Kirish Men, 2021 yil 1 fevraldan 2021 yil 13 martgacha ”Hamkorbank”ATB Yunusobod filialida tanishuv amaliyotni o’tadim.
Amaliyot davomida quyidagi mavzular bo’yicha bitiruv malakaviy ishimga oid meyoriy hujjatlar va amaliy ma’lumotlarni o’rgandim: Amaliyot obyektining faoliyati va tashkiliy tuzilmasi bilan tanishish;
Amaliyot obyekti faoliyatini tartibga soluvchi me’yoriy-huquqiy hujjatlarni o’rganish;
Amaliyot obyektining moliyaviy hisobotlari bilan tanishish;
Amaliyot obyektining istiqboldagi rivojlanish yo`nalishlarini o’rganish;
Qolaversa amaliyot davomida o‘quv jarayonida olgan nazariy bilimlarimni chuqurlashtirish va mustahkamlash, hamda bitiruv malakaviy ishlarini sifatli tayyorlash uchun zaruriy ma’lumotlarni to’pladim va tizimlashtirdim.
Ta’lim va uning barcha tarkibiy tuzilmalarini takomillashtirib borish oldimizda turgan dolzarb masalalardan biridir. Shu boisdan fanlar bo’yicha bilimlar majmuasini o’zlashtirish, nazariy va amaliy mashg’ulotlar uzviyligida malaka hamda ko’nikmalarni mukammal shakllantirishda tanishuv amaliyotining o’rni beqiyos.
Amaliyot davomida institut tomoidan berilgan dastur asosida har bir mavzuga oid me’yoriy-huquqiy hujjatlarni va amaliy ma’lumotlarni o’rganib, ularning asosiylarini hisobotimga ilova qilmoqdaman.