Mahalla institutining bola rivojlanishidagi roli



Yüklə 10,31 Kb.
tarix07.01.2024
ölçüsü10,31 Kb.
#208946
ABDURAIMOVA MOHICHEHRA (2)


Mahalla institutining bola rivojlanishidagi roli
DTPI Maktabgacha ta’lim yo’nalishi 1-bosqich
Talabasi Abduraimova Mohichehra Jo’ra qizi
Annotatsiya.
Ushbu maqolada tarbiya borasida uning jamiyat rivojidagi o’rni, bolaning rivojlanishida mahallaning ahamiyati haqida to’liq ma’lumotlar bayon etilgan.
Kalit so’zlar: jamiyat,rivojlanish,ijtimoy-iqtisodiy muammolar,mahallada tadbirkorlik,mahalla infratuzilmasi,ijtimoiy ximoya.
Mahalla instituti imkoniyatlaridan keng foydalanish ,aholi turmush sharoitini yanada yaxshilash hamda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28-yannvardagi PF-60-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2022-2026 yillariga mo’ljallangan Yangi O’zbekistonning taraqqiyot strategiyasini ‘‘Inson qadrini ulug’lash va faol mahalla yili’’da amalga oshirishga oid davlat dasturi ijrosini ta’minlash maqsadida:
1.Mahalla va nuroniylarni qo’llab quvvatlash vazirligi ,Moliya vazirligi,Iqtiisodiy taraqqiyot va kambag’allikni qisqartirish vazirligining har bir mahalla uccchun byudjet tashkilotlarining byutjetdan tashqari jamg’armasi shaklidagi yuridik shaxs hisoblanmaydigan Mahallaning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etish jamg’armasini tashkil etish to’g’risidagi taklifiga rozilik berilsin.Mahalla instituti bir necha asrlik qadimiy tarixga ega bo’lsada ,uning huquqiy asoslari yaratilgan va jamiyat boshqaruvida o’ziga xos vakolatlarga ega bo’lgan davri mamlakatimizning mustaqilikka erishgan davri hisoblanadi. Chunki ,mustaqil O’zbekistonning bosh qomusi -Konstitutsiyaning 105-moddasiga mahalla insituti haqida qoidalar kiritilib ,uning vakolat muddati belgilab berildi. Konstitutsiyada belgilab berilgan ushbu qoidalar asosida 1993- yil 2- sentabrda ‘’Fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari to’g’risida’’gi O’zbekiston Respublikasining qonuni qabul qilindi.Mahalla sharqona an’analar urf-odatlar va marosimlarni o’tkazish bilan bog’liq tashkiliy ishlarni amalga oshirishda bosh – qosh bolishadi. Ularni dabdabasiz, isrofgarchiliksiz, ortiqcha xarajatlarsiz, ixcham qilib o’tkazish, mahalla oqsoqoli va maxsus mutasaddi komissiyalarga bog’liq. Mahallada o’tayotgan har bir tantana yoki marosim uchun mahalla ahlining kattayu kichigi birday mas’uldir. Bunday tadbirlarda kattayu kichiklarga, boyu kambag’alga, masabdoru oddiy fuqaroga bir xil hurmat va ehtirom ko’rsatiladi. Chunki mahallaning barcha a’zosi yagona, teng huquqli hisoblanadi. Mahallada kelajak avlodimiz tarbiya topadi. Bu yerda o’sayotgan har bir yigit – qizning axloq – odobi uchun butun mahalla ahli mas’uldir. Shuning uchun ham ‘’Bir bolaga yeti mahalla ota-ona’’ kabi naqllar bejizga aytilmagan.Yoshlarning har bir xatti -harakati barchaning -diqqat markazida bo’ladi. Mahalladoshlarning har bir yosh taqdiriga javobgarligi, ularni nazorat qilishi – barkamol insonni tarbiyalab yetishtirishning negizidir. Xulq – odobi yaxshi har tomonlama namunali farzand mahallaning obro’sidir, noqobil axloqan nomaqbul farzand esa mahalla uchun uchun qora dog’dir. Mahallada yurtga taniqli insonlar yetishib chiqsa butun mahalla ahli, ularning avlod – ajdodlari g’ururlanadilar. Mahalla tuzilmasi va funksiyasi vaziyatga qarab o’zgarib turgan, ammo o’zini o’zi boshqarish tamoyilini saqlab qolgan, o’z hududida istiqomat qiluvchi kishilar o’rtasida ijtimoiy iqtisodiy munosabatlarni muvofiqlashtirib turgan. Mustaqillik yillarida mahallalar jamiyatining moddiy-ma’naviy asoslarini yaratish tayanchiga aylanib, ijtimoy-iqtisodiy va madaniy-siyosiy masalalarini hal etib, fuqarolar yig’inida demokrtatiya tamoyillarini shakllantirish, inson omilini qadrlash makoni sifatida tiklanmoqda. Mahalla, umuman, mahalliy o’zini-o’zi boshqarish organlarining fuqarolik jamiyatidagi roli ularning muayyan hududdagi aholini birlashtirishi, uni yagona jamoaga aylanishi va faoliyat ko’rsatishiga xizmat qilishidadir. Bugungi kundagi zamonaviy tadqiqotlarda munitsipal tuzilmaning aholisi – ‘’hududiy ommaviy jamoa ‘’, ‘’hududiy jamoa’’, ‘’mahalliy hamjamiyat’’ tushunchalari bilan belgilanadi. Agar shaxs xulq – atvoridan jamoa tomonidan qabul qilingan me’yorlardan og’ish bo’lsa, jamoa a’zolari turli sanksiyalar yordamida uning xulqini tegishli tomonga o’zgartirishadi. Oila jamiyatning asosi, mahalla – milliy qadriyatlar beshigi. ‘’Ahil xonadonda ,ma’rifatli mahallada ,insonparvar jamiyatda ,- deb ta’kidlagan Islom Karimov, - zukko yigitlar ,oqila qizlar,umr bo’yi elim yurtim deb yonib yashaydegan komil farzandlar ulg’ayadi. - Oila muhiti farzand tarbiyasida eng muhim dastlabki bo’g’indur,u shaxsni to’liq tarkib toptira olmaydi.Ana shunday maktab va mahalla kelgunga qadar ham ,asosan, oilada tarbiyalanadi.Oila davlatning asosiy kurtagi sifatida bolalarning dunyoqarashi ,xulqi,didiga ta’sir ko’rsatadi. Oilada kundan kun kamolga yetib borayotgan farzand atalmish ne’mat ,eng avvalo ,shu oilaning azaliy qadriyatlarga ,urf-odatlarga va an’alariga to’la amal qilmog’I lozim.
Xulosam shuki, bolaning rivojlanishida, kamolotga yetishida,buyuk cho’qqilarni zabt etishga ,mukammal shaxs bo’lib tarbiyalanishida mahallaning o’rni beqiyos.Bola avvalambor oilada kamolga yetadi ,oilada tarbiyalanadi unda mahalla ham o’z hissasini qo’shadi.
ADABIYOTLAR:
1.I.A. Karimov O’zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo’lida Toshkent. ‘’O’zbekiston ‘’,1996.-175-6.
2. SHadmanova.S., Axmedov.T. Maxalla komissiyalari faoliyatida jarayonlar
3.azkurs.org https\\azkurs.org
4.https:\\yuz.uz
Yüklə 10,31 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin