12-mavzu. Ish haqi va mehnat munosabatlari reja Yaratilgan mahsulot va daromadlarning taqsimlanish tamoyillari



Yüklə 22,32 Kb.
səhifə1/4
tarix14.12.2023
ölçüsü22,32 Kb.
#180117
  1   2   3   4
12-mavzu. Ish haqi va mehnat munosabatlari reja-fayllar.org


12-mavzu. Ish haqi va mehnat munosabatlari reja




12-mavzu. ISH HAQI VA MEHNAT MUNOSABATLARI 

Reja 

1. Yaratilgan mahsulot va daromadlarning taqsimlanish tamoyillari. 

2. Ish haqining iqtisodiy mazmuni. 

3. 

Ish haqini tashkil etish shakllari va tizimlari. 

4. 

Ish haqining tabaqalanishi, Yagona tarif tizimi, uning maqsadi va vazifalari. 

5. Mehnat munosabatlarining iqtisodiy mazmuni va kasaba uyushmalarining roli. 

6. Davlatning ish xaqi siyosati. Respublikada mehnatni ragʻbatlantirish, ish haqini 

koʻpaytirish va aholi daromadlari oʻsishini ta’minlashga qaratilgan siyosatni amalga 

oshirishda qoʻlga kiritilgan natijalar.


1. Yaratilgan mahsulot va daromadlarning taqsimlanish tamoyillari 
Ish haqining mazmunini toʻgʻri tushunib olish uchun eng avvalo yaratilgan milliy 

mahsulotning taqsimlanish tartibi toʻgʻrisida tasavvurga ega boʻlish lozim. Mamlakatda ishlab


chiqarilgan mahsulotning (tovar va xizmatlarning) taqsimlanish tamoyillari boʻyicha turlicha 
nazariyalar mavjud. Bozor iqtisodiyotiga doir adabiyotlarning koʻpchiligida «uch omil» deb
nomlanuvchi nazariya keng tarqalgan. 
Bu nazariyaning asoschilaridan biri frantsuz olimi J.B.Sey «ishlab chiqarishning uch 

omili» degan gʻoyani ilgari surib, unda tovarlarni ishlab chiqarishda mehnat, yer va kapital bab-
baravar qatnashadi, ular hamma daromadlar manbaidir va binobarin daromadlar ham shu omillar 
oʻrtasida taqsimlanadi, deb koʻrsatadi.

2. Ish haqining iqtisodiy mazmuni
Yaratilgan yalpi ichki mahsulotning ma’lum qismi, ya’ni ishchi va xizmatchilarga, ya’ni 

ishchi kuchiga tegishli qismi uning ishlab chiqaruvchilari oʻrtasida mehnatning miqdori, sifati va


unumdorligiga qarab taqsimlanadi, bu iqtisodiy adabiyotlar va hujjatlarda ish haqi deb yuritiladi. 
Ish haqining mazmunini aniqlashda turli iqtisodchilar turli tomondan yondashib, unga har xil
ta’rif beradilar. 
Masalan, D.Rikardo va T.Maltuslarning «Yashash uchun vosita minimumi»
kontseptsiyasida ish haqini yashash uchun zarur vositalarning fiziologik minimumi bilan bir xil 
deb hisoblanadi. Qiymatning mehnat nazariyasi (ingliz klassik siyosiy iqtisod maktabi,
marksistik yoʻnalishidagi iqtisodchilar) ishchi kuchini alohida, oʻziga xos tovar deb hisoblaydi. 
SHu sababli bu nazariya ish haqiga tovar boʻlgan ishchi kuchi qiymatining oʻzgargan shakli,
ya’ni puldagi ifodasi sifatida qaraydi va uni ishchi kuchini takror ishlab chiqarish uchun zarur 
boʻlgan tirikchilik vositalari qiymati sifatida aniqlaydi.
Ushbu xulosalardan keyin ish haqining mazmuniga ta’rif berib aytish mumkinki, ish haqi 
– ishchi va xizmatchilarning mehnatining miqdori, sifati va unumdorligiga qarab milliy
mahsulotdan oladigan ulushining puldagi ifodasidir. 

Yüklə 22,32 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin