Mavzu: Tijorat banklarining foiz siyosati Reja: Kirish
Mavzu: Tijorat banklarining foiz siyosati Reja: Kirish
Tijorat banklari foiz siyosatini va uning tuzilishi
Kredit bahosi va uning shakllanish mexanizmi.
Banklarning aktiv va passivlari bo’yicha foiz siyosatining xorij tajribasi va undan O’zbekiston amaliyotida ijodiy foydalanish imkoniyatlari
«Praym-reyt» stavkalarining o’zgarishining kredit bahosiga ta’siri
Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar Kirish Tijorat banklarining foiz stavkalaridan har doim iqtisodiyotni makro va mikro darajada tartibga solish uchun foydalaniladi. Agar iqtisodiyotni mikro darajada o’rganadigan bo’lsak, tijorat banklari tomonidan foiz siyosati qay darajada samarali ishlab chiqilganligiga ya’ni kredit va depozitlar bo’yicha o’rnatilgan foiz stavkalariga bog’liq ekanligiga guvoh bo’lamiz. Tijorat banklari depozitlari va kreditlari miqdorining o’sishi foiz siyosati bilan chambarchas bog’liqdir. Bank tomonidan depozitlar bo’yicha o’rnatiladigan foiz stavkalari, shuningdek, kreditlar bo’yicha undirish uchun belgilangan foiz stavkalari bankning depozit va kredit operatsiyalari hajmining o’sishiga bevosita ta’sir ko’rsatadi. Tijorat banklari baho siyosati bank xizmatlariga baho o’rnatish bilan bog’liq chora-tadbirlarni o’z ichiga oladi. Baho siyosati bank daromadliligini boshqarishda ustuvor hisoblanadi. Tijorat banklarining baho siyosati asosiy yo’nalishi banklarning foiz siyosatidan iborat.
Banklarning aktiv va pssivlar bo’yicha foiz siyosatini amalga oshirish orqali baho belgilanadi. Bank sohasida aktiv va passiv operatsiyalar bo’yicha foizlar uchraydi.
Aktiv operatsiyalar bo’yicha foizlar bu-mijozlar tomonidan bankka to’lanadigan foizlar hisoblanadi.
Passiv operatsiyalar bo’yicha foizlar esa-mijozlarning depozit va jamg’armalari bo’yicha bank tomonidan to’lanadigan foizlar hisoblanadi.
Banklar qarz beruvchi va qarz oluvchilar o’rtasida moliyaviy vositachi sifatida qatnashib, qarz beruvchilardan olingan mablag’larni qarz oluvchilarga vaqtinchalik foydalanishga beradi. Bunda qarz beruvchilar depozitlar bo’yicha foizlar oladi, qarz oluvchilar esa ma’lum vaqtda mablag’lardan foydalanish imkoniga ega bo’lishadi. Bank manfaati esa marja ko’rinishida ifodalanadi. Bank foizidan foydalanish mexanizmi bir nechta elementlarni o’zida mujassamlashtiradi va u yordamida bank foiz siyosati vujudga keladi hamda uning amaldagi ko’rinishi ssuda foizi hisoblanadi.
Bank foizining turli xil formalari mavjud bo’lib, ular:
depozit foizi;
ssuda foizi;
banklararo kreditlar, qimmatli qog’ozlar bo’yicha investitsiya foizlari;