Mavzu: Yurak-qon tomir va nafas olish tizimi kasalliklarida davolovchi jismoniy tarbiya reja



Yüklə 58,81 Kb.
səhifə1/2
tarix28.03.2023
ölçüsü58,81 Kb.
#90824
  1   2
Yurak-qon tomir va nafas olish tizimi kasalliklarida davolovchi jismoniy tarbiya


MAVZU: Yurak-qon tomir va nafas olish tizimi kasalliklarida davolovchi jismoniy tarbiya
REJA:

  1. Nafas gimnastikasiga tavsiyalar

  2. Mashqlar to‘plami bo‘yicha tavsiyalar

  3. Yurak-qon tom ir tizim ining javob reaktsiyasi

Koronavirusdan tuzalgandan keyin, nafas mashqlari bilan shug‘ullanish nega muhim? Kim ushbu mashqlarni qilmasligi lozim? Kun tartibi va ovqatlanishni qanday to‘g‘ri rejalashtirish kerak? Shifokor-ftiziatr va «Legche legkogo» Telegram kanali muallifi Nadejda Shklovets nafas mashqlari va tiklanish jarayoni bo‘yicha o‘z maslahatlari bilan bo‘lishdi.
— Nafas mashqlari nima? Uning qanday фoyдаси bor?
— Nafas mashqlari- bu o‘pkaning turli bo‘limlarining faol ishlashi va zarur bo‘lganda o‘pkadan suyuqlik chiqishini yaxshilash, nafas mushaklarini mashq qildirishga mo‘ljallangan turli xil mashqlar majmuasi.
Nafas gimnastikasi barcha holatlarda qo‘llaniladigan yagona mashqlar to‘plami emas. Kasallikdan kelib chiqib mashqlar, ularning tezligi va texnikasi o‘zgarishi mumkin.
Ushbu turdagi virus tufayli kelib chiqqan koronavirus infeksiyasi inson uchun yangi hodisadir. U bilan bog‘liq barcha savollarga hali ham aniq javob topilmadi. Eng muhimlaridan biri esa — kasallangandan keyin o‘pka qay darajada qayta tiklana olishi.
Fibroz o‘zgarishlarning rivojlanayotgani to‘g‘risida biz bemor tuzalgandan keyin kamida bir yildan so‘ng biror nima deyishimiz mumkin. Chunki u paytgacha so‘rilish ehtimoli bor. Yangi fibrozni asta-sekinlik bilan ketadigan yallig‘lanishdan keyingi o‘zgarishlardan ajratish rentgenda va hatto MSKTda ko‘rish imkonsiz, lekin aynan faol rezorbsiya (so‘rilish) birinchi 3−6 oy ichida kuzatiladi. Shu paytda organizmga yordam berish uchun harakat qilish kerak. Fibrozga qarshi (chandiq to‘qimalarining rivojlanishiga to‘sqinlik qiluvchi) dorilar qanchalik faol ishlashi ustida hali izlanishlar olib borilmoqda.
Hozirda mavjud «so‘riluvchi» dorilarning natijavorligi ba’zi shubhalarni uyg‘otadi. Albatta, ko‘pchilik jarohatlar va kuyishdan keyin qanday chandiqlar qolishini ko‘rgan. Bu kabi vaziyatlarda, masalan qo‘l harakatchanligini saqlab qolishning eng yaxshi imkoniyati — bu og‘riqli va yoqimsiz bo‘lsa ham, muntazam mashqlar bajarishdir. Ko‘p miqdorda qabul qilingan tabletka va in’eksiya ko‘rishinishidagi dorilar chandiqlarni yumshoqroq va elastikroq qilishga qodir emas, faqat izlanish kerak, ishlash kerak. O‘pka kasalliklarida ham shunday, mashq qilmasdan, faqat dori-darmonlarga tayanilsa, bundan hech qanday samara bo‘lmaydi.
— Nafas gimnastikasi qanday holatlarda tavsiya qilinadi?
— Nafas gimnastikasi bronx-o‘pka tizimining barcha kasalliklarida tavsiya qilinadi, faqatgina mashqlar majmuasi, intensivligi va davomiylik o‘zgaradi. Shuningdek, nafas mashqlari odam ko‘p vaqtini to‘shakda davolanib o‘tkazadigan barcha kasalliklarda ishlatilishi kerak. U miyasteniya (mushaklarning kuchsizligi), doimo yotoqda bo‘lish sababli mushak kuchining kamayishi bilan og‘rigan barcha bemorlar uchun majburiydir.
— Qanday hollarda nafas mashqini bajarish mumkin emas?
— Gimnastika 38 darajadan yuqori bezgakning o‘tkir holatida, yuqori qon bosimida, yuqori yurak urishida o‘tkazilmaydi.
— Nima uchun nafas mashqi koronavirus infeksiyasi bilan bog‘liq bo‘lgan pnevmoniyadan og‘rib tuzalgan yoki og‘rigan bemorga kerak?
— O‘pka koronavirusdan zararlanganda, interstitsial to‘qimaning yallig‘lanishi va shish tufayli zichlangan joylari paydo bo‘ladi. Interstitsiy — bu o‘pkaning «qurilmasi» bo‘lib, aynan shu joyda qon va limfa tomirlari o‘tadi. Shish va yallig‘lanish paydo bo‘lganda, normal gaz almashinuvi buziladi, kislorodning havodan qonga kirishi qiyinlashadi. Kasallikning o‘tkir davrida bemorning to‘g‘ri holatni qabul qilishi va nafas olishi shikastlangan joylardan suyuqlikning tez so‘rilishiga yordam beradi. Keyinchalik, u fibroz (chandiqli) to‘qima hosil bo‘lishini kamaytiradi.
— Kasallikning qaysi bosqichida mashqларни boshlash kerak? Uлар qanday mashqlar?
— Mashqlar faol kasallik davrining ilk bosqichlarda boshlanadi. Hatto o‘pka sun’iy ventilyatsiyasi bemorlari uchun ham maxsus majmualar mavjud. Bular faol (bemorning o‘zi tomonidan amalga oshiriladi) va passiv (qarindoshlar yoki tibbiyot xodimlari tomonidan amalga oshiriladi) qo‘llar va oyoqlarning harakatlari, burilishlardan iborat. Agar bemor ushbu mashqlarni kuniga kamida 30 daqiqa bajarsa, u holda apparatga ulanish vaqtini qisqartirish mumkin, degan tadqiqotlar mavjud.
Mashqlarning qiyinlik darajasi bemorning ahvoliga bog‘liq. Og‘irroq ahvolda bo‘lgan bemorlar uchun mashqlar to‘shakda bajariladi. Bu oyoq va qo‘llarni bukish-ochish mashqlari bo‘lib, oyoqlar bukilganda tovon «yer»dan ko‘tarilmasligi kerak. Shuningdek, qo‘l kaftlari va oyoqlarning aylanma harakatlari, boshning burilishlari, o‘rinning chetiga yonboshlab yotgan holda — qo‘lning yuqoriga harakati — orqaga va keyin pastga tushirish. Muhim ma’lumot — mashqlarga tayyorgarlik paytida nafas olinadi, mashqlar davomida esa nafas chiqariladi. Har bir takroriy mashqlar alohida nafas harakatlari bilan amalga oshiriladi.
Qorin bilan nafas olishni boshlash juda muhimdir. Nafas olayotganda ko‘krak qafasi emas, qorin ko‘tariladi, nafas chiqarayotganda oldingi qorin devori tortiladi. Bu bizni qorin bo‘shlig‘i, diafragmal nafas olishga yo‘naltiradi, ko‘pincha aynan koronavirusga chalinadigan o‘pka bo‘limlarini faol ravishda ochilishiga yordam beradi.
Ahvol yaxshilanayotgnan davrda mashqlarni o‘tirgan holda va tik turgan holda bajarish kerak.
Nafas olish mashqlarini aynan tanaga va oyoq-qo‘l mushaklariga qaratilgan mashqlar bilan almashtirib turish zarur. Bu kabi o‘rin almashinish muayyan mushak guruhlarining charchashini oldini olishga imkon beradi.
— Gimnastikani bir kunda necha marotaba bajarib turish kerak? Necha kun davomida?
— Gimnastika bilan kuniga 3−4 marta shug‘ullanish kerak, davomiyligi esa bemorning mashqlarni ko‘tara olish holatiga bog‘liq. Sekin-sekin davomiylik va mashqlar yuklamasi ortib boraveradi. Jismoniy hamda nafas mashqlarini kamida uch oy davomida muntazam ravishda olib borish kerak. Keyinchalik esa bemorning holatiga qarab tavsiyalar beriladi.
— Bolalar va keksalar uchun mashqlarning farqlari nimada?
— Keksa odamlarda biz har doim hamroh holatlarni, yurak urishi moyilligini, qon bosimining ko‘tarilishini hisobga olamiz. Mashqlar nafas olish, tomir urishi, kompensatsiyalangan qon bosimi fonida boshlanadi. Agar kardiolog yoki terapevt tomonidan buyurilgan gipotenziv preparatlar bo‘lsa, albatta barchasini qabul qilish kerak. Yana yuqorida tilga olingan prinsip davom etadi — ko‘tara bilish holatiga qarab, mashqlar yuklamasi ortib boraveradi.
— Mashqlar davomida ,bemor o‘zini yaxshi his qilmasligi mumkinmi? Bu nimani anglatadi?
— Nafas qisilishi, bosh aylanishi, kuchli holsizlik, ko‘ngil aynishi, saturatsiyaning pasayishi kelib chiqqan holda mashqlar darhol to‘xtatiladi. Mashg‘ulotlarni «yengib o‘tish orqali» bajarish mumkin emas. Agar bu holat har safar takrorlansa, mashqlar majmuasi yuklamani yengillashtirish nuqtai nazaridan qayta ko‘rib chiqiladi. Bolalar uchun mashqlar prinsipi kattalarniki kabidir.
— Nafas gimnastikasining sog‘lom odam uchun foydasi nimada?
— O‘ylashimcha, har bir inson muntazam shug‘ullanishi kerak. Jismoniy faollik ortiqcha vazndan xalos bo‘lishga imkon beradi, yurak, nafas olish tizimi, qon tomirlarini mashq qildiradi. Koronavirus bizga ko‘rsatganidek, yaxshi jismoniy holatdagi bemorlar kasallikning og‘ir bosqichiga kamroq uchradi.
Jismoniy mashqlar, piyoda yurish qondagi qand miqdorini normallashtiradi, to‘qimalarning insulinga sezgirligini oshiradi.
Nafas mashqlari jismoniy mashqlar bilan birlashtirilishi kerak. Bu yerda ham hamma yerda bo‘lgani kabi fanatizmgacha yetmasdan, biror rekordni o‘rnatishga urinmaslik zarur.
— Ovqatlanish bilan bog‘liq holda gimnastika vaqtini qanday qilib to‘g‘ri rejalashtirish kerak?
— Ovqatdan so‘ng darhol hech qanday mashq bajarilmaydi. Ovqatdan keyin taxminan bir soat, agar iste’mol qilingan oziq-ovqat miqdori ko‘proq va rejalashtirilgan yuklama hajmi kattaroq bo‘lsa ko‘proq vaqt kutish kerak. Ammo och holatda ham faol shug‘ullanmaslik kerak. Jismoniy mashqlar energiya iste’molining ko‘payishiga olib kelishini inobatga olsak, ovqatlanish oralig‘ida shug‘ullanish maqsadga muvofiqdir.
— Agar odam kasal bo‘lib qolsa, nafas qisilishi, bosh aylanishi yoki qon bosimi ko‘tarilsa, nima qilish kerak?
— Ushbu alomatlar paydo bo‘lganda, mashqlar to‘xtatiladi, o‘tirish yoki yotish zarur. Bemor hushidan ketayotgan holat bo‘lsa, boshdan balandroq bo‘lishi uchun oyoq ostiga yostiq qo‘yish kerak. Issiq suyuqlik, qonda shakar miqdori normal bo‘lsa, shirin choy ichish kerak. Bemor o‘zini yaxshi his qilishni boshlaganidan so‘ng, nafas olish tezligi, tomir urishi va qon bosimi normallashganidan keyin gimnastikani yana davom ettirish mumkin.
Keyingi mashg‘ulotlar intensivligi va takroriyligi kamroq bo‘lgan mashqlar bilan boshlanadi. Xonani shamollatish, hech qayerni siqmaydigan yengil kiyim kiyish kerak.
Mashqlar to‘plami bo‘yicha tavsiyalar
Nafas gimnastikasi shartli ravishda bir necha tarkibiy qismlardan iborat.
Bemorning faol harakatlari. Ko‘krak, diafragma, yelka-kamar mushaklari uchun mashqlar kombinatsiyasi.
Joylashtirish. Ya’ni, bemor o‘pkaning ayrim bo‘limlarida havo aylanishini yaxshilash, unda mavjud suyuqliklarning oqib tushishini yaxshilash uchun ma’lum holatda yotqiziladi. Vaqt o‘tishi bilan bemorning holati aniq davriylik bilan o‘zgaradi.
Bosish harakatlari. Qarovchilar yoki tibbiyot xodimlari tomonidan amalga oshiriladi. Bu harakatlar ayniqsa yotgan bemorlar uchun muhimdir. Ko‘pincha, bosish harakatlari joylashtirish bilan parallel holatda olib boriladi.
Maxsus nafas olish asboblaridan foydalanish: yo‘tal uchun insufflyator-aspirator, nafas olish va nafas olishni tartibga soluvchi apparatlar, nafas olish simulyatorlari.
Nafasning o‘zi qorindan, ko‘krakdan yoki aralash bo‘lishi mumkin. Qaysi mushaklar faolroq ishlashiga qarab, o‘pkaning turli qismlarini ventilyatsiya qilish jarayoni o‘zgaradi.
Koronavirus pnevmoniyasi bilan og‘rigan bemorlar uchun yoki ushbu kasallikdan so‘ng qayta tiklanish davrida tavsiya etilgan asosiy mashq — diafragmali nafas — qorin bo‘shlig‘idan nafas olishdir. Shu bilan birga, nafas olish paytida, qorinni iloji boricha to‘ldirishga, nafas chiqarganda esa uni tortishga harakat qilish kerak. Bu mashqni oson bajarish uchun nafas chiqarishdan boshlagan ma’qul.


Yüklə 58,81 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin