Маvzu: to‘garak rejasini va mashg‘ulot ishlanmasini tuzish



Yüklə 5,55 Kb.
tarix13.12.2023
ölçüsü5,55 Kb.
#176368
Маvzu To‘garak rejasini va mashg‘ulot ishlanmasini tuzish-fayllar.org


Маvzu: To‘garak rejasini va mashg‘ulot ishlanmasini tuzish

МАVZU:TO‘GARAK REJASINI VA MASHG‘ULOT ISHLANMASINI TUZISH


  • TAYYORLADI:ERGASHEV ULUG’BEK

  • Maktabda faoliyat olib borayotgan to’garak mashg’ulotlari shaxsning barkamol kamol topishga, o’sib kelayotgan avlodning ijodiy qobiliyatlarini aniqlash va rivojlantirishga, o’quvchilarga mehnatsevarlikni singdirishga, shuningdek, ularning bo’sh vaqtidan oqilona foydalanishga yo’naltirilgan, uning asosiy vazifasi o’quvchi yoshlarga qo’shimcha ta’lim va tarbiya berish bilan birga ularning bo’sh vaqtini sermazmun o’tkazish, yoshlarning ongiga milliy g’oya va vatanparvarlik tuyg’ularini singdirishdan iboratdir.

  • To’garak mashg’ulotlarini interfaol usullardan foydalanib olib borish ta’lim sifatini yanada oshiradi. Bola mashg’ulotda erkin fikrlay olishi, ijodkorlik mahoratini oshkora namoyish eta olishi lozim. To’garakda bola maktab darslaridan keyingi bo’sh vaqtini mazmunli o’tkazish uchun sharoit yaratilishi zarur. To’garak mashg’ulotlari bola o’z ustida ishlashi, o’zi qiziqqan yo’nalishi bo’yicha shug’ullana olishi, qo’shimcha bilimga ega bo’lishi uchun imkon beradi.

  • Mashg’ulot davomida dars o’qtish bilan birga bolalarda o’zaro ijodiy tajriba almashishadi.Bir yo’nalishda izlanayotgan, bo’lajak yosh mutaxassislar shakllanadi. To’garak bolalarning to’garaklarni o’zlari erkin tanlashi, bir vaqtning o’zida bir necha to’garakka qatnashi va qiziqishiga ko’ra to’garakni almashtirishi mumkin. Bu kelajakda bolalarning biror-bir kasbni tanlashida boshlang’ich pog’ona vazifasini o’taydi. To’garak rahbari to’garak mashg’ulotida samaradorlikka erishish uchun to’garak mashg’uloti ishlanmasiga alohida e’tibor qaratishi, uni zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida tuzishi lozim.

  • Bunda to’garak rahbari oldiga qo’ygan har bir maqsadga xolisona, bolalar tushinishi uchun uning soddaligiga alohida e’tibor berishi kerak.To’garak rahbarlari to’garak mashg’ulotlari ishlanmasini quyidagi tartibda tuzishlari mumkin. To’garak bu- ma'lum bir bilim sohasiga qiziqishni kuchaytiradigan va amaliy faoliyat bilan shug'ullanmoqchi bo'lgan talabalarning ixtiyoriy birlashmasi. Doiralardagi mashg'ulotlar dasturning mavjudligi, muntazamligi, vaqt davomiyligi va ishning o'ziga xos profili bilan tavsiflanadi.

  • To’garaklar maktabda to'garak ishlari tizimining bir qismidir. Pedagogik lug'atga ko'ra, to'garak ishlari bolalar uchun qo'shimcha ta'lim shakllaridan biri bo'lib, u turli xil to'garaklar, sektsiyalar va to'garaklarni tashkil etishdan iborat. To'garak ishi talabalar uchun qiziqishlariga asoslanib ixtiyoriy ravishda tanlangan faoliyatning shaxsiyat uchun muhim, qadriyatlarga asoslangan, individual tajribasini o'zlashtirish sohasiga aylandi. Bu talabalarga kasbiy o'zini o'zi belgilashda yordam beradi, asosiy tarkibiy qismda olingan bilimlarini, kuchli tomonlarini amalga oshirishga yordam beradi.

  • Ongli ravishda to’garak ishlari orqali kasb tanlash uchun o’quvchilarning bir qator kasblarni yetarlicha bilishi, bilganda ham ularning o’ziga jalb qiladigan tomonlarini emas, balki qiyinchiliklarini ham yaxshi bilishi, o’zining shaxsiy sifatlariga ko’ra tanlangan kasbini muvaffaqiyatli egallay olishi va keyingi ish jarayonida o’z malakasini takomillashtirish talab qilinadi. Bunday ko’nikmalarni bevosita to’garak ishlari orqali shakllantirish, o’quvchilarning biror bir hinarni egallashlarida ko’rsatmalar berish maqsadga muvofiqdir. Hozirgi vaqtga qadar to’garak ishlari orqali kasbga yo’naltirish ishlari yetarlicha saviyada olib borilmasligi, ularni kasb-hunar turlari bo’yicha aniq ma’lumotga ega emasligiga olib keladi.

  • Maktabning boshlang’ich sinf o’quvchilari bilan savol-javob qilinganda shu narsa aniqlandiki, ularning faqat 65% ommaviy kasblarni bilishi to’g’risida ta’kidlagan. O’quvchilarning faqat 25%i to’garaklarga jalb qilingan. Albatta, bu ma’lumotlar har davrda va har xil mintaqalarda ob’ektiv holda turlicha bo’lishi mumkin.

  • FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI.

  • Abu Rayxon Beruniy. Ruhiyat va ta’lim – tarbiya haqida., Tosh., 1992 y.

  • Studentlarga o’quvchilarga kasb tanlashga yo’llash ishlarini o’rgatish. N.Shodiyev Toshkent «O’qituvchi» 1987 yil.

  • www. Ziyonet. uz


http://fayllar.org
Yüklə 5,55 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin