Mavzu: Tafakkur inersiyasi amal qilish mexanizmlari Reja: Tafakkur haqida umumiy tushuncha

Yüklə 87 Kb.
səhifə1/4
tarix17.02.2023
ölçüsü87 Kb.
#84666
  1   2   3   4
Tafakkur inersiyasining amal qilish mexanizmlari-fayllar.org

Mavzu: Tafakkur inersiyasi amal qilish mexanizmlari
Reja:
1. Tafakkur haqida umumiy tushuncha.
2. Tafakkur jarayonlari.
3. Tafakkur shakllari.
4. Tafakkur va masala hal qilish.
5. Tafakkur turlari.
6. Tafakkurdagi individual farqlar.

1.TAFAKKUR HAQIDA UMUMIY TUSHUNCHA
Tafakkur inson aqliy faoliyatining yuksak shaklidir. Insonda tafakkur bo`lganligi va tafakkur bilan chambarchas nutq bo`lganligi tufayli u hayvonlardan farq qiladi, shu sababli u ongli mavjudotdir. Inson o`z atrofidagi olamda bo`lgan buyumlar va hodisalarni ongli ravishda idrok qiladi. Ongli ravishda eslab qoladi hamda esga tushiradi va ongli ravishda harakat qiladi. Tafakkur atrofdagi olamni bilish qurolidir va inson amaliy faoliyatini vujudga kelishi uchun shartdir. Biron narsa to`g`risida tafakkur qilish jarayonida fikr paydo bo`ladi, bu fikrlar insonning ongida hukm va tushunchalar shaklini oladi. Tafakkurning bilish faoliyatidagi roli avvalo bizning idroklarimiz va fikrlarimizning voqelikka qanchalik muvofiq bo`lishini, bo`lar haqiqat yoki xato, chinmi yoki yolg`on ekanligini belgilashda o`z ifodasini topadi. Bunday tafakkur qilish eng oddiy amaliy voqelikda namoyon bo`ladi. Voqelikning sezgilardagi va idrokdagi in`ikosning o`zi chinakam bilim bo`ladi. Masalan: biz quyoshning har kuni sharqdan chiqib, g`arbga botayotganini hammamiz ko`ramiz (idrok qilamiz). Biz erni qimirlamay turganini, asrlar davomida qilgan fikriy faoliyati natijasidagina uzoq davom qilgan kuzatishlar o`tkazish va matematika yo`li bilan tadqiqotlar qilish natijasidagina haqiqatda quyosh er atrofida aylanmasdan, balki er o`z o`qi atrofi va quyosh atrofida aylanayotganligini aniqladik. Demak, kuyoshning harakati to`g`risidagi bizning bevosita idrokimiz voqelikka to`g`ri kelmas ekan. Voqelikni to`g`ri aks etishi tafakkur bilan aniqlanadi. YUqoriroq bosqichlarda bunday fikrlash tafakkur jarayonlarida hosil bo`lgan hukmlar va tushunchalarning chinligini yoki chin emasligini aniqlashda ifodalanadi. Tafakkur deb, voqelikdagi narsa va hodisalarni ular o`rtasidagi bog`lanishlarni fikran, umumlashtirib, vositali yo`l bilan aks ettirishga aytiladi. Voqelik tafakkurda, idrok va tasavvurgina nisbatan chuqurroq va to`laroq aks etadi. Biz sezgi, idrok vositasi bilan bilib olishimiz mumkin bo`lmagan narsa yoki hodisalarni, narsa yoki hodisalarning xususiyatlarini, ularning bog`lanish va munosabatlarini tafakkur vositasi bilan bilib olamiz. 
Masalan: bizga ma`lumki, agar yorug`lik nuri shisha prizma orqali o`tkazilsa bu nur spektorni etti rangiga ajralib ketadi. Bu ranglarni biz idrok qilamiz (ko`zimiz bilan ko`ramiz). Lekin fizikadan bizga shu narsa aniqki, bu nurlardan bo`lak yana boshqa nurlar ham bor. Bu nurlar infraizil, ul’trabinafsha nurlar deb ataladi. Bu nurlarni biz ko`rmaymiz. Bunday nurlarni borligi tafakkur yordami bilan kashf qilingan. Biz tasavvur qilishimiz mumkin bo`lgan ko`pgina hodisalar bor. Biz bu hodisalar to`g`risida faqat fikr yurita olamiz. Tafakkur voqelikni umumlashtirib aks ettirishdir. Biz ayrim narsalarni va hodisalarni, masalan, alohida stolni yoki stulni idrok qilamiz, tasavvur qilamiz, ammo umuman stol va stul to`g`risida fikrlashimiz mumkin. Umumlashtirish natijasida bir hukmning o`zida ayni vaqtda yakka bir narsa to`g`risidagina fikr qilib qolmasdan, balki shu narsa bilan birga narsalarning butun bir turkumi to`g`risida ham fikr qilish mumkin. Masalan, “O`zbekistonning hamma fuqarolari qonun oldida tengdirlar.” Bu hukmda ayrim bir kishi to`g`risida hukm qilmasdan, balki O`zbekistonning hamma fuqarolari to`g`risida fikr yuritamiz. Narsa yoki hodisalar to`g`risidagi eng muhim bog`lanishlar va munosabatlar tafakkur yordami bilan ochiladi. Siz qalamni barmoqlaringiz bilan 20 sm balandda ushlab turibsiz. Barmoqlaringizni ochib yuborsangiz qalam stol ustiga to`shadi, uning taqillagani eshitiladi. Biz bu hodisalarni birin-ketin idrok qilamiz va ularni xuddi shu tartibda tasavvur qilishimiz mumkin. Lekin biz bunda hodisalarni ma`lum vaqt ichida birin - ketin sodir bo`lishini idrok qilamiz, holos. Ammo ayni vaqtda tafakkur yordami bilan bu hodisalarning bir - biriga qonuniy bog`lanishdagi chuqurroq sabablar va bundan kelib chiqadigan natijalar ochiladi.

Biz hodisalarning birin - ketin o`tayotganligini qayd qilib qolavermaymiz, balki birinchi hodisa bo`lgani uchun ikkinchi hodisa ro`y berdi, undan keyingina hodisalarning har qaysisi (masalan, tovush) oldindan hodisa ro`y berganligi uchun (qalam stolga urilgani uchun) sodir bo`ladi, deb aniq qilib aytamiz va oldingi hodisaning ro`y berganligi keyingi hodisaning muqarrar keltirib chiqarganligini anglaymiz. Bu hodisalar ularning ma`lum bir vaqt ichida birin - ketin sodir bo`lganligini idrok qilganimizdan tashqari ular o`rtasida sabab - natija tariqasida bog`lanishi, ya`ni qonuniy bog`lanish bor, deb aniq qilib aytamiz. Biz shu sabab - natija tariqasidagi bog`lanishning o`zini bevosita idrok qila olmaymiz. Uni sezgi organlarimiz vositasi bilan his qilolmaymiz, (ko`rmaymiz, ushlab ko`rmaymiz, eshita olmaymiz) balki shu bog`lanish borligini idrokimizga asoslanib turib fikr qilish yo`li bilan topamiz. So`ngra ayrim hodisalardagi sabab-natija bog`lanishlari ochilganligiga asoslanib, umumiylashtirish yo`li bilan voqelikning umumiy qonuniyatlarini topib olamiz. Masalan, bir holda suvning yaxlab qolganligi haroratning pasayganligi (0 dan pastda tushib ketganligi) sabab bo`lgani aniqlangan bo`lsa va bu hodisa boshqa bir qancha hollarni ham aniqlagan bo`lsa, yana shu hollarni umumiylashtirish natijasida “harorat 0 dan past bo`lgani suv hamisha muzlaydi”, degan hukmda ifodalangan qonun topilgan. Hodisalar o`rtasidagi mavjud sabab - natija bog`lanishlarini belgilaganimiz uchun biz hozirgi paytda bizning oldimizda ro`y bermagan hodisalarning yuz berishini oldindan aytib berishimiz mumkin. Masalan: termometrda haroratning 0 dan past tushganligini ko`rishimiz bilan endi suv muzlaydi, deb oldindan ayta olamiz.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4

Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə

yükləyin