Ámeliy jumıs-8 Ostma isitiwshı kamerali puwlandırǵısh



Yüklə 18,97 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix27.12.2023
ölçüsü18,97 Kb.
#199667
Ámeliy jumıs-8.Ostma isitiwshı kamerali puwlandırǵısh (2)



Ámeliy jumıs-8 
Ostma isitiwshı kamerali puwlandırǵısh 
 
Ostma isitiwshı kamerali puwlandırǵısh.
Usi turdegi qurilmalarda isituvchi 
kamera 1 o‘z obechaykasiga ega bo‘lib, qobiq 2 ning pastki qismiga erkin
qo‘zg‘aluvchan qilib o‘rnatilgan. Isituvchi bug‘ truba 3 orqali uzatiladi va kamera 
1 ning trubalararo bo‘shlig‘iga yuboriladi. Issiqligini bergan bug‘ kondensat holida 
hamda isituvchi kameraning pastki qismidan chiqariladi. Isigan eritma esa, 
qaynash trubalaridan yuqoriga ko‘tariladi va erkin sirkulyasiya ta’sirida bug‘latish 
jarayoni sodir bo‘ladi (8.1-rasm). 
8.1-rasm. Osma isituvchi kamerali bug‘latish
q
urilmasi. 
1 - isituvchi kamera; 2 - qobiq; 3 – bug‘ trubasi; 4 - tomchi ushlagich; 5 
– to‘kish trubasi; 6 - yuvish uchun teshikli truba. 
Ikkilamchi bug‘ tomchi ushlagich 4 dan o‘tib qurilmaning tepasidan chiqib 
ketadi. Ikkilamchi bug‘dan ajratib olingan suyuqlik truba 5 orqali pastga oqizib 
tushiriladi. Qurilmaning qaynash trubalarining ichki va tashqi yuzalarida hosil 
bo‘luvchi kovakli qatlam (nakip) vaqti – vaqti bilan suv bilan yuvilib turiladi. 


Bu qurilmada markaziy sirkulyasion truba isituvchi kamera tashqarisida 
o‘rnatilgan bo‘lib, katta ko‘ndalang kesimga ega. Shuning uchun ham eritma 
sirkulyasiyasiyaga ijobiy ta’sir etadi. 
Isituvchi kamera erkin, harakatchan holda o‘rnatilgani uchun trubalarning 
teshikli panjaralardagi zichligi buzilmaydi. Undan tashqari, osma holatdagi 
kamerani demontaj qilish oson. 
Osma isituvchi kamerali bug‘latkich 
afzalliklari
: eritmalar bug‘latishi 
intensiv; isitish kamerasi osma holda o‘rnatilgani uchun, temperaturalar farqi katta 
bo‘lganda ham trubalar zichligi o‘zgarmaydi; isituvchi kameraning yaroqsiz 
trubalarini almashtirish oson; eritma sirkulyasiyasining karraligi katta; qattiq, 
qovakli qatlam kam hosil bo‘ladi. 
Bug‘latkich 
kamchiliklari
: isituvchi eltkich va kondensatning trubalar orqali 
kirishi va chiqishi qiyin; metall sarfi katta; qovushoqligi yuqori eritmalarni 
bug‘latish samardorligi past; eritma trubalarga yopishib qoladi. 
Erkin sirkulyasiyali bug‘latkichlar tuzilishi sodda va kristallanmaydigan, 
o‘rtacha qovushoqlik suyuqliklarni bug‘latish uchun qo‘llaniladi (8.2-rasm). 
8.2-rasm. Eritmasi erkin sirkulyasiya qiladigan bug‘latkichlar. 
a - isituvchi kamerasi ajratilgan bug‘latkich; b - isituvchi kamerasi 
tashqariga o‘rnatilgan bug‘latkich: 1- isituvchi kamera; 2-separator; 3-
sirkulyasion truba. 
D
s
, D
k
, D
s
- separator, isituvchi kamera va separatsion 


truba diametrlari; 
L
- kamera uzunligi. 
Bug‘latish qurilmasi separator, isituvchi kamera va sirkulyasion trubadan 
tashkil topgan. Separator elliptik qopqoqli silindrik qobiqdan iborat bo‘lib, 
isituvchi kameraga boltlar yordamida birlashtirilgan. Unda, ikkilamchi bug‘ni 
tomchilardan ajratish uchun turli konstruksiyali qaytargichlar o‘rnatiladi (8.2a-
rasm), Isituvchi kamera esa, vertikal qobiq-trubali issiqlik almashinish qurilmasi 
tipida yasalgan bo‘lib, trubalararo bo‘shlig‘iga bug‘ yuboriladi va trubalar ichida 
eritma qaynatiladi. 
Separator va isituvchi kameralar pastki qismlari sirkulyasion truba bilan 
birlashtirilgan. Sirkulyasion va qaynatish trubalaridan tarkib topgan tutashgan 
sistemada tabiiy sirkulyasiya hosil bo‘ladi. 
Agar, trubalarda eritma qaynash darajasigicha isitilsa, undagi bir qism 
suyuqlik bug‘latishi natijasida trubalarda bug‘ - suyuqlik aralashmasi hosil bo‘ladi. 
Albatta, bu aralashma zichligi suyuqlik zichligidan kichikdir. Shunday qilib
sirkulyasion trubadagi suyuqlik massasi, qaynash trubadagi suyuqlikdan katta 
bo‘lishi aniq. Natijada, qaynash trubasi – bug‘ bo‘shlig‘i - sirkulyasion truba - 
trubular va hokazo yo‘li bo‘yicha eritma sirkulyasion harakatlanadi. 
Sirkulyasiya paytida qaynayotgan suyuqlik tomonidagi issiqlik berish 
koeffitsienti ortadi va truba yuzasida qattiq, kovakli ifloslik qatlami hosil bo‘lishi 
kamayadi. 
Tabiiy sirkulyasiya bo‘lishi uchun ikkita shart bajarilishi zarur: 
1) Bug‘ - suyuqlik aralashma qatlamini muvozanatda ushlab turish va zarur 
tezlik hosil qilish uchun sirkulyasion trubadagi suyuqlik sathining baladligi etarli 
bo‘lishi kerak; 
2) Bug‘ - suyuqlik aralashmasi iloji boricha kam zichlikli bo‘lishi uchun 
qaynash trubalarida bug‘ ajralib chiqish intensivligi etarli miqdorda bo‘lishi 
darkor. 


Eritma va bug‘ orasidagi temperaturalar farqi ko‘p va qaynash zonasida 
naporning yo‘qotilishi kam bo‘lgani uchun, sirkulyasiya tezligi 1,8...2 m/s ni 
tashkil etadi. 
Agar, sirkulyasiya tezligi yuqori bo‘lsa, bug‘latgichning ish unumdorligi va 
issiqlik almashinish jarayonining intensivligi katta bo‘ladi. 

Yüklə 18,97 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin