Elektron do‘kon, elektron birja, elektron auksion, elektron xizmat turlari, elektron bozorda bank xizmati.
Elektron to‘lovlar: debet va kredit, naqd pul to‘lovlari, elektron pul
1. Elektron bozor, elektron bozor maydonlari, elektron magazin.
Elektron bozor deb, uning ishtirokchilari va axborot strukturalari hamda telekommunikastiya texnologiyalari, tizimlari sharoitida ma’lum Qonuniyatlar bilan xarakterlanadigan ishtirokchilar, ularning o’zaro ta’sir jarayonlari majmuasi tushuniladi. Elektron bozor an’anaviy jismoniy bozorga nisbatan ancha mukammal raqobat bilan xarakterlanadi. Elektron bozorda xaridor va sotuvchilarning katta soni ishlaydi, yangi ishtirokchilarning bozorga chivishiga hech qanday to’siqlar yo’q, barcha ishtirokchilar axborotdan erkin foydalanadi.
Zamonaviy bozorda faoliyat yurituvchi hamma korxonalarni ularning elektron bozorga bo’lgan munosabatiga ko’ra 3 guruhga ajratish mumkin:
Zamonaviy bozorda faoliyat yurituvchi hamma korxonalarni ularning elektron bozorga bo’lgan munosabatiga ko’ra 3 guruhga ajratish mumkin:
1. An’anaviy (brick-and-mortar) kompaniyalar – ular real, jismoniy bozorda faoliyat ko’rsatib, ma’lum vaziyatlar majbur qilmasa, elektron bozorga murojaat qilmaydilar.
2. Aralash (slick-and-brick) korxonalar – ular o’z faoliyatlarining bir qismini internet orqali amalga oshiradilar. Bunday korxonaar faoliyatni ko’rib chiqayotganda elektron biznesning qo’llanishi ularga nima berishini aniqlash juda muhim.
3. To’liq elektron (click-only) korxonalar – ular faqat internetda mavjud. Bunda ularning paydo bo’lishi sabablarini va ularning foydani qanday olishlarini tushunish juda muhim.