tennisining paydo bo’lishi XIX asrning ikkinchi yarmiga borib taqaladi. Avvaliga o’yin ochiq havoda o’tkazilgan, keyinchalik xona ichida o’ynash rusm bo’lgan. So’ng bir-biriga yaqin joylashgan ikki stolda o’ynash, yanada keyinroq esa ikki stolni birlashtirib, o’rtasiga to’r tortilgan holda o’ynash odat tusiga kirgan.
1901 yilda stol tennisiga “ping-pong” nomining berilishi koptokning raketkaga urilgandagi tovushi “ping” va stolga urilib, sakrab ketgandagi tovushi “pong”dan olingan. Jihozlarning soddaligi, asosiysi, katta joy talab qilmasligi stol tennisining tez orada mashhur bo’lib ketishiga sabab bo’ldi. Buning natijasida xalqaro tashkilot tuzish va o’yin qoidalari ishlab chiqishga zarurat tug’ildi. 1926 yil yanvarda Berlinda stol tennisi xalqaro federatsiyasi – ITTF tashkil qilindi.