Assistentlar xonasida dorilar tayyorlanadi, assistentlar oʻzlari tayyorlagan
dorilaming sifatiga toʻla javobgardirlar. Assistentning joyi- tayyorlanadigan
dori turiga qarab jihozlanadi, masalan: bitta joy qattiq dori shakllarini -
kukunlami tayyorlash uchun,
ikkinchisi - suyuq dorilami, eritmalami
tayyorlash uchun, uchinchisi - yumshoq dori shakllarini, malhamlami va
boshqalarni tayyorlash uchun jihozlangan boʻladi.
Assistentlar xonasida zaharli va
taʻsiri kuchli moddalar saqlanadigan
shkaflar
boʻlishi mumkin. Assistentning ishini kontrolyor – farmatsevt
tekshirib boradi. Steril dorilar alohida xonada aseptik sharoitda
tayyorlanadi. Sterillash xonasi nihoyat darajada toza
boʻlishi kerak, bu
yerda assistentlar steril xalatlar va maxsus poyabzal kiyib ishlaydilar.
Sterillash ishlari mazkur dori moddasi uchun belgilangan talablarga
muvofiq olib boriladi. Steril eritmalar tayyorlash uchun alohida xonalari
boʻlmagan dorixonalarda stol bokslaridan foydalaniladi.
6