Maxalla institutining bola rivojlanishidagi roli Reja:
1. O’zbekistonda demokratik jamiyat barpo etishda mahallaning o’rni
2. Kuchli davlatdan – kuchli jamiyat sari konsepsiyasi
3. Mahalla faoliyatining tashkiliy asoslarini yanada takomillashtirish va uning asosiy yo’nalishlari
1. Mahalla instituti bir necha asrlik qadimiy tarixga ega bo‘lsada, uning huquqiy asoslari yaratilgan va jamiyat boshqaruvida o‘ziga xos vakolatlarga ega bo‘lgan davri - mamlakatimizning mustaqillikka erishgan davri hisoblanadi. Chunki, mustaqil O‘zbekistonning bosh qomusi – Konstitutsiyasining 105-moddasiga mahalla instituti haqida qoidalar kiritilib, uning vakolat muddati belgilab berildi. Konstitutsiyada belgilab berilgan ushbu qoidalar asosida 1993-yil 2-sentyarbda “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni qabul qilindi. Mazkur Qonun bilan fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari faoliyatini tashkil etish tartiblari, vakolat doirasi hamda faoliyati sohasidagi munosabatlar tartibga solindi. Bu jarayonda bevosita fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari zimmasiga ham ko‘plab vakolatlar o‘tkazib borildi. Bu esa amaldagi Qonunni yanada takomillashtirish, fuqarolar yig‘inlariga berilgan vakolatlarni amalga oshirish mexanizmlarini qonun bilan tartibga solish zaruratini keltirib chiqardi. Shu bois “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi Qonun 1999-yil 14-aprelda yangi tahrirda qabul qilindi. Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli)ni saylash jarayoni ham fuqarolar yig‘ini faoliyatini samarali tashkil etishning asosiy omillaridan biri hisoblanib, ushbu jarayonni yanada tartibli o‘tkazish, uning aniq me’yorlarini joriy qilish maqsadida 2004-yil 29-aprelda “Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi to‘g‘risida”1gi Qonun qabul qilindi. Mazkur Qonun bilan fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovining asosiy prinsiplari, saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish tartib qoidalari hamda nomzodlarga qo‘yiladigan talablar ko‘rsatib o‘tildi. Xususan, Konsepsiyaning 5-yo‘nalishida fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatining tashkiliy asoslarini yanada takomillashtirish, uning vazifalari ko‘lamini kengaytirish, davlat hokimiyati va boshqaruv organlari bilan o‘zaro yaqin munosabatlarini ta’minlash alohida dolzarb ahamiyat kasb etayotganligi qayd etilib, bu vazifani hal qilishda uchta asosiy masala ko‘rsatib berildi. Bular:
I. Aholini manzilli ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashni amalga oshirishda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari rolini oshirish.
II. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining jamoatchilik nazorati sohasidagi funksiyalarini yanada kengaytirish.
III. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarini xususiy tadbirkorlik, shu jumladan oilaviy tadbirkorlik va hunarmandchilikni rivojlantirish markaziga aylantirish.
Konsepsiya ijrosi yuzasidan 2013-yil 22-aprelda “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi hamda “Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi to‘g‘risida”2gi Qonunlar yangi tahrirda qabul qilindi. Yangi tahrirdagi “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi Qonunda fuqarolar yig‘inlariga tegishli hududdagi tadbirkorlik faoliyati sub’ektlarining huquqlari va qonuniy manfatlariga rioya etilishi hamda kommunal xizmat ko‘rsatish korxonalari tomonidan kommunal xizmatlar ko‘rsatish sifati ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish bo‘yicha qo‘shimcha vakolatlar berish nazarda tutildi. Shuningdek, yangi tahrirdagi Qonunda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining aholini ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash borasidagi vazifalari yanada chuqurlashtirilib, bandlikka ko‘maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazlari bilan birgalikda ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga muhtoj kam ta’minlangan oilalar, yolg‘iz keksalar, pensionerlar va nogironlarni aniqlash, fuqarolarning bandligiga ko‘maklashishi haqidagi normalar kiritildi. Mazkur Qonunning 18-moddasida fuqarolar yig‘ini faoliyatining asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha 8 ta komissiyalar tuzilishi belgilab qo‘yildi. Bundan tashqari, tegishli hududdagi muammolarning dolzarbligiga qarab, fuqarolar yig‘ini tomonidan fuqarolar yig‘ini faoliyatining asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha boshqa komissiyalar ham tuzilishi mumkin. Ushbu komissiyalar faoliyatini samarali tashkil etish va takomillashtirish orqali mahallannig jamiyat hayotidagi o‘rni va ahamiyatini yanada oshirish maqsadida “Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 7-oktyabrdagi 274-sonli qarori bilan yuqoridagi komissiyalarning namunaviy Nizomlari tasdiqlab berildi.” 3Yurtimizda azal-azaldan mahalla tarbiya o’chog’i hisoblanadi. Avloddan-avlodga o’tib kelayotgan milliy qadriyatlarimiz, xalqimizning turmush va tafakkur tarzini ko’z qorachig’idek asrab-avaylashda uning o’rni va ahamiyati beqiyos. Mustaqillik yillarida mahalla institutining nufuzini oshirish nafaqat ijtimoiy-iqtisodiy, balki siyosiy, tarbiyaviy va ulkan ma‘naviy ahamiyatga ega bo’lgan ustuvor vazifa sifatida belgilanib, mamlakatimizda fuqarolik jamiyatini rivojlantirishda uning ishonchli tayanch va ta‘sirchan kuch bo’lib xizmat qilishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish borasida keng ko’lamli chora-tadbirlar bosqichma-bosqich amalga oshirildi. Xususan, milliy davlatchiligimiz tarixida ilk bor shaharcha, qishloq, ovul va mahalla fuqarolar yig’inlari o’zini o’zi boshqarishning hududiy birliklari sifatida O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 105- moddasida mustahkamlab qo’yildi: «Shaharcha, qishloq va ovulllarda, shuningdek ular tarkibidagi mahallalarda fuqarolarning yig’inlari o’zini o’zi boshqarish organlari bo’lib, ular ikki yarim yil muddatga (2019 yildan boshlab 3 yilga) raisni (oqsoqolni) va uning maslahatchilarini saylaydi. O’zini o’zi boshqarish organlari saylash tartibi, faoliyatini tashkil etish hamda vakolat doirasi qonun bilan belgilanadi». Yuzdan ortiq normativ-huquqiy hujjatlarda fuqarolar o’zini o’zi boshqarish organlarining jamiyat hayotining muayyan sohasidagi ishtiroki o’z aksini topdi. Birgina so’nggi besh yilda yangi tahrirdagi “Fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari to’g’risida”gi hamda “Fuqarolar yig’ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasining qonunlari, mahallalar hamda ulardagi jamoatchilik tuzilmalari faoliyatiga oid 20 ga yaqin nizom qabul qilinib, ijtimoiy hayotga tatbiq etildi. Shuningdek, tizimda faoliyat ko’rsatayotgan xodimlarning malakasini oshirish bo’yicha o’quv kurslari hamda ―Mahalla ma’rifiy teleradiokanali tashkil etildi. Hozirgi kunda yurtimizda 10 mingga yaqin fuqarolar yig’inlari tomonidan ilgari mahalliy davlat hokimiyati organlariga taalluqli bo’lgan 30 dan ziyod ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyatga molik vazifalar muvaffaqiyatli bajarib kelinmoqda. Amalga oshirilgan keng ko’lamli tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlar natijasida mahalla noyob, dunyoda o’xshashi bo’lmagan tuzilmaga aylandi, fuqarolar o’zini o’zi boshqarish organlarining ijtimoiy-siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish jarayonida faol ishtirok etishi uchun mustahkam zamin yaratildi. Konstitusiyaviy asosdan kelib chiqib, 1999-yil 14-aprelda qabul qilingan «Fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari to’g’risida»gi (yangi tahrirda) Qonunning 1-moddasida fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish tushunchasi quyidagicha ta‘riflanadi: «Fuqarolarning o’zini o’zi boshqarishi – fuqarolarning O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi va qonunlari bilan kafolatlanadigan, ularning o’z manfaatlaridan, rivojlanishning tarixiy xususiyatlaridan, shuningdek milliy va ma’naviy qadriyatlardan, mahalliy urf-odat va an’analaridan kelib chiqqan holda milliy mahalliy ahamiyatga molik masalalarni hal qilish borasidagi mustaqil faoliyatdir». Mahalliy o’zini o’zi boshqarish, mashhur olim Aleksis Tokvilning talqinicha, fuqarolarning keng siyosiy ishtiroki uchun shart-sharoitlar yaratib beradi hamda o’zini o’zi boshqarish organlari siyosiy madaniyat elementlarini shakllantirishning ham beqiyos omilidir. Mahalla sharqona an’analar, urf-odatlar va marosimlarni jamoada amalga oshirib, avloddan-avlodga etkazib kelmoqda. Mahalla faollari an’anaviy, oilaviy to‘ylar, bayramlar, motam marosimlarini o‘tkazish bilan bog‘liq tashkiliy ishlarni amalga oshirishda bosh-qosh bo‘lishadi. Ularni dabdabasiz, isrofgarchiliksiz, ortiqcha xarajatlarsiz, ixcham qilib o‘tkazish, mahalla oqsoqoli va maxsus mutasaddi komissiyalarga bog‘liq. Mahallada o‘tayottan har bir tantana yoki marosim uchun mahalla ahlining kattayu kichigi birday mas’uldir. Bunday tadbirlarda kattayu kichikka, boyu kambag‘alga, mansabdoru oddiy fuqaroga bir xil hurmat va ehtirom ko‘rsatiladi. Chunki mahallaning barcha a’zosi yagona, teng huquqli va mustahkam bitta oila hisoblanadi. Mahallada kelajak avlodimiz tarbiya topadi. Bu erda o‘sayotgan har bir yigit-qizning axloq-odobi uchun butun mahalla ahli mas’uldir. SHuning uchun ham “Bir bolaga etti qo‘shni ota-ona”, “Bir bola tarbiyasi uchun etti mahalla ota-ona” kabi naqllar bejiz paydo bo‘lmagan. Yoshlarning har bir xatti-harakati barchaning diqqat-markazida bo‘ladi. Mahalladoshlarning har bir yosh taqdiriga javobgarligi, ularni nazorat qilishi – barkamol insonni tarbiyalab etishtirishning negizidir. Xulq-odobi yaxshi har tomonlama namunali farzand mahallaning obro‘sidir, noqobil, axloqan nomaqbul farzand esa mahalla uchun qora dog‘idir. Mahalladan yurtga taniqli insonlar etishib chiqsa, butun mahalla ahli, ularning avlod-ajdodlari g‘ururlanadilar. Mahalla tuzilmasi va funksiyasi vaziyatga qarab o‘zgarib turgan, ammo u o‘zini o‘zi boshqarish tamoyilini saqlab qolgan, o‘z hududida istiqomat qiluvchi kishilar o‘rtasida ijtimoiyiqtisodiy munosabatlarni muvofiqlashtirib turgan. Mustaqillik yillarida mahallalar jamiyatning moddiy-ma’naviy asoslarini yaratish tayanchiga aylanib, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy-siyosiy masalalarni hal etib, fuqarolar yig‘inida demokratiya tamoyillarini shakllantirish, inson omilini qadrlash makoni sifatida tiklanmoqda. Mahalla, umuman, mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish organalarining fuqarolik jamiyatidagi roli ularning muayyan hududdagi aholinini birlashtirishi, uni yagona jamoaga aylanishi va faoliyat ko‘rsatishiga xizmat qilishidadir. Bugungi kundagi zamonaviy tadqiqotlarda munitsipal tuzilmaning aholisi – “hududiy ommaviy jamoa”, “hududiy jamoa”, “mahalliy hamjamiyat” tushunchalari bilan belgilanadi. V.E. Chirkinning ta’rificha, hududiy ommaviy jamoa – aholini hududiy mansublik belgisi bo‘yicha tashkil etishning maxsus shakli va odamlarning fuqaroligi va yoshidan qat’i nazar maxsus uyushmasidir. Hududiy ommaviy jamoa sifatida u davlatni tashkil etgan jamiyatlar, ularning ichida tuzilishi mumkin bo‘lgan va tashkil etilayotgan boshqa hududiy ommaviy jamoalar: federatsiya sub’ektlari, siyosiy avtonomiyalar, munitsipal tuzilmalarning aholisi (xalqi)ni ajratadi. Hududiy jamoa a’zolarining o‘zaro aloqalari murakkab kommunikatsiyalar tizimidan iborat. Nikolas Lumanning fikricha, kommunikatsiya butunlay ongga bog‘liq bo‘lib, ya’ni kommunikatsiyaning o‘zi emas, balki ongning axborotni qabul qilish funksiyasini bajaradi. Mamlakatimizda o’zini o’zi boshqarish organlari fuqarolik jamiyatining asosiy instituti sifatida yildan-yilga takomillashib bormoqda. Shuningdek, mazkur organlarning boshqaruv tizimidagi ko’lamining kengayib borishi bilan huquqiy davlatning o’z vakolatlarini demokratik tamoyillar asosida amalga oshirishi uchun qulay va keng imkoniyatlar paydo bo’lmoqda. Demokratik jamiyat shakllanishida mahalla instituti alohida o’rin tutadi. «Mahalla» arabcha so’zdan kelib chiqib, «shahar ichidagi shahar» ma’nosini anglatadi. Tarixchi olim Narshaxiy «Buxoro tarixi» asarida bundan 1100 yil ilgari mahalla xalqning boshqaruv uslubi ekanlinigi yozgan edi. Qadimda mahalla nafaqat ijtimoiy, balki ma‘muriy-hududiy tuzilma tarzida ham e‘tirof etilgan. O’rta asrlarda Xiri deb atalgan Hirot shahri yuzta kichik «shaharcha» - mahallalardan tashkil topgan ekan. Demak, qadim zamonlardayoq o’zini o’zi boshqarish organlarining ilk kurtaklari namoyon bo’lgan. Bunday jamoatchilik nazorati juda qadim zamonlardan buyon mavjud. Masalan, ibtidoiy jamoada shaxs xulqini jamoa nazorat qilgan. Agar shaxs xulq-atvorida jamoa tomonidan qabul qilingan me‘yorlardan og’ish bo’lsa, jamoa a’zolari turli sanksiyalar yordamida uning xulqini tegishli tomonga o’zgartirgan. O’zbekistonda qadimdan o’zini o’zi boshqarish organi bo’lgan mahalla nazoratchilik funksiyalarini ham bajargan. Bunday funksiyani mahalla jamoasi yuqoridan tushirilgan farmonlar, buyruqlar va boshqa huquqiy me’yorlarga munosabat bildirish shaklida ifodalagan. Jamoatchilik nazorati uzoq tarixga ega bo’lsa ham, uni ilmiy tushuncha sifatida fanga ijtimoiy psixologiyaning asoschilaridan bo’lgan T.Tard olib kirdi. Uning talqinida mazkur tushuncha jinoyatchining xulqatvorini me’yoriy qoidalar doirasiga qaytarish uchun qo’llaniladigan usullar majmuini ifodalagan. Amerikalik sotsiologlar E.Ross va R.Park tadqiqotlarida jamoatchilik nazorati individga uning xulq-atvorini ijtimoiy me’yorlarga mos keltirish maqsadida o’tkaziladigan ta’sirni anglatadi. Amerikalik sotsiolog T.Parsons tavsifida jamoatchilik nazorati sanksiyalar yordamida deviant xulq-atvorga ta’sir o’tkazish orqali uni me’yoriy holatga keltiradi va ijtimoiy barqarorlikni ta’minlashga xizmat qiladi. Sharqda bu jarayon bir necha ming yillik tarixga ega bo’lgan mahallalar ko’rinishida rivojlangan bo’lsa, G’arb mamlakatlarida kishilarning o’z manfaat va qiziqishlarida jamiyatdagi munosabatlarda ifodalash hamda himoya qilish maqsadida har xil uyushmalar, partiyalar, jamiyatlar, harakatlar va boshqa tuzilmalar sifatida paydo bo’lishiga asos solindi. Sobiq SSSR davrida mahalla intstitutining mazmuni va vazifalari butunlay izdan chiqqan edi. Bu davrda mahallalar o’zining huquqiy maqomini yo’qotdilar. Bu davrda qadimdan ma’naviyat, ta‘lim va tarbiya masalalarini hal etib kelgan mahallalarning o’rni deyarli yo’qqa chiqarildi. Mustaqillik davriga kelib fuqarolarning mahalliy o’zini o’zi boshqarish organlari qonuniy maqomini mustahkamlashga, ularni fuqarolik jamiyatining asosiy institutga aylantirishiga doir jiddiy isloholar amalga oshirildi. O’zbekistonda mahalalar milliy mustaqillik davriga kelibgina, o’zini o’zi boshqarish organiga aylandi. O’zbekiston Konstitusiyasi mahalla maqomini fuqarolarni o’zini o’zi boshqarish organi sifatida mustahkamladi. Mamlakatda shaharcha, posyolka, qishloq, ovul va mahalla fuqarolar yig’inlari o’zini o’zi boshqarish organlari huquqiy maqomini oldilar. Jumladan, mustaqillik davrida mamlakatda 10 mingga yaqin o’zini o’zi boshqarish organlari shakllangan bo’lsa, ulardan 8142 tasini mahalla fuqarolar yig’inlari tashkil etadi. Mustaqillikning ilk davridan boshlab Birinchi Prezident I.Karimov mahallalarni fuqarolik jamiyatining asosi deb bildi va ularni har tomonlama rivojlantirish chora-tadbirlarini amalga oshirdi. Mustaqillik davrida mahallalarning tashkiliy ijtimoiy va huquqiy maqomini mustahkamlash borasida chuqur islohotlar amalga oshirildi. Eng avvalo «mahalla» atamasi tarixda birinchi marta Konstitusiyaga kiritildi. Unga aholining o’zini o’zi boshqaruvining noyob shakli sifatidagi 130 konstitusiyaviy huquqiy maqom berildi. “1992-yilda O’zbekiston prezidentining ―Respublika «Mahalla» xayriya jamg’armasining faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risidagi 1992-yildagi «Fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlarini qo’llabquvvatlash haqida»gi”,4 1999-yildagi «Aholini aniq yo’naltirilgan ijtimoiy madad bilan ta‘minlashda fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari rolini oshirish to’g’risida»gi farmonlar, shuningdek, kam ta‘minlangan va ko’p bolali oilalarni ijtimoiy himoya qilishga qaratilgan qator farmon, qarorlar, qonunlar va me‘yoriy hujjatlar e‘lon qilinganligi buning isbotidir. “Birinchi Prezident I.A.Karimov ikkinchi chaqiriq Oliy Majlisning XI sessiyasidagi ma‘ruzasida o’zini o’zi boshqarish organlari faoliyati takomillashtirish xususida quyidagi fikrni bildirdi: «Hayotimizni erkinlashtirish yo’nalishlarining yana bir muhim yo’li – markaziy va yuqori davlat boshqaruv idoralari vazifalarini davlat hokimiyatining quyi tizimlariga, fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlariga bosqichma bosqich o’tkaza borishni ta’minlashdir». Hozirgi davrda jamiyatning siyosiy sohasini erkinlashtirish maqsadlaridan kelib chiqib mahalla fuqarolar yig’inlariga boshqaruvning turli yo’nalishlariga yetakchilik qilish vakolatlari berildi.” 5Mahallalar o’z hududida yashayotgan fuqarolarning turli ijtimoiy muammolarini hal qilib berishda bevosita ishtirok etadilar: qariyalar, faxriylar, yetimlar, baynalmilal-harbiylar, kam ta‘minlangan va ko’p bolali olilalar manfaatlarini himoya qiladi; mahalla faollarining mazkur faoliyatda ishtirok etishiga boshchilik qiladi; insonni ma‘naviy yuksalishi va tashabbuslarini namoyon bo’lishi uchun shart-sharoit yaratadi; fuqarolar moddiy va ma‘naviy jihatdan qo’llab-quvvatlanadi. Mahalla fuqarolar yig’ini ijtimoiy ta‘minot organlari va boshqa homiy tashkilotlar bilan birgalikda ijtimoiy yordam, kam ta‘minlangan oilalar va yolg’iz kishilarga beg’araz moddiy yordam ajratishning barcha tashkiliy jihatlarini o’zi mustaqil ravishda bajaradi. Shu bilan birga, mahallalar o’z hududlarida ekologik muammolarni yechish va aholi moddiy ahvolini yaxshilash, hashar yo’li bilan ko’kalamzorlashtirish, tozalash ishlariga jalb qilish, mahalliy aholi o’rtasida atrof-muhitni asrash yuzasidan tushuntirish va tarbiyaviy ishlar olib borishga ham mas‘uldir. Albatta, bu kabi faoliyatlar fuqarolar faolligini oshirish vositasida amalga oshirilmoqda. Shuningdek ko’plab qonunlar loyihalari, Konstitusiyaga kiritiladigan qo’shimcha va o’zgarishlarni o’zida ifodalagan umumxalq referendumlariga tayyorgarlik ko’rish va o’tkazish avvalo mahalla ahli va faollari tomonidan muhokama qilinmoqda hamda qo’llab-quvvatlanmoqda. Boshqacha aytganda, mahallalar siyosiy qarorlar qabul qilishda jamoatchilik ishtirokini faollashtirishning muhim vositasi ekanligini hayotning o’zi isbotlab berdi. Mamlakat siyosiy hayotida fuqarolarning siyosiy qaror qabul qilishdagi ishtirokini ta‘minlab beruvchi asosiy bo’g’in, bu – mahalla fuqarolar yig’inlaridadir. Shuningdek, fuqarolarning ijtimoiy hayotdagi faolligini oshirish qobiliyatiga ega bo’lgan birdan bir boshqaruv tizimi ham mahalla fuqarolar yig’inlaridir. Respublika «Mahalla» xayriya jamoat fondi, uning viloyat, shahar, tuman bo’limlari bilan hamkorlikda har yili «Eng yaxshi mahalla», «Eng ibratli oqsoqol», «Mahalla jonkuyari», «Eng tadbirkor mahalla oqsoqoli» shiori ostida muttasil ko‘rik-tanlovlar o’tkazib kelinadi. Ko’rik-tanlovlar g’oliblari har yili obro’li komissiyalar tomonidan maxsus nishonlar, qimmatli esdalik sovg’alari bilan taqdirlanadilar. Mazkur tadbirlar mahallalarni obodonlashtirish, ozoda saqlash, ayniqsa yoshlarni komil inson qilib tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi. Mustaqillik davrida mahallalar fuqarolar yig’inlari oqsoqollari, «Mahalla» jamg’rmasi va uning mahalliy tashkilotlari rahbarlarining sifat tarkibi yaxshilanib bordi va bormoqda. Huquqiy demokratik davlatda saylov qonunlari va uni o’tkazish muhim o’rinni egayllaydi. Bundan fuqarolarning o’zini – o’zi boshqarish organlariga saylov o’tkazish ham istisno emas. 2019 yil may – iyun oylarida mamlakatimizda o’zini – o’zi boshqarish organlari – mahalla, ovul, qishloq, shaharcha fuqarolar yig’inlariga saylov o’tkazildi. 2003-yilda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan tasdiqlangan «Obod mahalla yili» dasturini (2003-yil 7-fevral) hayotda amalga oshirish natijasida barcha mahallalarda ulkan ishlar amalga oshirildi. Mahallalardagi kichik va o’rta biznesni rivojlantirish uchun 41760,5 mln.so’m hajmdagi kreditlar ajratildi. Mahallarda 12527 ta ish o’rinlari yaratish uchun mazkur rejaga ko’maklashuvchi davlat jamg’armasidan 11571 mln.so’m, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadlarida 2765 ta oilaga 2005,5 mln.so’m hajmdagi mablag’lar ajratildi. Aholining huquqiy va siyosiy madaniyatini oshirish, siyosiy qarorlar qabul qilishda mahallalarning o’rnini yuksaltirish, mahallalarni mahalliy davlat hokimiyati organlaridan to’la mustaqil bo’lishini ta’minlaydigan huquqiy mexanizmlar yaratish, fuqarolarni mahallalar vositasida qonunlar ishlab chiqish va qabul qilish jarayonlaridagi umumxalq muhokamalarida faol ishtirok etishlarini ta’minlash yaqin istiqboldagi islohotlarning asosiy vazifasidir. 2015 yilning 1 yanvar holatiga ko‘ra respublika hududida 9 787 ta fuqarolar yig‘ini faoliyat ko‘rsatmoqda, jumladan, 189 ta shahar fuqarolar yig‘ini, 1295 ta qishloq, 157 ta ovul va 8 146 ta mahalla fuqarolar yig‘inlaridir. O‘rta hisobda har bir fuqarolar yig‘ini 3 mingga yaqin kishini qamrab oladi. Bugungi kunda fuqarolar yig‘ini raisi lavozimida 1255 nafar ayol faoliyat yuritib, umumiy raislar sonining 12,8% ni tashkil etadi. Aksariyat fuqarolar yig‘ini raislari (54,6 %) oliy ma’lumotga ega bo‘lib, hududlar miqyosida eng yuqori ko‘rsatkich Qashqadaryo viloyatida - 72,3%, Qoraqalpog‘iston Respublikasida - 77,1%, Toshkent shahrida –77% ni tashkil etadi. Hozirgi kunda har bir fuqarolar yig‘inidagi shtat lavozimida fuqarolar yig‘ini raisi, diniy ma’rifat va ma’naviy-ahloqiy tarbiya masalalari bo‘yicha maslahatchi, ma’sul kotib va “Mahalla posboni” jamoat tuzilmasi rahbari – jami 40 mingga yaqin kishi faoliyat ko‘rsatmoqda. Undan tashqari, fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatida jamoatchilik asosida fuqarolar yig‘inining obro‘li va hurmatga sazovor a’zolari o‘rtasidan saylangan maslahatchilar faoliyat yuritadi, ular faoliyatining asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha saylangan komissiyalarga rahbarlik qiladi. Ularning soni 100 ming kishiga yaqin. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 25-avgustdagi “Milliy g‘oya targ‘iboti va ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida, birgina 2013 yilning o‘tgan davri mobaynida mahallalarda 245 mingga yaqin ma’rifiy-madaniy tadbirlarning tashkil etilishi va o‘tkazilishida Fondning hududiy tuzilmalari 181 tomonidan mahallalarga uslubiy-amaliy yordamlar ko‘rsatildi. SHuningdek, bu borada fuqarolar yig‘inlarida jamoatchilik asosida 7 mingga yaqin targ‘ibot guruhlari faoliyati samarali yo‘lga qo‘yildi, 6 mingdan ortiq mahallalarda “Ma’naviyat xonalari”, 3400 dan ziyod axborot-resurs markazlari tashkil etildi. Fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining sohaga oid qonun hujjatlari ijrosini ta’minlashdagi faoliyatini o‘rganish, ularning ilg‘or tajribasini keng ommalashtirish maqsadida “Eng namunali fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari”, “Fuqarolar yig‘inlarining eng namunali diniy ma’rifat va ma’naviy-axloqiy tarbiya masalalari bo‘yicha maslahatchisi” kabi ko‘rik-tanlovlarning an’anaviy tarzda har yili o‘tkazilishi va unda qariyb barcha fuqarolar yig‘inlarining ishtiroki ta’minlanmoqda. SHuningdek, mahalla yoshlari o‘rtasida sportni, ayniqsa, bolalar sportini rivojlantirish maqsadida hamkor tashkilotlar bilan birgalikda “Futbolimiz kelajagi”, “Mahallamiz pahlavonlari”, “Otam, onam va men — sportchilar oilasi” kabi sport musobaqalari muntazam tashkil etilib kelinmoqda. Birgina joriy yilda 9 mingga yaqin fuqarolar yig‘inlarida o‘tkazilgan mazkur sport musobaqalariga qariyb 2 millionga yaqin bolalar va o‘smirlar jalb etildi. Ayni paytda, mahallalarda bolalar maydonchalari faoliyatini yo‘lga qo‘yish va rivojlantirish maqsadida 2013 yilda “Mahalla” fondi hisobidan jami 106 ta bolalar maydonchasi qayta ta’mirlandi, 41 tasi yangi qurildi, 2985 ta bolalar maydonchasi obodonlashtirildi. Bundan tashqari, hududlarda 172 ta minifutbol, voleybol, basketbol maydonchalari qurib bitkazilib, foydalanishga topshirildi. Fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash borasida Fond hisobidan 2006 – 2013-yillar mobaynida 4936 ta fuqarolar yig‘ini zamonaviy kompyuter jamlanmasi, 5075 tasi mebel jihozlari bilan ta’minlandi. SHuningdek, 724 ta mahalla binolari joriy, 120 tasi kapital ta’mirlandi va 92 tasi rekonstruktsiya qilindi, namunaviy loyihalar asosida 74 ta mahalla guzari qurib, ishga tushirildi. Fuqarolar yig‘inlari hududida istiqomat qilayotgan ota-onalarning yosh avlodni tarbiyalash bo‘yicha ularning huquqiy, ma’naviy-axloqiy va fiziologik bilimlarini oshirishga ko‘maklashish maqsadida 8700 dan ortiq fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari qoshida “Ota-onalar universitetlari”ni tashkil etishga ko‘maklashildi. O‘tgan davr mobaynida ushbu jamoatchilik tuzilmalari tomonidan 45 mingdan ortiq tadbirlar o‘tkazildi. Fond faoliyatida aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash masalalari ustuvor vazifa sifatida belgilanib, bu borada birgina 2011 - 2013 yillar davomida Fond hisobidan 16 mingdan ortiq oilaga moddiy yordam ko‘rsatildi. 31300 ga yaqin fuqarolarga oziq-ovqat va kiyim-kechaklar, 2600 dan ortiq ehtiyojmand oilalarga bir boshdan qoramol olib berildi. 5 mingdan ziyod ehtiyojmand oilalardan bo‘lgan yoshlarga, shu jumladan, ularga nikoh va to‘y tadbirlarini o‘tkazishda qo‘shimcha moddiy yordam ko‘rsatildi. Har yili mahallalar hududlarini obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish, muqaddas qadamjolarni tartibga keltirish maqsadida umumxalq xayriya hasharlari an’anaviy tarzda tashkil etiladi. Istiqlol yillarida bunyodkorlik va tashabbuskorlik, ezgulik va shijoat timsoliga, ma’naviy hayotimizning uzviy qismi sifatida umummilliy an’anaga aylangan ushbu tadbirda 18 millionga yaqin fuqarolar, shu jumladan, 10 milliondan ortiq yoshlar ishtirok etmoqda. Birgina mamlakatimiz mustaqilligining 22 yilligi munosabati bilan joriy yilning 24 — 25 avgust kunlari o‘tkazilgan umumxalq xayriya hashari kunlarida 960 ta ziyoratgoh va 9 mingdan ortiq 182 qabristonlar, 33,3 ming gektar maydon obodonlashtirildi, 40 mingga yaqin oilalarning uy-joylari ta’mirlandi, 566 ta yangi bog‘ tashkil etildi. Mahallalarda aholi bandligini ta’minlashga ko‘maklashish borasida keng qamrovli choratadbirlar amalga oshirilmoqda. Xususan, oilaviy tadbirkorlik va hunarmandchilikni qo‘llabquvvatlash maqsadida Fondning hududiy tuzilmalari hamda fuqarolar yig‘inlari tomonidan joriy yilning o‘tgan davrida 9 mingdan ortiq targ‘ibot-tashviqot tadbirlari o‘tkazildi, mahallalarda 41 mingdan ortiq maishiy xizmat ko‘rsatish shoxobchalarini tashkil etish, hududlarda 112 mingdan ziyod yangi ish o‘rinlarini yaratishga ko‘maklashildi. Ayni paytda, fuqarolar yig‘inlari hududida tadbirkorlik faoliyatini, jumladan, oilaviy tadbirkorlik va hunarmandchilik faoliyatini rivojlantirishga ko‘maklashish maqsadida maslahat markazlari tashkil etilmoqda. Bu borada manfaatdor vazirlik va idoralar tomonidan 2013 yilning 24 iyunida ushbu markazlarning namunaviy Nizomi qabul qilinib, amaliyotga tatbiq etildi228 . Konsepsiyada belgilangan vazifalar ijrosi sifatida “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining yangi tahriri qabul qilindi va 2013 yilning 23 aprel kuni matbuotda e’lon qilindi. Ushbu qonun bilan fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining aholini manzilli ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashni amalga oshirishda, jamoatchilik nazorati sohasida, xususiy tadbirkorlik, shu jumladan oilaviy tadbirkorlik va hunarmandchilikni rivojlantirish borasidagi vakolatlari kengaytirildi. Aholini manzilli ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash borasida qonunga fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining bandlikka ko‘maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazlari bilan birgalikda ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga muhtoj kam ta’minlangan oilalar, yolg‘iz keksalar, pensionerlar va nogironlarni aniqlash, fuqarolarning bandligiga ko‘maklashish, fuqarolar yig‘ini hududida yashovchi fuqarolarni ish bilan ta’minlash haqidagi me’yorlar kiritildi. Qonunda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga jamoatchilik nazoratini amalga oshirish bo‘yicha qo‘shimcha vakolatlar berish bilan bir qatorda, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tomonidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish shakllari hamda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining jamoatchilik nazoratini amalga oshirish kafolatlarini belgilovchi alohida modda kiritildi. Mahallani xususiy tadbirkorlik, shu jumladan oilaviy tadbirkorlik va hunarmandchilikni rivojlantirish markaziga aylantirish borasida fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlariga fuqarolar yig‘ini hududida xususiy tadbirkorlik, shu jumladan oilaviy tadbirkorlik va hunarmandchilikni rivojlantirishga ko‘maklashish, tegishli maslahat markazlarini tashkil etish to‘g‘risida qaror qabul qilish bo‘yicha qo‘shimcha vakolatlar berildi. Xususan, fuqarolar yig‘inlari huzuridagi maslahat markazlari tadbirkorlik faoliyatini tashkil qilmoqchi bo‘lgan fuqarolar yig‘ini hududida yashovchilar uchun qisqa muddatli kurslar tashkil etib, tadbirkorlik faoliyati sub’ektlari uchun mavjud imtiyozlar va preferensiyalar haqida ma’lumotlar beradi, fuqarolar yig‘ini hududida yashovchilarga tadbirkorlik faoliyatini tashkil etishda har tomonlama ko‘maklashmoqda. Kuchli fuqarolik jamiyatida fuqarolarning o’zini-o’zi boshqarish organlarining o’rni muhim hisblanadi. Reppublikamizda «Fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari to’g’risida»gi Qonun bilan o’zini o’zi boshqarishning yaxlit tizimi yaratilgan. Dunyoning kamdan-kam mamlakatida uchraydigan bunday ijtimoiy tuzilma o’zining demokratligi va izchil boshqaruvga asoslanganligi bilan ajralib turadi. Birinchi Prezidentimiz I.Karimov aytganidek, «...odamlarning siyosiy ongi, siyosiy madaniyati, siyosiy faolligi yuksalib borgani sari, davlat vazifalarini nodavlat tuzilmalar va fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlariga bosqichma-bosqich o’tkazib borish zarur. Bu borada o’zini o’zi boshqaradigan idoralarning, mahallalarning nufuzini va mavqeini oshirish, ularga ko’proq huquqlar berish katta ahamiyat kasb etadi».
2.Mamlakatimizda ―Kuchli davlatdan – kuchli jamiyat sari tamoyili asosida ham islohotlar olib borilmoqda. Haqiqatan ham bugungi kunda davlatning bir qator funksiyalari o’zini – o’zi boshqarish organlariga o’tkazilganligi ijobiy natijalar berayotganining guvohimiz. Ya‘ni, bu organlar joylarda bir qator ijtimoiy himoya, iqtisodiy masalalar, madaniyma‘rifiy soha, atrof-muhit himoyasiga oid davlat zimmasida bo’lgan ko’plab masalalarni ishonarli ado etib kelmoqda. Fuqarolarning o’zini-o’zi boshqarish organlari ayni vaqtda fuqarolarning siyosiy faolligini oshirishda ham katta bir ijtimoiy maktab hisoblanadi. Fuqarolarning o’zini-o’zi boshqarish organlari ham nodavlat notijorat tashkilotlariga o’xshagan jamoat tuzilmasi hisoblanadi. Ularning shakllantirilishi demokratik asoslarda – saylovlar orqali amalga oshiriladi. Shunday ekan, fuqarolarning o’zini-o’zi boshqarish organlariga faqat ijtimoiy xarakterga ega bo’lgan vazifalar yuklatilishi lozim. Bunday tuzilmalar bevosita davlat organlari vakolatiga kiradigan vazifalarni bajarishdan ozod etilishi kerak. Ijtimoiy tuzilmalar jamiyat boshqaruvida munosib ishtirok etsa, fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantirishni zimmasiga olsa, har bir fuqaroning davlat va jamiyat boshqaruvida erkin ishtirokini ta‘minlashga erishsa, bu jamiyat kuchli jamiyat sifatida tan olinadi. Kuchli jamiyat har qanday muammoni o’zi hal etadi. Har bir fuqaro esa o’zining siyosiy hamda iqtisodiy imkoniyatlaridan foydalana oladi, jamiyatning faol a‘zosiga, muhimi uning boshqaruvchisiga aylanadi. Boshqaruv jarayonida jamatchilikning ishtiroki ortib, mahalliy hokimiyat bilan ular o’rtasidagi munosabatlar birlashib boradi. Shu yo’l bilan o’zinio’zi boshqaradigan jamiyat barpo etiladi. Ammo, bu jarayon tez kechadigan ijtimoiy hodisa emas. Bular demokratik huquqiy davlatning asosini tashkil etadi. Kuchli fuqarolik jamiyati-turli xil nodavlat notijorat 133 tashkilotlari, siyosiy partiyalar, yuqori saviyadagi siyosiy fuqarolar faolligi bilan xarakterlanadi. Kuchli davlat esa kuchli jamiyat shakllanishida islohotchilik qilishi mumkin. Davlat islohotchi sifatida o’zining qator vazifalarini turli ijtimoiy tuzilmalarga bosqichma-bosqich o’tkazib borishi lozim. Buning uchun esa jamoat tuzilmalari doimo davlatning yordamiga, uning qo’llabquvvatlashiga ehtiyoj sezadi. “O’zbekiston Respublikasining nodavlat notijorat tashkilotlari va boshqa jamoat tuzilmalarini davlat tomonidan qo’llab-quvvatlash g’oyasi Birinchi Prezidentimiz I.Karimovga tegishli bo’lib, u «Kuchli davlatdan kuchli jamiyat sari» konsepsiyasining tarkibiy qismi hisoblanadi. Nodavlat notijorat tashkilotlari va boshqa jamoat tuzilmalari bilan bog’liq munosabatlar va tamoyillar O’zbekiston Respublikasining «Jamoat birlashmalari to’g’risida», «Nodavlat notijorat tashkilotlar to’g’risida», «Fuqarolarning o’zini-o’zi boshqarish organlari to’g’risida», «Siyosiy partiyalar to’g’risida»gi Qonunlari va boshqa qonunlarda o’z aksini topgan.” 6Fuqarolik jamiyati yuksak darajada uyushgan, batartib munosabatlar tizimiga tayangan, o’zini o’zi boshqarish mexanizmlari mukammal qaror topgan jamiyatdir. Bu jamiyat sharoitida inson va fuqarolarning huquq, erkinlik hamda manfaatlarini aks ettiruvchi, muhofaza etuvchi turli-tuman uyushmalar, birlashmalar, nodavlat tashkilotlar va idoralar mavjud bo’ladi. Respublikamizda fuqarolik jamiyatini barpo etishda ―Kuchli davlatdan – kuchli jamiyat sari tamoyili asosida ish olib borilmoqda. Ushbu g’oya ilk bor I.Karimovning bir qancha asarlarida bayon qilindi va rivojlantirildi . Xususan, I.Karimov shunday ta‘kidlaydi: ―Mahalliy hokimiyat organlari va fuqarolarning o’zini-o’zi boshqarish organlari bajaradigan vazifalar doirasini kengaytirish, ularga davlat vakolatlarining bir qismini bosqichma-bosqich topshirish lozim. Bunda eng muhimi, aholining kasb va ijtimoiy tarkibi manfaatlarini yanada to’laroq ifodalash va himoya qilishda nodavlat, jamoat tuzilmalarining huquq va mavqelarini oshirish darkor. “Kuchli davlatdan – kuchli fuqarolik jamiyati sari’ degan siyosiy qurilish dasturining mohiyati ana shunda yaqqol namoyon bo’ladi. Aynan shunday yondoshuv fuqarolarning o’zlariga o’z hayotini boshqarishda va tashkil etishda keng ishtirok etish uchun imkoniyat yaratadi. Bu esa fuqarlik jamiyati tamoyillariga to’la mos keladi”. Shuni unutmaslik lozimki, kuchli davlat tamoyili haqida rap ketganda, uning kimgadir zo’ravonlik bilan ta‘sir o’tkazish imkoniyati nazarda tutilmaydi, balki davlatning yuksak iqtisodiy asosga ega bo’lishi, mamlakat ichkarisida va xalqaro miqyosda o’z manfaatlarini himoya qila bilish, barqaror taraqqiyot tizimiga kirib borish hamda demokratiyaning umume‘tirof etilgan tamoyillarini shakllantira olish salohiyati tushuniladi. Ya’ni, aholining nodavlat va jamoat tashkilotlari orqali hokimiyatni boshqarishda faol ishtirok qilish imkoniyatining vujudga kelishi kuchli jamiyat mezoni hisoblanadi. Kuchli jamiyat kuchli davlat negizida shakllanadi va hukumatning mamlakat ichkarisidagi ko’pgina faoliyati cheklanib, u fuqarolarning qo’liga o’tadi va ularning davlat faoliyatini nazorat qilishi to’liq ta‘minlanadi. ―Kuchli davlatdan – kuchli jamiyat sari degan tamoyilni amalda hayotga joriy etish ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar bilan bog’liq ko’p masalalarni hal qilishda davlat tuzilmalarining rolini kamaytirish va bu vazifalarni bosqichma-bosqich jamoat tashkilotlariga o’tkaza borishni taqozo etadi. Shu o’rinda savol tug’iladi. Agar ushbu jarayon rivojlanishda bo’lsa, davlatimizning roli va mavqei tushib ketmaydimi yoki davlat bunday sharoitda qaysi sohalarda faoliyat ko’rsatishi lozim bo’ladi? Bu savolga I.Karimov aniq javob beradi: ―...davlatning iqtisodiy sohaga, xo’jalik yurituvchi tuzilmalar, birinchi galda xususiy faoliyatga aralashuvini cheklash lozim. Shu o’rinda savol tug’ilishi mumkin: bunday vaziyatda davlat tizimining roli nimadan iborat bo’ladi? Bu masalada davlatning roli avvalo iqtisodiyotni rivojlantirish borasidagi ustuvor yo’nalishlarni aniqlashga, qabul qilinadigan qonunlar va huquqiy normalarning barcha tomonidan so’zsiz bajarilishini ta’minlashga, tashabbus va tadbirkorlikni rag’batlantirishga, xo’jalik yurituvchi sub’ektlar o’rtasida raqobat muhitini qaror toptirish uchun zarur va hammaga barobar bo’lgan shart-sharoitlar yaratishga qaratilmog’i darkor. Kuchli davlatdan – kuchli fuqarolik jamiyatiga o’tish jarayoni mustahkam huquqiy asosda va Konstitutsiya hamda qonun ustuvorligi tamoyiliga muvofiq kechmog’i lozim. Chunonchi, O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, jamoat birlashmalari, kasaba uyushmalari, siyosiy partiyalar, siyosiy partiyalarni moliyalashtirish, ommaviy axborot vositalari, fuqarolarning o’zini o’z boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari, jamoat fondlari, vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar, to’g’risidagi qonunlar, fuqarolik va soliq kodekslari kabi qonun hujjatlari O’zbekistonda fuqarolik jamiyatini shakllantirishning mustahkam huquqiy asoslari yaratilganidan yaqqol dalolat beradi. Nodavlat va jamoat tashkilotlari hokimiyatni qo’lga kiritishni maqsad qilmasa ham, ular aholining moddiy farovonligini oshirish, ma‘naviy saviyasini ko’tarish uchun qilinadigan sa‘y-harakatlarda, kishilarni uyushtirish va faollashtirish, siyosiy ongining o’sib borishida faol ishtirok etadi. Bu, o’z navbatida, demokratik jarayonlar rivojiga ijobiy ta‘sir o’tkazadi. Nodavlat va jamoat tashkilotlari xuddi ana shu xususiyatlari bilan bir tomondan, kuchli davlatning shakllanishida etakchi rol o’ynasa, ikkinchi tomondan, davlatning ko’pgina funksiyalarini o’z zimmasiga olish orqali fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish jarayonining vujudga kelishida, yanada aniqrog’i, kuchli fuqarolik jamiyatining shakllanishida beqiyos ahamiyat kasb etadi. ―Kuchli davlatdan – kuchli fuqarolik jamiyati‖ga o’tishning asosiy mezoni ham hokimiyatning jamiyat taraqqiyotida ommaga suyanishi, ishonchiga ega bo’lishi va u bilan hamkorlikning yo’lga qo’yilishi hisoblanadi. ―Kuchli davlatdan – kuchli fuqarolik jamiyati sari tamoyilidan kelib chiqib, markaziy davlat hokimiyati tasarrufida asosan, faqat konstitutsion tuzumni, mamlakatning mustaqilligi va hududiy yaxlitligini himoya qilish, huquq-tartibot va mudofa qobiliyatini ta’minlash, inson huquqlari va erkinliklarini, mulk egalarining huquqlarini, iqtisodiy faoliyat erkinligini himoya qilish, kuchli ijtimoiy siyosat yuritish, samarali tashqi siyosat olib borish kabi vakolatlarni qoldirish ko’zda tutilmoqda. Nodavlat notijorat, jamoat tashkilotlari va mahalliy hokimiyatlar zimmasiga esa quyidagi vakolatlar berilmoqda: bozor islohotlarini amalga oshirish, tadbirkorlikni rivojlantirib borish, xususiy mulkni rivojlantirib borish, iste’mol bozorini to’ldirish, ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish, fuqarolarning moddiy farovonligini oshirish, aholini ijtimoiy himoya qilish va boshqalar. I.Karimovning ―O’zbekistonda demokratik o’zgarishlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantirishning asosiy yo’nalishlari hamda ―Bizning bosh maqsadimiz – jamiyatni demokratlashtirish va yangilash, mamlakatni modernizatsiya va isloh etishdir asarlarida mamlakatimizda demokratik o’zgarishlarni chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantirishning muhim sharti - kuchli davlatdan – kuchli fuqarolik jamiyatiga o’tishning 136 mexanizmlari bo’lgan nodavlat va jamoat tashkilotlarining faolligini yangi bosqichga ko’tarish bugungi kunimizdagi dolzarb vazifa ekani ilmiynazariy jihatdan asoslab berilgan. Yuqoridagilardan ko’rinib turibdiki, demak, O’zbekiston davlati ijtimoiy xarakterga ega bo’ladi va shu sababli demokratik huquqiy davlat deb ataladi. Davlat ma‘muriy buyruqbozlik va byurokratiyadan butunlay voz kechib, hukm qiluvchi emas, balki ta‘sir etuvchi kuchga aylanadi. Bu esa O’zbekistonda fuqarolik jamiyatini barpo etishning ―Kuchli davlatdan – kuchli fuqarolik jamiyati sari strategik maqsadining amaliy ifodasidir.