1-mavzu: Dorixona va dori vositalari



Yüklə 4,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/7
tarix28.09.2023
ölçüsü4,36 Mb.
#150316
1   2   3   4   5   6   7
1 МАВЗУ доришунослик

Kapsulalar
-
Capsulae.
Arap kukunlar yoqimsiz, taʻmi taxir yoki qoʻlansa 
boʻlsa, ogʻiz boʻshligʻini va meʻda-ichak yoʻllarining shilliq pardasini 
taʻsirlasa, ular jelatin yoki kraxmal kapsulalarda yozib beriladi. Meʻda 
shirasi taʻsirida parchalanadigan dori moddalari glyutoid kapsulalarda 
(caps, glutoidales) ishlab chiqariladi. Glyutoid kapsulalar qisqa muddatga 
tayyorlanadi, chunki ular uzoq turganda ichakda yerish xususiyatini 
yoʻqotadi. Himoya qiladigan kapsulalar jelatin yoki kraxmaldan 
tayyorlanadi. Jelatin kapsulalar (caps, gelatinosae) hayvon elimi qoʻshib 
tayyorlanadi, shakli uzunchoq, tuxumsimon, dumaloq boʻlishi mumkin.
Granulalar (Granulae)
, mitti draje (Microdragee), spansulalar (Spansulae) ham 
kiradi. Bular nisbatan yangi dori shakllari hisoblanib, farmatsevtika zavodlarida 
tayyorlanadi. Granulalar kukunsimon dori moddalaridan tayyorlanib, ushoq 
(yaʻni don) shaklida ichish uchun ishlatiladigan dori shaklidir. Granulalash yoʻli 
bilan dori moddalarining chidamliligi, eruvchanligi va taʻmi yaxshilanadi.
12


13


Suspenziyalar 
-
Suspensio 
suyuq dori 
shaklidir, ularda maydalangan, suvda 
erimaydigan qattiq dori moddalar boʻladi. 
Suspenziyalar sirtga ishlatish, muskullar 
orasiga va boʻshliqlar orasiga yuborish uchun 
buyuriladi. Suspenziyalar ichishdan oldin 
chayqatiladi. Ichishga moʻljallangan 
suspenziyalar tarkibidagi qattiqdori 
moddalarining maydalanish darajasi 
kukuniarga nisbatan yuqoridir, natijada ular 
organizmga tez taʻsir etadi.
Miksturalar
-
(Mixturae)
bir necha dori
moddalami yoki dori shakllaridan tuzilgan
aralashma, 
koʻpincha ichishga, baʻzan sirtga
va parenteral 
yoʻl bilan qabul qilinadi. Ichishga
tavsiya qilinadigan mikstura ikki turda yoziladi. 
1. Tarkibidagi moddalar eritma holida
boʻladi. 
2. Dorivor moddalar aralashmasi. Mikstura
tarkibini
taʻsir etuvchi hamda yordamchi
moddalar tashkil etadi, bularga sharbat
xushboʻy suv, shilliqsimon modda kiradi. 
Ayniqsa, bolalarga mikstura mazasini
shirinroq qilib berish kerak. Mikstura
qoshiqlab ichishga tavsiya qilinadi.
14
Tomchilar (Guttae, Gutta)
ichish va sirtga
ishlatiladigan eritmalar - koʻz va quloqqa, 
burunga tomiziladigan tomchilar, 
primochkalar hamda yuvish, chayish uchun
qoʻllaniladi. Tomchilar ichish va sirtga
ishlatish uchun qoʻllanadigan eritma va
miksturalaming bir turi boʻlib, ularda dori
moddalari tomchilab miqdorlangandan
keyin boʻladigan konsentratsiyalarda tavsiya
qilinadi. Eritmalar oʻrtacha 10-15-20 
tomchi, 10-20-30-marta qabulga yozib
beriladi. Sirtga ishlatiladigan tomchilar koʻz, 
quloq, burun tomchilariga boʻlinishi
mumkin. Koʻz tomchilari boshqalardan farq
qilib, aseptik yoʻl bilan tayyorlanadi. 
.



Yüklə 4,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin