MAVZU:YUKSAK O’SIMLIKLARNING TAKSONOMIK TARIXI
REJA:
1. Sistematika haqida tushuncha
2. Yuksak o‘simliklarning sistematikasi
3. Yuksak o‘simliklar bo‘limi va ularga tasnif
\ O’simliklar sistematikasi
Yer sharida o`simlik turlari shunchlik ko`pki, ulardan hozirgacha faqat 500
mingdan ortiqrog`igina fanga ma`lum.
O`simliklarni bir-biriga yaqinlashtiruvchi belgilarning o`xshashlik darajasiga qarab
o`simliklar dunyosini ma`lum tartibga – sestema (tizim)ga solish o`simliklar
sistematikasi deb ataladi.
O`simliklar sitimatikasi botanika fanining asosiy ismi bo`lib, unda
o`simliklar
kelib chiqishi
, o`xshashlik darajasi va tarixiy rivojlanishiga qarab
guruhlarga – sestimatik birliklarga bo`linadi.
O`simliklar siste matikasida quyidagi sistematik birliklar qabul qilingan:
tur, turkum,oila,sinf (ajdod), bo`lim va o`simliklar dunyosi.
O`simliklar sistematikasidagi eng kichik birlik turdir.
Tur – hamma organlari bir-biriga o`xshash, ma`lum maydonda uchraydigan
o`simliklarni o`z ichiga oladi. Masalan sariq do`lanani olaylik. U bitta tur. Lekin
tog`larda bu turga kiradigan o`simlik turlari kehg tarqalgan. Ular guli, mevasi,
bargi va boshqa belgilari bilan juda o`xhsash. Shuning uchun ular bir turga kiradi.
Turkum – bir-biriga yaqin turlardan tashkil topgan.
Fanda o`simliklarni qo`shaloq (ikki) nom bilan – tur va turkumning nomlari bilan
atash (binar nomenklatura) qabul qilingan. Turni ikki nom bilan atashni birinchi
bo`lib, shved tabiatshunosi Karl Linney (1707-1778) fanga kiritgan. Masalan,
sarimsoq piyoz yoki anzur piyozidagi sarimsoq va anzur so`zlari turga tegishli,
piyoz so`zi esa turkumga tegishli nom bo`lib, bu shu turlarning piyoz so‘zi esa
turkumga tegishli nom bo‘lib, bu shu turlarning piyoz turkumiga oid ekanligini
bildiradi.
Fanda har bit turning mahalliy nomlaridan tashqari yana ilmiy, ya`ni ―lotincha‖
nomi ham bor.
Istalgan o‘simlikning ilmiy nomini maxsus kitoblardan (floradan yoki o‘simliklar
aniqlagichidan ) topish mumkin. Bir-biriga yaqin turkumlar qo‘shilib, oilani tashkil
qiladi. Masalan, bodom, olma, o‘rik, na`matak, do‘lana kabi turkumlar birlashib
sinfni tashkil qiladi. Masalan, bir urug‘pallali o‘simliklardan tashkil topgan
loladoshlar, bug‘doydoshlar (boshoqdoshlar), chuchmomadoshlar kabi oilalar
to‘planib bir urug‘pallali o‘simliklar sinfini tashkil qiladi. Ikki pallali (ikki
urug‘pallali) o`simliklardan tashkil topgan ra`nodoshlar, ituzumdoshlar,
gulxayridoshlar kabi oilalar birlashib ikki urug`pallali o`simliklar sinfini tashkil
qiladi.
Bir urug`pallalilar va ikki urug`pallalilar sinfiga oid o`simliklarning hammasi gulli
o`simliklar bo`lganligi uchun bu ikkala sinf qo`shilib gulli o`simliklar yoki yopiq
urug`li o`simliklar bo`limini vujudga keltiradi.
O`simliklar dunyosi esa o`simliklar sistematikasidagi eng katta sistema bo`lib,
yopiq urug`li o`simliklar, ochiq urug`li o`simliklar, qirqquloqtoifa, yo`sintoifa,
yashil suvo`tlar va hokozo bo`limlarni o`z ichiga oladi.
O‘simliklar olami juda ham xilma-xil bo‘lib, o‘ziga
xos bel-galarga
, xususiyatlarga
ega. Har xil o‘simliklarni muayyan gu-ruhlarga birlashtirish va ular o‘rtasidagi
farqlarni aniqlashga xizmat qiluvchi belgilar sistematik belgilar deb ataladi.
O‘simliklar sistematikasi o‘simliklarning anatomik, mor-fologik va embriologik
belgilari jihatdan bir-biriga o‘xshash bo‘lgan sistematik guruhlarini ta‘riflaydi va
ularning qarindoshligi hamda kelib chiqish tarixiga qarab ma‘lum sistemaga oladi.
O‘simliklar sistemalarini yaratish ustida qilingan ilk uri-nishlardan eng muhimi
(1583 y) italyan botanigi Sezalpin sis-temasidir. Uning asosiy xizmati shundaki, u
o‘z klassifikatsiyasiga o‘simlikning o‘zi uchun muxim bo‘lgan belgilarini asos
qilib olish kerakligini angladi va o‘z sistemasini tuzishda ko‘payish organlari-ning
belgilarini asos qilib oladi.
O‘simliklar
sistemalarini
yaratishga
qaratilgan,
ХVI-ХVIII
asrlardagi
botaniklarning ishlari shved tabiatshunosi K. Lin-neyning (1707-1778 ) asarlarida
o‘z nihoyasini topdi. U asosiy sistematika belgisi sifatida ko‘payish organi,
aniqrog`i - andro-seyning tuzilishini tanlab oladi ( changchilar soni va bir - biriga
nisbatan qanday joylashganligiga asosan 24 sinfga bo‘linadi ).
K. Linney shuningdek binar (qo‘sh) nomenklaturaga asos soldi. Bunga asosan,
o‘simliklarning har bir turi ikkita so‘z bilan nomlanadi, birinchi so‘z o‘simlikning
turkumga mansubligini bil-dirsa, birinchi va ikkinchi so‘z birgalida tur nomini
bildiradi.
Turkum va tur lotin tilida yoziladi va ulardan keyin o‘simlikni tariflagan
muallifning nomi qisqartirib yoziladi. Osiyo yalpizi- Mentha asiatica. Linney 116
qabila 1000 dan ortiq turkumga mansub bo‘lgan 10.000 ga yaqin turlarni
nomlagan.
K. Linney sistemasi o‘z davri uchun qanchalik afzal bo‘lmasin, bu sistema ham
suiiy sistema edi. Chunki bu sistemada o‘simliklarning sun‘iy ravishda olingan
belgilari asos qilib olingan edi. Linneyning o‘zi ham bu sistemaning sun‘iyligini
so‘ngida tan oladi va tabiiy sistema tuzish niyatida ekanligini aytadi.
Tabiiy klassifikatsiyaning taraqqiy etishida, evolyutsion nazariyani birinchi bo‘lib
yaratgan Lamarkning roli katta bo‘ldi. Ch. Davrin qilgan o‘zgarish
esa sistematika
tarixida yangi
, evolyu--sion yoki filogenetik sistematika davrini boshladi, ya‘ni
o‘simliklar klassifikatsiyasini tuzishda bir manbadan kelib chiqqan o‘simliklarni
birlashtirish zarurligani ko‘rsatdi. Filogenetik sistemalar orasida ko‘p tarqalgeni A.
Eyagler sistemasi bo‘lib, bu sistema turlargacha batafsil ishlab chiqilgan birdan-bir
sistemadir.
Hozirga kunda juda ko‘p sondagi turli filogenetik sistemalar mavjud (Kozo
Polyanskiy, Kuznetsov, Bush, Grosgeym, Taxtajdyan, Vetgshteyn, Хatchinson va
boshqalar), O‘zbekistonda sistematika fannning rivojlanishida K.Z.Zokirov,
A.M.Muzaffarov, M.M.Nabiyev, U.P.Pratov kabi o‘zbek olimlarimizning
xizmatlari katta.
Dostları ilə paylaş: |