МЕЖДУРОДНАЯ КОНФЕРЕНЦИЯ
АКАДЕМИЧЕСКИХ НАУК
80
TARBIYACHINING INNOVATSION FAOLIYATI
Matrizayeva Bonu Saburjon qizi
UrDU Maktabgacha ta’lim yo’nalishi 2-bosqich talabasi
Annotatsiya: Innovatsion ta’lim jarayonida qo‘llaniladigan
texnologiyalar
innovatsion ta’lim texnologiyalari yoki ta’lim innovatsiyalari deb nomlanadi.
Ilmiy adabiyotlarda “novatsiya” (yangilanish, yangilik) hamda “innovatsiya”
(yangilik kiritish) tushunchalarining bir-biridan farqlanishiga alohida e’tibor
qaratiladi. Misol uchun, V.I. Zagvyazinskiyning e’tirof etishicha, “yangi”, “yangilik”
tushunchasi nafaqat muayyan g‘oyani, balki hali amaliyotda foydalanilmagan
yondashuv, metod hamda texnologiyalarni ifodalaydi.
Ammo bunda jarayon
elementlari yaxlit yoki alohida olingan elementlaran iborat bo‘lib, o‘zgarib
turuvchi sharoit va vaziyatda ta’lim va tarbiya vazifalarini samarali hal etish
g‘oyalarini o‘zida aks ettiradi.
Kalit so’z:innovatsiya,yangilanish,jarayon,tarbiyachi,tarbiya jarayoni,novatsiya
Darhaqiqat, yangilik –
vosita sanalib, u aksariyat holatlarda yangi metod,
metodika, texnologiya va b. ko‘rinishida namoyon bo‘ladi.
Mohiyatiga ko‘ra novatsiya va innovatsiya o‘rtasida muayyan farqlar mavjud.
Zamonaviy ta’limga xos muhim jihatlardan biri –
pedagog faoliyatining
innovatsion xarakter kasb etishiga erishish sanaladi. Rivojlangan xorijiy
mamlakatlarda pedagog faoliyatining innovatsion xarakter kasb etishiga erishish
masalasi o‘tgan asrning 60-yillaridan boshlab jiddiy o‘rganila boshlagan. Xususan,
X.Barnet, J.Basset, D.Gamilton, N.Gross, R.Karlson, M. Maylz, A.Xeyvlok, D.Chen,
R.Edem, F.N. Gonobolin, S.M. Godnin,
V.I.Zagvyazinskiy,
V.A.Kan-Kalik,
N.V.Ko‘zmina hamda V.A.Slastenin kabi tadqiqotchilar
tomonidan olib borilgan
ishlarda innovatsion faoliyat, pedagogik faoliyatga
innovatsion yondashish,
innovatsion g‘oyalarni asoslash va ularni amaliyotga samarali tadbiq etish, xorijiy
mamlakatlar hamda respublikada yaratilgan pedagogik innovatsiyalardan
xabaror bilish orqali pedagog faoliyatida ulardan
faol foydalanish borasidagi
amaliy harakatlar mazmunini yoritilgan. Mohiyatiga ko‘ra innovatsiyalar
munosabat yoki jarayonga yangilik kiritishning dinamik tizimi sanaladi. O‘z-
o‘zidan tizim sifatida yangilik kiritirish munosabat yoki
jarayonning, birinchidan,
ichki mantig‘ini, ikkinchidan, kiritilayotgan yangilikning muayyan vaqt oralig‘ida
izchil rivojlanishi va atrof-muhitga ko‘rsatadigan o‘zaro ta’sirini ifodalaydi.
V.A.Slastenin innovatsiyani yangilik yaratish, keng
yoyish va foydalanishga
qaratilgan maqsadga muvofiq, yo‘naltirilgan jarayoni majmui deb biladi.
Muallifning fikriga ko‘ra har qanday innovatsiya
yangi vositalar yordamida