Mehnat resurslari



Yüklə 67,95 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix15.02.2023
ölçüsü67,95 Kb.
#84351
Mehnat resurslari - Vikipediya



Mehnat resurslari
Mehnat resurslari - mamlakat aholisining
mehnatga layoqatli yoshdagi qismi,
iqtisodiy resurslarning tarkibiy unsuri; 16
yoshdan 55 yoshgacha boʻlgan ayollar,
60 yoshgacha boʻlgan erkaklar Mehnat
resurslariga kiritiladi.
Kishilar yoshining ulgʻayishiga qarab
Mehnat resurslariga dastlab qoʻshiladilar,
soʻngra (yoshi oʻtgach) undan chiqadilar.
Koʻpchilik mamlakatlarda, shu jumladan,
Oʻzbekistonda 16—59 yoshdagilar


Mehnat resurslariga kiritiladi. Mehnat
resurslari oʻsishi aholining koʻpayishiga
bogʻliq. Aholi tarkibida yoshlar qanchalik
koʻp boʻlsa, Mehnat resurslari shunchalik
tez oʻsadi. 20-asr oxiri —21-asr
boshlarida Oʻzbekistonda Mehnat
resurslari har yili 320—350 ming kishi
atrofida koʻpay-ib bordi. Ularning asosiy
qismini mehnat yoshiga qadam
qoʻyganlar tashkil etadi.
Mehnat resurslari soni miqdoriy ifoda
boʻlsa, mehnat yoshidagilarning bilim
saviyasi, malakasi, kasbiy mahorati va
ishbilarmonligi uning sifatini yaratadi.
Taʼlimtarbiya, malakani oshirish, sogʻliqni
taʼminlash, uni mustahkamlash uchun


sarflar inson kapitaliga investitsiya boʻlib,
Mehnat resurslari ni takroran yaratishga
xizmat qiladi. Mehnat resurslari mehnat
bozori orqali taqsimlanadi. Mehnat
resurslari ban-dligi — mehnat yoshidagi
kishilarning ish bilan taʼminlanishi,
ularning tovar va xizmatlar yaratishda
ishtirok etishi. Mehnat resurslari
tarkibidagi ishlashga talabgor boʻla turib
ish topa olmaganlar ishsizlar (qarang
Ishsizlik) hisoblanadi (qarang Bandlik).
21-asr boshlarida Oʻzbekiston Mehnat
resurslari tez oʻsishi bilan tavsiflandi.
2003-yilda respublikada Mehnat
resurslari 13181,0 ming kishini tashkil
etdi.
[1]


1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu maqolada boshqa til boʻlimlariga
ishorat yoʻq.
Siz ularni topib va ushbu maqolaga
qoʻshib, loyihaga yordam berishingiz
mumkin.
Ko‘proq o‘rganish Ushbu maqolada
Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-
2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan.
Manbalar


Bu sahifa oxirgi marta 4-Sentabr 2022, 12:03 da
tahrir qilingan.

Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, (ht
tps://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=
Mehnat_resurslari&action=edit)
Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin.
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak.
"https://uz.wikipedia.org/w/inde
x.php?
title=Mehnat_resurslari&oldid=28
48046" dan olindi


Matndan 
CC BY-SA 3.0
 litsenziyasi boʻyicha
foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan
boʻlsa).

Yüklə 67,95 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin