“
18
“
Organizmga dori vositalarini yuborish usullari.
Dori moddalarining soʻrilish tezligi, kuchi va taʻsir muddati ulaming
organizmga qaysi yoʻl bilan yuborilganiga bogʻliq boʻladi. Dori moddalarini
bemor organizmiga yuborish usuli uning ahvoliga, dori moddalarining
fizik-
kimyoviy xossalariga va ularming taʻsir etish muddatiga qarab
tanlanadi, dori moddalari 2 yoʻl bilan yuboriladi:
Enteral usul
—dori moddalari oshqozon-ichak yoʻli orqali yuboriladi.
Parenteral usul
— dori moddalari oshqozon-ichakdan tashqi
yoʻllar
orqali yuboriladi.
19
“
20
“
Ogʻiz orqali yuborish — peroral yoʻl keng
tarqalgan, qulay, oson va tabiiydir. Bemor dori
moddalarini yordamchisiz qabul qila oladi,
yuboriladigan moddalar hidi
qoʻlansa boʻlmasligi,
shilliq qavatlarga salbiy
taʻsiri boʻlmasligi kerak.
Alkogol, kaliy yodid, barbituratlarning
soʻrilishi
oshqozon shilliq qavatidan boshlanadi. Moddalar
asosan ingichka ichak orqali
soʻriladi, chunki
ingichka ichakda qon yaxshi aylanadi.
Soʻrilish
tezligi qabul qilingan dorining turiga, shakliga,
ovqatdan oldin yoki keyin
isteʻmol qilinishiga
bogʻliq. Eritmalar, ayniqsa, spirtli eritmalar, kukun
dori (poroshok)larga nisbatan birmuncha tezroq
soʻriladi.
21
“
22
“
Parenteral yuborish usuli.
Nafas
yoʻllari orqali ingalatsion (ingalyatsion nafas olish) yuborish usuli bugʻli va gazli moddalar
nafas orqali organizmga tushadi,
oʻpkadan qonga soʻriladi, taʻsiri tez boshlanadi va kuchli boʻladi,
chunki
oʻpkaning soʻrilish yuzasi juda keng (kattalarda 10 m2 ra teng); oʻpka alveolalari gazlarni juda
tez
soʻrib oladi. Ingalyatsion yoʻl bilan yuborilgan dori moddalari jigarga tushmasdan qonga oʻtadi,
organizmda deyarli
oʻzgarmaydi.
Teri orqali yuborish usulida asosan dori moddalarning reflektor va qisman mahalliy
taʻsir etishi koʻzda tutiladi, bu
yoʻl bilan malhamlar, pasta, linimentlar, shuningdek, spirtli yoki suvli eritmalar, aralashmalar va bolalar sepma
dorilari
qoʻllaniladi. Teri epidermisi jarohatlanganda moddalar tez soʻriladi. Teri orqali alkogol, fenol, xloroform
yaxshi
soʻriladi. Bolalar terisi ancha nozik boʻladi, shuning uchun ularda baʻzi dori moddalari teri orqali tezda
qonga
soʻrilishi mumkin. Masalan, metilsalitsilat linimenti bola terisiga surtilsa, 10-15 minutdan keyin uni qonda
aniqlash mumkin. Namlanib turgan teriga borat kislota sepilsa, u tezda qonga
soʻrilib, bola organizmini
zaharlashi mumkin.
Shilliq qavatlar orqali yuborish usuli dori moddalari burun, halqum,
koʻz, buyrak jomi, qin shilliq qavatlariga taʻsir
etish uchun
qoʻllanadi. Koʻpgina dori moddalar burun va halqum, koʻz shilliq qavatlaridan qonga soʻriladi, shuning
uchun tarkibida zaharli yoki kuchli
taʻsirlovchi tomchilar umumiy taʻsir koʻrsatishi ham mumkin. Bronxlar va
oʻpkaning shilliq qavatlaridan ham dori moddalari qonga tez soʻriladi. Siydik chiqaruv kanali, siydik yoʻllari va
buyrak jomi shilliq qavatlari orqali ham moddalar tez
soʻriladi; bachadon, qin va qovuq shilliq qavatlari orqali dori
moddalarining
soʻrilishi sekinlik bilan oʻtadi, ammo yogʻ va yogʻsimon moddalar tez soʻriladi.
seroz qavatlar orqali yuborish usuli qorin
boʻshligʻi aʻzolari jarohatlanganda va oʻpkaning baʻzi kasalliklarida dori
yuborish uchun
qoʻllanadi. Seroz qavatlar (qorin pardasi, plevra, perikard) kuchli soʻruvchi xususiyatga ega,
plevraga nisbatan qorin pardasidan dori moddalari tezroq
soʻriladi
.
23
“
Teri ostiga yuborish
yoʻli bilan
dori moddalarining asosan
suvli eritmalari yuboriladi,
taʻsiri 10-15 minutdan keyin
boshlanadi,
soʻrilish muddati
peroral
yoʻl bilan yuborilganga
koʻra kamroq, taʻsir kuchi esa
oʻsha miqdorni ogʻizdan
yuborilgandan 2-3 barobar
kuchliroq
boʻladi.
Suspenziyalarni, juda
yopishqoq va sekin
soʻriladigan moyli eritmalarni
teri ostiga yuborish tavsiya
etilmaydi, chunki
toʻqimalarda
infiltratsiya va nekrozni yuzaga
keltirishi mumkin.
Mushaklar orasiga yuborish
usulida mushaklar orasiga
suvli va moyli eritmalar,
shuningdek, dori
moddalarining suspenziyalari
ham yuboriladi. Mushaklar teri
osti
toʻqimalariga nisbatan qon
bilan
koʻproq taʻminlangani
uchun dori moddalari
mushaklar orasida tezroq
soʻriladi
.
Venalar ichiga yuborish
usulida moddalar bevosita qon
oqimiga tushadi, bunda qon
bilan
oʻzaro aralashganda,
choʻkma hosil qilmaydigan,
qonni ivitmaydigan, yoki
gemoliz hosil qilmaydigan dori
moddalari eritmasi
qoʻllaniladi.
Dorini venaga asta-sekin
yuborish kerak, aks holda,
qonda ularni konsentratsiyasi
birdan oshib ketib, organizmga
zaharlovchi
taʻsir koʻrsatishi
mumkin. Dorining
taʻsiri juda
tez,
koʻpincha inʻeksiya
vaqtidayoq boshlanadi,
taʻsir
muddati teri ostiga va mushak
orasiga yuborilgandan
koʻra
kamroq
boʻladi.
Orqa miya kanaliga yuborish
usuli
—gematotsefalik toʻsiq
orqali yaxshi
oʻtmaydigan dori
moddalar subaraxnoidal,
peridural
yoʻl bilan yuboriladi.
Koʻpincha ogʻriqni vaqtincha
qoldirish
— orqa miya
anesteziyasi uchun hamda
meningit kasalligining
murakkab holatlarida
baʻzi
antibiotiklami yuborish uchun
qoʻllaniladi.
24
25
Dori vositasi birinchi bor qabul qilinganda dori
moddani oʻzi yoki uning qon oqsillari bilan hosil
boʻlgan birikmasi antigen sifatida taʻsir koʻrsatadi,
bunda antigenga nisbatan organizmda antitelolar
hosil boʻladi. Modda takror qabul qilinganda antigen
antitelolar bilan oʻzaro taʻsirda boʻladi, natijada,
allergik jarayon yuzaga keladi. Allergik jarayonning
turlari xilma-
xil boʻlishi mumkin: sekin oʻtadigan
jarayon eshakemi, tumov, konʻyunktivit, qichishish,
uzoq davom etadigan isitma, toshmalar va zudlik
bilan oʻtadigan jarayon bunda bemor hayoti uchun
xavfli anafilaktik shok, tarqalgan dermatit, gemolitik
anemiya, agranulotsitoz roʻy berishi mumkin.
Dori moddaga o ʻrganib qolish. Baʻzi dori
moddalar ruhiy markazlarga taʻsir etib,
odamga xush yoqadigan holatni (eyforiya)
keltiradi. Irodasi boʻsh shaxslar eyforiya
paydo qiladigan moddalarni qayta-qayta
isteʻmol qilishga berilib ketadi, istak asta-
sekin tiyib boʻlmaydigan tusga kiradi -
narkomaniya (giyohvandlik) paydo boʻladi.
Giyohvand qilib qoʻyadigan moddalar baʻzi
oʻsimliklarda mavjud, ana shunday
oʻsimliklami (bargini, urugʻini) isteʻmol qilish,
chekish yoki chaynash odati Amerika va
Sharq mamlakatlarida ancha keng tarqalgan.
Afyun (opiy), qora dori
isteʻmol qilish ana shunday giyohvandlar
jumlasiga kiradi. Giyohvandning butun
oʻy-fikri, xatti-harakati
narkotik moddani topishga qaratilgan
boʻladi. Bunday shaxslar
jamiyat uchun xavfli
boʻlib qoladilar. Ruhiy oʻzgarishlar yuzaga
kelishi bilan birga organizmda moddalar almashinuvi izdan chiqadi,
turli
aʻzolar faoliyati buziladi, organizmning mikroorganizmlarga
koʻrsatadigan qarshiligi keskin pasayadi. Narkomanning oʻrgangan
moddadan birdan mahrum
boʻlishi abstinentsiya (xumorlik)
sindromini keltirib chiqaradi, bu sindrom har xil tarzda,
koʻpincha
qoʻmsash, ogʻir hissiyotlar tarzida - qoʻzgʻalish, yovuzlik, arterial
bosimning keskin
oʻzgarib turishi (kollapsgacha borib yetishi), yurak
urishining tezlashishi,
koʻngil aynashi kabi alomatlar yuzaga
chiqadi. Giyohvand abstinentsiya sindromiga barham berish uchun
tegishli narkotikni topishga harakat qiladi.
26
“
27
Dostları ilə paylaş: |