Mavzu. Taqdimotlarni ishlab chiqishniig instrumental vositalari. (2 Soat) reja



Yüklə 4,78 Mb.
səhifə1/16
tarix01.12.2023
ölçüsü4,78 Mb.
#170540
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Taqdimot yaratish


MAVZU. TAQDIMOTLARNI ISHLAB CHIQISHNIIG INSTRUMENTAL VOSITALARI. (2 SOAT)


REJA:

  1. Taqdimot rekdaktorlari asosiy tushunchasi va ishlash prinsiplari.

  2. Prezi, Microsoft Power Point, Apple Keynote, Google Slides, LibreOffice Impres redaktorlarining tahlili.

  3. Taqdimot redaktorlarida amallarni bajarish.



ISHDAN MAQSAD: Talabalarga Power Point dasturida taqdimot tayyorlash haqida ma’lumotlar berish. Power Pointning foydalanuvchi interfeysi. Prezintatsiya yaratish bosqichlari. Taqdimot ko’rinishini sozlash. Power Point prezentatsiya slaydiga rasm va ob’yektlarni qo’shish. Power Point dasturida taqdimotga animatsion effektlarni joylashtirish va ularni sozlash kabi vazifalarni tezkorlik bilan bajarishlari uchun nazariy ma’lutorlar berish.
TAYANCH IBORALAR: Taqdimot, Power Point dasturi, interfeys, slayd, animatsion effektlar.
QO’LLАNILАDIGАN TА’LIM TЕXNОLОGIYALАRI: Mа’ruzа, nаmоyish etish, Blis-so’rоv, Klaster, muammoli savol, aqliy hujum.
Microsoft Power Point dasturi.
Microsoft Power Point 2010 dasturi - imkoniyatlari keng bo‘lgan, ko‘rgazmali grafika amaliy dasturlari sarasiga kiradi va matn, rasm, chizma, grafiklar, animatsiya effektlari, ovoz, videorolik va boshqalardan tashkil topgan slaydlarni yaratish imkonini beradi.
Slayd - ma’lum bir o‘lchamga ega bo‘lgan muloqot varaqlari hisoblanadi. Unda biror maqsad bilan yaratilayotgan namoyish elementlari joylanadi.
Bir yoki bir nechta slaydlar ketma-ketligidan iborat fayl taqdimot (prezentatsiya) deb yuritiladi. Tayyor taqdimotni kompyuter ekranida, videomonitorda, katta ekranda namoyish qilish mumkin.
Taqdimotni tashkil qilish - slaydlar ketma-ketligini loyihalash va jixozlash demakdir.
Taqdim etish axborot texnologiyasining samaradorligi ko‘p jixatdan taqdim etuvchi shaxsga, uning umumiy madaniyati, nutq madaniyati va x.k.larga bog‘liq ekanligini ham unutmaslik lozim.
Power Point dasturi Micrasoft firmasining WINDOWS qobig‘i ostida yaratilgan bo‘lib, ushbu dastur taqdimotlar (prezentatsiya qilish, ya’ni tanishtirish) bilan ishlash uchun eng qulay bo‘lgan dasturiy vositalardan biridir. Bu dastur orqali barcha ko‘rgazmali qurollarni yaratish va ba’zi joylarda esa ma’lumotlar bazasi sifatida ham qo‘llash mumkin. Ayrim hollarda bu dasturdan multimedia vositalarini boshqarish va ularni qo‘llab, namoyish etuvchi qurilmalarga yuborish vazifalarini ham bajarish mumkin.

Yüklə 4,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin