Mavzu:Ta’limiy hamkorlik-pedagogik konfliktni yechishning samarali shakli
Reja:
O’qituvchi tomonidan sodir bo’ladigan konfliktli vaziyatlar.
Pedagogik muloqotda yuz beruvchi ziddiyatning mohiyati haqida tushuncha.
Konflikt qarashlariga misollar
1)O’qituvchi tomonidan sodir bo’ladigan konfliktli vaziyatlar.
Konfliktlarning quyidagi turlari qo’shilib ketadi: bir tomondan qoloq o’quvchilar bilan yaxshi o’zlashtiruvchi o’quvchilar, obro’li va obro’siz o’quvchilar, o’g’il va qiz bolalar, o’g’il bolalar guruhi bilan qiz bolalar o’rtasida nizolashuv mavjud bo’ladi. Ikkinchi tomondan – har har xil malaka va mahoratga ega bo’lgan o’qituvchilar o’rtasida nizolashuv yuz beradi. Ular orasida – juda obro’li, o’ta talabchanlar, o’quvchilar nazarida o’rtacha reytingga ega bo’lganlar hamda yuksak pedagogik mahortaga ega bo’lgan o’qituvchilar ham mavjud.
“Konflikt” tushunchasi lug’atda faqatgina sinfiy qarama-qarshilik va manfaatlar to’qnashuvini anglatuvchi termin sifatida izohlangan. N.I.Kondakovning (M.,1975y) “Logika lug’ati”da qarab chiqilayotgan tushuncha yuqorida keltirilgan izohlarga to’liq mos keladi. “Konflikt” – bu qarama-qarshi tomonlar, manfaatlar, kuchlar, qarashlar, fikrlar, intilishlar to’qnashuvidir. So’ngra o’sha o’rinda konfliktni uzoq davom etadigan, og’ir oqibatlarga olib keladigan kelishmovchilik, bahslashuv ham deb tushuntiriladi. Mualliflar ijtimoiy konflikt, ziddiyatni “ijtimoiy kelishmovchiliklarning oxirgi holati” deb baholashgan. “Kichik siyosiy lug’at”da (M.,1988y) yuqoridagi ta’rif aynan keltirilgan. Va nihoyat “E
stetika” lug’atida (M.,1989y) “badiiy konflikt” tushunchasi ham ana shu qabilda, hayotda yuz beradigan ziddiyatlarning san’atda aks etish sifatida ta’riflangan. “Pedagogik konflikt” tushunchasini ta’riflayotganda uning ilmiylik darajasini farqlash maqsadga muvofiqdir. Konflikt nazariyasiga bag’ishlangan ilmiy tadqiqotlar ham diqqatga sazovordir. Uning asosiy tomonlarini qisqacha ko’rib chiqamiz.
Ijtimoiy taraqqiyot konfliktlar va ularning hal etilishi uzviy bog’liqdir. “Konflikt” – bu taraqqiyotni, rivojlanishni, yaxshilik va yomonlikni, yaratish va yemirishni harakatga keltiruvchi va to’xtatuvchi tormozdir.
Agar tabiat, - A.Eynshteyn “fikricha, - u murakkab hamda yomonlik tashimaydigan bo’lsa, konfliktlar bo’ladigan munosabat boshqacha bo’lishi mumkin. Konfliktga boruvchi kuchlar yovuz, adolatli va xolis bo’lishi mumkin. “Konflikt nazariyasiga kirish” monografiyasi mualliflari to’g’ri ta’kidlaganlaridek, hozirgi zamon fani konfliktlar nazariyasini yoritishda tor qobiqqa burkanib qolmaydi. Konflikt sosial va texnik hodisa sifatida murakkab tizimlarga xosdir. Konfliktlilik va oldni ko’ra bilishdagi ojizlik – murakkab sistemalar mohiyatini tashkil etadi. Demak, pedagogika sohasida konfliktlarni tadqiq etish rivojlanishda bo’lgan pedagogik, didaktik, boshqaruv va boshqa tizimlar bilan birgalikda tahlil etilgandagina mazmunga ega bo’ladi. Ba’zi bir oqibatlarning oldindan ko’ra bilishning ojizligi kabi parametrlar asosli ravishda ta’lim-tarbiya tizimiga, maktablar, oliy o’quv yurtlari, pedagogik xodimlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash tizimiga taalluqlidir.
Konfliktlar nazariyasi bilan shug’ullanuvchi mutaxassislarning hamjihatlik bilan bildirgan fikrlariga ko’ra, tadqiqotlar jarayonida tug’iluvchi konfliktlarni boshqarish, o’lchash mumkin. Konflikt “murakkab tizimlar uzviyligi usuli” sifatida baholanadi. U ziddiyatlashgan tomonlarning ajratilishi va qo’shilish faktori sifatida xizmat qilishi mumkin. Ikki tizim orasidagi konfliktlar yangi konflikt tizimini vujudga keltiradi.
Nizolashuvchi tomonlar orasida oldingi o’rinni kuchli o’qituvchilar egallaydi. O’qituvchilar bilan nizolashuvchi o’quvchilar soni o’zlashtirish va davomat bo’yicha teng sonlidir. Bundan kelib chiqadigan xulosa shuki, o’quvchilar bilan ishlashda nizolashuvchi o’qituvchilar (eslatamiz, ular nizolashuvchilarning yarmini tashkil etadi) reyting bo’yicha barcha kasbiy darajalarni o’z ichiga oladi.
Boshlang’ich sinflarda yuz beradigan nizoli mojarolarni mazmun va ssenariya bo’yicha uch guruhga ajratish mumkin:
Didaktik
Axloqiy (Estetik)
Va boshqa nizolar
Nizoli to’qnashuvlarning real manzarasini to’g’ri tasavvur etish uchun ularning qisqacha tavsifiga murojaat qilamiz. Ularning o’ziga xos “invertarlash”dan so’ng muhokama, sharh va xulosalash mumkin.
Pedagogik muloqot jamoaviy ijtimoiy-psixologik hamkorlik tizimidir. Shunga mos ravishda muloqotning quyidagi yo’nalishlarini farqlash mumkin
1) pedagogning alohida o’quvchilar bilan muloqoti;
2) pedagogning alohida o’quvchilar vositasida o’quvchilar jamoasi bilan bo’ladigan yalpi muloqoti;
3) pedagogning jamoa orqali alohida o’quvchilar bilan bo’ladigan muloqoti. Shuni qayd etish kerakki, muloqotning mazkur yo’nalishlari bir – biri bilan aloqadorlikda sodir bo’ladi va hokazo. Pedagogik faoliyatda muloqotning jamoaviyligi – bu faqatgina faoliyatning kommunikativlik tomoni bo’libgina qolmasdan, balki pedagogik muloqotning muhim qonuniyatlaridan biridir. Muloqotga doir olib borilgan izlanishlar shuni ko’rsatadiki, pedagogik muloqot jarayonida muloqotga kirishuvchilarning o’zaro o’z-o’zini namoyon qilishi, pedagog va o’quvchilarning o’zaro kommunikativ o’z-o’zini ifodalashi yuz beradi, bu esa pedagog va o’quvchilarning ijodiy hissiyotiga bevosita ta’sir ko’rsatadi. Bunday o’zaro o’z-o’zini namoyon qilish pedagog va o’quvchilarning emotsional hissiyoti uzviyligi asosida yuz beradi, uni mustahkamlaydi, emotsional birlik natijasi sifatida namoyon bo’ladi. Mazkur ta’sir pedagogik muloqotning mazmuniy tomoniga katta ta’sir ko’rsatadi, o’quvchilar bilish jarayoniga samarali ta’sir qiladi. Muayyan darajada pedagogik hamdardlik yuzaga keladi. O’qituvchi mazkur hamdardlikni faollashtiruvchi sifatida ta’sir ko’rsatadi va o’quvchilarni muammoni yechishga, izlanishda hamkorlikka undaydi, negaki u tomonidan o’quvchilar bilan bo’ladigan hamdardlik, o’z navbatida, pedagogning o’ziga ham ta’sir ko’rsatadi. Sinf jamoasining yalpi ravishda va har bir o’quvchida alohida ro’y beradigan emotsional holatini anglash va baholash nihoyatda muhim bo’lib, axborotni anglash darajasini aniqlash ko’rsatkichidir. Bunday pedagogik ko’nikma haqida o’z vaqtida A.S.Makarenko shunday degan edi: “ko’rish, oddiygina jismoniy ko’rishni rivojlantirish kerak. Bu tarbiyachi uchun zarurdir. Inson va bola yuziga qarab o’qishni bilish lozim va bunday o’qish hattoki maxsus kursda o’z ifodasini topishi lozim. Inson yuziga qarab uning qalbida kechayotgan fikrlarni o’qiy olishda hech qanday mistika va ayyorlik mavjud emas.” Pedagogning bunday qobiliyati uning faoliyatini ma’lum darajada badiiy ijodga yaqinlashtiradi, bunday qobiliyat boshqalar ko’ra olmaydigan narsalarni ko’ra olishni nazarda tutadi, hodisalarning estetik mazmunini aniqlashtirishga xizmat etadi. “Yaxshi ko’z mehnatni talab etadi, - deb yozgan edi K.Paustovskiy, - ko’rish ustida ishlang, dangasalik qilmang. Uni aytish mumkinki, tarang tor kabi tuting. Bir oy, ikki oy davomida hamma narsaga chuqur fikr orqali qarang, bularni turli bo’yoqlarda ifodalashga harakat qiling. Tramvayda, avtobusda, hamma yerda insonlarga ana shunday ko’z bilan qarang. Ikki – uch kundan so’ng insonlar yuzida ilgari o’ndan birini ham payqamaganligingizga inonasiz. Ikki oydan so’ng siz ko’rishga o’rganib qolasiz va bunga endi o’zingizni majbur etmasangiz ham bo’ladi.” Kundalik muloqot tizimida, insonlarning shaxsiy o’zaro aloqalarida axborot berishda suhbatdoshdagi har qanday o’zgarish izsiz qolmaydi. Eng muhimi bunday reaksiyalar to’g’ridan – to’g’ri olinadigan javoblardan ko’ra ko’proq axborot tashish xususiyatiga ega.
Psixologiya fani boshqa insonlar gap ohangi, yuz harakatlari va boshqa yaqqol ko’zga tashlanadigan harakatlardan ularning emotsional holatini aniqlash tajribasiga ega. Biroq pedagogik muloqot doirasida bunday masalalar asosli ravishda tadqiq etilmasdan qolmoqda. Shu bilan bir qatorda emotsional qiziqishlarni anglab olish qobiliyati, ularga mos axborotlarni qabul qilish darajasini bilish pedagog uchun juda foydalidir. Tajribali o’qituvchi sinfda mavzuni tushuntirib o’quvchilarga bir boqish bilan mavzuni o’quvchilar qay darajada o’zlashtirishganini aniqlay oladi. Ana shunday ko’nikmani pedagogda shakllantirish kasbiy tayyorgarlikning tarkibiy qismi bo’lmog’i lozim.
Pedagogik muloqotda o’qituvchi bilan o’quvchining bir – birini mutanosib ravishda tushunishi favqulodda muhimdir. Bu o’quv – tarbiya jarayonini korreksiyalash va intensifikasiyalash imkonini beradi. Ta’lim jarayonida o’zaro to’g’ri tushunishni tashkil qilishda muhim rolni emotsional empatik va identifikasiyalash o’ynaydi.
O’zini bola bilan emotsional birlashtirish, uning hissiyoti va fikrlari bilan yashash, bu demak, uning fikrlari va qayg’ularini adekvat tushunish – hoyatda murakkab vazifa. A.S.Makarenko xuddi ana shunday ko’nikmani egallashga chaqirgan edi. O’qituvchining o’quvchi psixologik holatiga kira olishi psixologik nuqai nazardan qaraganda g’oyat bebaho xususiyatdir. Negaki, “suhbatdosh haqidagi tasavvur unga ko’rsatiladigan ta’sir usulini to’g’ri tanlash imkonini beradi. Suhbatdosh haqida to’g’ri tasavvurga ega bo’lish – bunday ta’sir ko’rsatish sharti va samaradorligidir...”. Pedagog U.P.Korolenko “Uchitelskaya gazeta”da quyidagilarni yozgan edi: “Agarda hissiyot o’ziga mos aks etish bilan izohlanmasa, o’zaro bir-birini anglash imkoniyatini keskin pasaytirib yuboradi. Bunga sabab nima? Emosional madaniyatning past darajada ekanligi, emotsional qayg’urishlar shakli hamda begonalar hissiy holatini o’qiy olish ko’nikmasiga ega emaslik buning asosiy sababidir. Pedagog uchun bu halokatdir”.
Shunday qilib, emotsional birlikka erishuv pedagogik muloqot jarayonining muhim tarkibiy qismi hisoblanib, ta’sir etishni tashkil etish oldidan va undan so’nggi muhim elementdir. Uning quyidagi tuzilishi qayd etiladi: Emotsional – (Pedagogik), Emotsional – Pedagogik birlik – ta’sir etish – birlik ta’sir etish. Bu o’rinda emotsional birlik oldin sodir bo’luvchi element sifatida keladi (prognostik) va yakunlovchi (baholovchi – aniqlashtiruvchi). Kasbiy – pedagogik funksiyasi ana shulardan iboratdir.
Endi sizning talabalik tajribangizga murojaat qilamiz. Eslang, imtihon oluvchiga javob berish qaysi holatda yengil bo’lgan edi: u sizni diqqat bilan eshitgan, ko’zingizga tik qaragan, boshini qimirlatgan paytdami va hokazo, ya’ni siz bilan muloqotga kirishganda o’zida qiziqish hosil qilganda, yoki jim o’tirib eshitgandami, javobingizdan mamnun yoki mamnun ekanligini bildirmagan holatdami? Albatta, tabiiyki birinchi holatda imtihon topshirish muhimi ancha yoqimli, bu o’rinda pedagogning manfaatdorligi yorqin aks etgan, u talab bilan qayg’udosh, hamdard. Ikkinchi holda ko’p talabalar, hatto a’lo daradaja tayyorlangan talabalar ham imtihon oluvchining sovuq nigohi, befarq munosabati qarshisida so’zdan adasha boshlaydi va hokazo.
Bunday xususiyat ko’p darajada bolalar auditoriyasida o’zini yaqqolroq namoyon qiladi. Qachonlardir “O’qituvchilar gazetasi” bu haqda o’z fikrini bildirgan edi. Tarix fanidan dars beruvchi maktab direktori darsga kasal holatda keladi. Uning qoloq o’zlashtiruvchi o’quvchilar bilan shug’ullanishga holi yetmay, a’lochi qizni javob berish uchun turg’izadi.
U a’lochi o’quvchining pala – partish javobidan hayratda qoladi. Darsdan so’ng qizdan nimaga bunday bo’ldi deb so’radi. “Sizga qachon javob bersak, - dedi u, - siz odatda bosh irg’ab diqqat bilan eshitar edingiz, noto’g’ri javobimizni to’g’rilardingiz.
Bugun esa mening javobimga hech qanday e’tibor bermadingiz, men o’z javobimning to’g’riligiga shubhalana boshladim, to’g’ri gapirayapmanmi deb adasha boshladim va hokazo.
Pedagogik muloqotda tezkor emotsional hamdardlik – muhim kasbiy element hisoblanadi.
Agar siz bolar bilan bo’ladigan muloqotingizda optimallikka erishmoqni istasangiz, mo’ljal olishingiz uchun o’ziga xos yo’riqnomani tavsiya etamiz:
Sinfga hushyor, o’ziga ishonch, serharakat holatda kirish.
Muloqotning boshlang’ich davrida umumiy ruhiyat hushyor, mahsuldor, ishonchli bo’lmog’i kerak.
Kommunikativ ta’bga egalik: muloqotga tayyorgarlikning yorqin ifodalanishi.
Kommunikativ tashabbus, emotsional ta’b va faoliyat, sinfga mazkur hissiy holatni bera bilish.
Darsda kerakli emotsional holatni yarata bilish.
Dars davomida o’z hissiyoti va bolalar bilan bo’ladigan muloqotini boshqara bilish (muvozanatli emotsional holat, har qanday holatda boshqara bilash qobiliyati, ruhiyatdagi notekislik).
Mahsuldorlik.
Muloqotni boshqarish: tezkorlik, lo’ndalik, o’z shaxsiy usulini his etish, muloqot va ta’sir etish metodlari uzviyligini tashkil eta bilish qobiliyati.
Til (yorqin, obrazli, emotsional to’laqonli, yuksaPatomimika (ifodali, imo – ishoralar mosligi, plastik obrazlilik, ishoralardagito’laqonlilik)Yakuniy. Muloqotning umumiy tavsifnomasi.
Dostları ilə paylaş: |