MAVZU: TUR TURKUM OILA VA BOSHQA TAKSONOMIK BIRLIKLARINI AREALLARI
Reja:
1.Mavzutur turkum oila va boshqa taksonomik birliklarini areallari
2. Yer yuzasida o’simliklaning tarqalishi
3. Tur, turkum oila va boshqa taksonomik birliklarning areallari
Tayanch so’z va iboralar: O`simliklar geografiyasi ning rivojlanish tarixi. O`simliklar geografiyasi va uning bo’limlari. O’simliklar dunyosi va uning tasnifi. O`simliklarning yer yuzida tarqalishi. O’simliklar geografiyasi fanida areal tushunchasi. O’simliklarning yer yuzida taqsimlanishi
O`simliklar geografiyasi botanika bilan geografiya o`rtasidagi oraliq fan bo`lib, o`simliklarning yer yuzida tarqalishi, tarqalish qonuniyatlarini o`rganadi. Bu o`rinda shuni alohida ta'kidlash kerakki, o`simliklarning tarqalishi haqida fikr bayon etish uchun o`simliklar hayoti ularning xilma-xilligini yaxshi bilib olish zarur. Aks holda ularning yer yuzida tarqalishi haqidagi ma'lumotlar faqat quruq yodlash va tasvirlash tarzida amalga oshiriladi. Bunday bo`lishiga esa hech qachon yo`l qo`yilmaslik kerak. O’simliklar geografiyasi faqat hozirgi vaqtda yashab turgan o`simliklarning tarqalishi bilan qiziqmaydi, balki uzoq o`tmishda yashagan va tarqalgan, hozirgi kunda esa nobud bo`lib ketgan o`simliklar bilan ham qiziqadi va ular haqidagi ma'lumotlarni botanikaning boshqa bir tarmog`i - paleobotanika fani o`rganadi.
O`simliklarning tarqalishi haqida gap borganda, har bir geografik zonaning o`ziga xos tabiiy sharoitlari, ayniqsa tashqi muhit sharoitlarini bilish zarur. Bu vazifa bilan esa botanikaning yana boshqa bir tarmori – o’simliklar ekologiyasi shug`ullanadi. Har bir konkret yerning iqlim, tuproq, relef va boshqa sharoitlarini o`rganish asosida shu yerda o`sadigan o’simliklar hayotini aniq tasavvur etish mumkin bo’ladi.
O`simliklarning umuman tashqi muhit qolavyersa, aniq tuproq sharoitiga bo’lgan munosabatini botanikaning boshqa tarmog’i - geobotanika o’rganadi.
Shunday qilib, o’simliklarning tarqalishi, yashash sharoitlari, tarqalish qonuniyatlarini o’rganuvchi soha keng ma'noda olganda o`simliklar geografiyasining vazifasi bo`lib, u o`simliklar ekologiyasi, geobotanika, o`simliklar floristik geografiyasi, o`simliklar tarixi geografiyasi kabi bo`limlardan tashkil topgandir.
O`simliklar geografiyasi boshqa ko`pgina faktlar bilan alsqada ekanligini quyidagi sxemadan ko`rish mumkin.
Eramizdan oldingi III asrga kelib, o`simliklar dasiia doir ma'lumotlar botanika fani va utsing tarmori o`snmliklar geografiyasi fanining fan sifatida vujudga kelishi va rivojlanishiga imkon berdi, usha vaqtlarda yashagan yunon faylasufi va tabiatshunosi Aristotel (Arastu) hamda Teofrast boshqa fanlar qatori o`simliklarga tegishli ma'lumotlarni ancha tartibga soldi va rivojlantirdi.
O`simliklar geografiyasiga doir ma'lumotlar Aleksandr Makedonskiy (Iskandar Zulqarnayiing Eron va Hindistonga qilgan harbiy yurishlari (334-327 yillar) davrida ancha boyidi, cho`nki bu yurishlarda qatnashgan yunonistonlik faylasuf Teofrast Yunonystonda o`sadigan o`simliklarni o`rganish bilan bir qatorda qo`shni mamlakatlardagi o`simliklar bilan ham tanishish va ularnn o`rganish imkoniga ega bo`lib, o`simliklariing hayot sharoiti, tarqalishi, kishilar faoliyatidagi ahamiyatiga doir ma'lumotlarni to`play boshladi. Keyinchalik u to`plangan ma'lumotlarni tartibga soldi. Natijada, turli geografik nuqtalarda turli xil o`simlik turlarining mavjudligi aniqlandi, ular bir-biriga taqqoslab ko’rildi.
Teofrastdan so`ng XV-XVI asrlargacha botanika va shu jumladan o`simliklar geografiyasi sohasidagi ma'lumotlar uncha tez rivojlanmadi. O`simliklarga oid ma'lumotlar Pliniy Starshny (23-79 yillar), Abu Ali ibn Sino (980-1037 yillar), Abu Rayxon Beruniy (973-1048 yillar), Otto Brunfels (1488-1534), Sezalpin (1510-1603) va boshqa mutafakkir olimlarning asarlarida ham uchraydi. Ular o`simliklardan foydalanish haqida fikr yuritgan va giyohnamalar yaratgan.
O`simliklar geografiyasi XVIII asr oxiri va XIX asr boshlaridagina mustaqil fan darajasiga yetdi hamda rivojlana bordi.
Ayniqsa, 1807 yilda Aleksandr Gumboldning «O’simliklar geografiyasiga doir g’oyalar» asarining yaratilishi bilan bu sohada yangi davr boshlandi. Aleksandr Gumbold (1769-1859) yer shariniig ko`pgina qismini kezgan. Chunonchi, Amerikada (5 yil), Sibir, Oltoy, Kaspiy dengizi bo`ylari va Yevropaning ba'zi yerlarida bo`lgan. U o`simliklar ekologiyasi, o`simliklar geografiyasi, o`eimliklar sistematikasiga oid muhim ishlar qildy va bu sohalarni rivojleptirdi.
Rus botaniklaridan Pyotr Pallasning «Rossiya florasi» (1747), Stepan Krasheinikovping «qamchatka yerigshng tasviri», «Petyerburg florasi» (1730-1752) kabi asarlari hamda chet ellik, Vildenovshshg «Ko`katshunoslik asoslari» (1792) degan asari ham muhim ahamiyatga ega bo`ldi.
Yuqorida ko`rsatilgan olimlar va xususan Aleksandr Gumboldning g`oyalari XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlab Skau, Alfons de Kandol, Ch. Darvin kabi olimlarping aearlarida yanada rivojlantirildi.
Skauping «O`simliklar geografiyasining umumiy asoslari» (1822), L. de qamdolping «Botanik geografiya» (1855), Ch. Darvishshpg «Turlarning kslib chiqishi» (1859) pomli asarlari bpologiya fanida va qolavyersa botanik geografiya sohasidagi barcha chalkashlik va qaramaqarshiliklarga barham byerdi va mazkur fanning rivojlanishida muhim rol o`ynadi.
Rossiyada tarixiy geografiyaning rivojlanishiga Petyerburg akademiyasining akademigi F. Ruprextning «qoratuproqli yyerlar haqida geobotanik tekshirishlar» (1866) degan asari katta hissa bo`lib qo`shildi. U Rossiyaning turli joylaridagi o`simliklarni o`rganish asosida, bu joylarning turli xil tuproqiqlim sharoitiga ega ekanligi va turlarnshgg tarqalishi turli geologik davrlarda sodir bo`lganligi haqida fikr yuritadi.
O’simliklar geografiyasi yangiyangi ma'lumotlar asosida dinamik ravishda rivojlanib, boyib kelmoqda. Ayniqsa bu sohada kenligi yillar davomida ba’zi rus va dunyo botanik olimlarining ishlari muhim o`rin tutadi. Ulardan D I. Litvinov, I. Q. Pachosskiy, S. I. Qorjinskiy, A. N. Krasnov, A. N. Beketov, V. V, Alyoxin, V. N. Sukachyov, I. G. Borshchyov, M. G. Popov, V. L. Komarov, B. M. Qozopolyapskiy, A. I. Tolmachev, Ye. M. Lavrsnko, Ye. P. Korovin, Q. Z. Zokirov, I. I. Granitov va ko`pgina boshqa olimlarni ko`rsatish mumkin.
O`simliklar geografiyasi umuman botanika fanining rivojlanishida Osiyo, shu jumladan, O`zbekiston territoriyasida olib borilgan botanik-geografik tekshirishlar ham tegishli hissa bo`lib qo`shildi. Bu sohada samarali ilmiy tekshirish ishlari olib borgap olimlarning soni juda ham ko`p Masalan, S. I. Korjinskiy, A. I. Kraspov, B. A. Fsdchspko, I. G. Borshchyov, V. L. Komarov, M. G. Popov, I. M. Krashsnpikov, B. A. Gopcharov, P. N. Ovchishshkov, N. I. Rubtsov, N. V. Pavlov, B. A. Bikov, Q. Z. Zokirov, A. M. Muzaffarov, I. I. Grapitov, V. A. Burigin, M. Orifxopova, Ye. I. Proskoryakov, I. T. Vasilchenko, N. T. Nechaeva, P. Q. Zokirov va boshqalar shular jumlasidandir.
1. Tabiatda o‘simlik qoplamini hosil bo‘lishida bir turdagi o‘simlik qatnashmasdan bir necha tur ishtirok yetadi. Mana shu turlar guruhi o‘simliklar jamoasi yoki fitotsenoz deyiladi. O‘simlik jamoasining turli tumanligini ularni yer shari bo‘ylab tarqalish qonuniyatlarini geobotanika fani o‘rganadi (yoki fitosenologiya). Geobotanika fanining vazifasini, uning ta’rifini dastlab professor. B. A. Bo‘kov tomonidan quyidagicha ta’riflangan. Geobotanika o‘simliklar jamoasi to‘g‘risidagi fan bo‘lib, uning tuzilishini, o‘zaro munosabatini, tashqi muhit bilan aloqasini va undan foydalanishda jamoalarining o‘zgarishini o‘rganadi. Insonlar orasida dastlabki geobotanik tushunchalar o‘rmon, o‘tloq, botqoq, dasht shaklida bo‘lgan. Geobotanika fan sifatida XIX asrda shakllangan. Bu termin birinchi marta rus botanigi, akademik F. I. Ruprext (1866) va nemis botanigi A. Grizebox tomonidan taklif yetilgan. Geobotanika o‘simliklar sistematikasidan farqli ravishda ayrim tur, turkum va oilani o‘rganmay, balki jamoaga kiruvchi har xil oilaga mansub o‘simliklar guruhini o‘rganadi.
2. O‘simlik jamoalari kelib chiqishiga ko‘ra tabiiy va insonlar tomonidan yaratilgan turlarga bo‘linadi. Tabiiy o‘simlik jamoalari ma’lum tabiiy tarixiy rivojlanish asosida hosil bo‘lib, uning tarkibida yovvoyi o‘simlik turlari qatnashadi. Insonlar tomonidan yaratilgan o‘simlik jamoalarida madaniy o‘simlikar bilan begona o‘tlar birga o‘sadi. Bunday o‘simlik jamoalari agrofitotsenoz deyiladi. Respublikamiz sharoitida quyidagi agrofitotsenoz uchraydi. Paxta dalalari bedazorlar, bug‘doyzorlar, bog‘ - mevazorlar va hokozo. Shunday qilib geobotanika fani quyidagi vazifalarini o‘z oldiga maqsad qilib qo‘yadi.
1. Tabiiy va madaniy o‘simlik jamoalari fitotsenoz va agrofitosenozlarni o‘rganish. 2. Fitosenozlarni tuzilishini floristik tarkibini aniqlash. 3. Fitosenozdagi o‘simliklarni bir biriga ta’sirini o‘rganish. 4. Tashqi muhit ta’sirida fotosenozlarning hosil bo‘lishi va o‘zgarishini o‘rganish. 5. Fitosenozlarning tarqalishini o‘rganish. 6. Fitosenozlarga tarixiy- tabiiy sharoit ta’sirini o‘rganish. 7. Fitosenozlarni klassifikatsiyalash. 8. O‘simlik jamoalarini to‘g‘ri joylashtirish va undan foydalanish.
Bu vazifalarni muvoffaqiyatli hal qilish qo‘riq yerlarni o‘zlashtirish, botqoqliklarni quritish, o‘rmonlar holatini yaxshilash, o‘simlik qoplamini klassifikatsiya qilish kabi ishlarni amalga oshirish orqali bajariladi. Shunday qilib, fotosenoz yoki o‘simliklar jamoasini o‘rganish geobotanika fanining vazifasidir. O‘simliklar jamoasida tuban va yuksak o‘simliklar qatnashadi. Masalan: ba’zi o‘simlik jamoalarida barcha gulli o‘simliklar bilan birga tuproqlarda ayrim suv o‘tlarini, bakteriyalarni zamburug‘larni uchratish mumkin.
O‘simliklar jamoasi deganda muayan bir erda bir guruh o‘simliklarning birgalikda yashashi va ma’lum bir manzara hosil qilishi tushuniladi. Yer yuzida bunday guruhlar o‘rmon, o‘tloqlar, botqoqlik, dasht, cho‘l o‘simliklari tipini hosil qiladi.
Akademik V. N. Sukachyev (1957) ta’biri bilan aytganda-fitotsenoz bu bir laboratoriya bo‘lib, unda doimo moddalar va energiyalar hosil bo‘lishi, o‘zgarishi va yig‘ilishi sodir bo‘lib turadi. O‘simliklar jamoasi o‘zaro bir-biri bilan tashqi muhit bilan ma’lum munosabatda bo‘ladi. Bunda jamoalarning tarkib topishi, o‘zgarishi rivojlanishi ularning tarixiy taraqqiyotiga va tashqi muhitning uyg‘unlashgan ta’siriga bog‘liq ravishda o‘tadi.
Dostları ilə paylaş: |