Mbbt ms accessda ishlash



Yüklə 293,54 Kb.
səhifə1/2
tarix03.05.2023
ölçüsü293,54 Kb.
#106592
  1   2
MBBT MS Accessda ishlash

MBBT MS ACCESSDA ISHLASH

RAHMATULLAYEV SARVAR


MBBT Access ning barcha vazifalari va imkoniyatlarini o’rganib uni ishlatish texnologiyasi bilan tanishib chiqamiz, hamda olib boriladigan amaliy mashg’ulotlarni shu MBBT da tashkil etishni tavsiya qilamiz. Buning uchun avvalo Microsoft Access bajaradigan vazifalari, uning darchasi va ish yurituvchi asosiy obyektlari bilan yaqindan tanishishga o’tamiz.
Microsoft Access ish darchasi
Microsoft Office tarkibidagi Microsoft Access piktogrammasi ustida «sichqoncha» chap tugmasini 2 marta bossak, ekranda Access darchasi paydo bo’ladi:
Darchaning birinchi satrida MBBT nomi Microsoft Access deb ifodalangan, 2-nchi satrda esa tavsiyanoma punktlari:
Файл Правка Вид Вставка Формат Записи Сервис Окно ?
Uchinchi satrida Standart paneli piktogrammalari joylashgan. Darchaning keng qismi ishchi maydon hisoblanadi. Ishchi maydonda yuqoridagi muloqot darchasi hosil bo’ladi. Bu darcha yordamida biz yangi MBni tashkil qilishimiz yoki mavjud MBni ochib ular ustida ishlashimiz mumkin.
Access darchasi 6 ta obyektdan iborat bo’lib, asosan shular bilan ish yuritiladi. Bular: Таблица (jadval), Запрос (so’rov), Форма (forma), Отчет (hisobot), Макрос (makro buyruq) va Модул.
Jadval MBning ma’lumotlar saqlaydigan asosiy obyekti; So’rov MB dagi ma’lumotlarni tartiblash, biror kerakli ma’lumotni qidirib topish kabi vazifalarni bajaradi. Forma – MBga yangi ma’lumotlar kiritadi, yoki joriy MBdagi ma’lumotlar ustida foydalanuvchi uchun qulay bo’lgan turli-tuman shakldagi formalar yaratadi. Demak, forma – ekran obyekti bo’lib, elektron blank tarzida ifodalanib, unda ma’lumotlar kiritiladigan maydon mavjud va shu maydonlarga kerakli ma’lumotlar joylashtiriladi va jadval shu tariqa hosil qilinadi.Hisobot - MB tarkibidagi ma’lumotlardan keraklisini printerga chiqaruvchi qog’ozdagi asosiy hujjat.
Modul - Visual Basic dasturlash muhitida yozilgan dastur bo’lib, nostandart operatsiyalarni foydalanuvchi tomonidan bajarilishiga imkon yaratadi, Makrobuyruq - bir qator buyruqlar majmui asosida hosil bo’lgan makrobuyruq bo’lib, foydalanuvchi tomonidan jadval tuzishda juda qiyin hal qilinadigan jarayonlarni yechadi.Sanab o’tilgan obyektlar ustida ishlash uchun darchaning o’ng tomonida Открыть (ochish), Конструктор va Создать (yaratish) degan tugmachalar joylashgan. Demak, bu tugmalar Access ning ishlash tartibini ifodalaydi.

Yüklə 293,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin