1. Mehnat jamoalarini boshqarish tushunchasi. 2. Xodimlarni boshqarish tizimi. 3. Xodimlarni boshqarish tamoyillari. 4. Xodimlarni rejalashtirish. 5. Xodimlarni boshqarish samaradorligi.
1. Mehnat jamoalarini boshqarish tushunchasi. “Xodim” iborasi o‘zbek tilining izohli lug‘atida “biror idora yoki muassasada ishlovchi kishi, xizmatchi” ma’nosida talqin etiladi. Masalan, savdo xodimi, xalq maorifi xodimi, medetsina xodimi, ilmiy xodim va hk. Bugungi amaliyotda xodim va uni boshqarish muammosiga ikki xil yondoshuv mavjud: -inson resurslarini boshqarish; -xodimlarni boshqarish.

“Inson resurslarini boshqarish” tushunchasi boshqarishning strategik jihatlarini, shuningdek ijtimoiy rivojlanish masalalarini o‘z ichiga oladi va ularga ustuvorlik beriladi. “Xodimlarni boshqarish” tushunchasi esa ko‘proq kadrlar bilan tezkor ishlashni anglatadi. Agar birinchi yondoshuv davlat miqyosida bandlik va uni muvofiqlashtirish vazifalaridan kelib chiqsa, ikkinchi yondoshuv bevosita korxona darajasidagi mehnat munosabatlari va ularni muvofiqlashtirishdan kelib chiqadi

Faoliyat sohasi
Nimaga ustuvorlik beriladi
Qanday funksiyalar bajariladi
Bajarilishi to‘g‘risida kimga ma’lumot beriladi
Inson resurslarini boshqarish (strategik yondoshuv)
-Mutloq yangi vazifalarni echishga
-Global, uzoq muddatli vazifalarni echishga
-Inson resurslarini rejalashtirish
-SHaxsiy qobiliyat va malakani oshirish
-Korxonaning xodimlarga sarflanadigan harajat doirasida xodimlar uchun harajatlarni rejalashtirish
Korporatsiya Prezidentiga
Xodimlar bilan ishlash (tezkor faoliyat)
-Ma’muriy aralashuvga zaruriyat tug‘iladigan kundalik muammolarni echishga
-Kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yish
-Mehnat motivatsiyasini boshqarish
-Texnika xavfsizligini nazorat qilish
-Nizolarni hal qilish
Korporatsiya vitse-prezidentiga
1-Jadval. Inson resurslarini boshqarishdagi faoliyat turlari