Metallarning atom massasini aniqlash. Solishtirma issiqlik sig‘imi yordamida qo‘rgʻoshinning atom ogʻirligini aniqlash



Yüklə 31,5 Kb.
tarix02.01.2022
ölçüsü31,5 Kb.
#34720
Metallarning atom massasini aniqlash (1)


Metallarning atom massasini aniqlash.

Solishtirma issiqlik sig‘imi yordamida qo‘rgʻoshinning atom ogʻirligini aniqlash.

Qo‘rg‘oshinning taxminiy atom massasini uning solishtirma issiqlik sig‘imiga, Dyulong va Pti qoidasiga asoslanib topish (28-rasm). Qattik oddiy moddalar solishtirma issiqlik sig‘imi (S) ning atom massasi (A) ga ko‘paytmasi o‘zgarmas kattalik bo‘lib, o‘rtacha 6,4 ga tengdir:

A.S. = 6,4: bundan A = 6,4\S


26-rasm. Kalorimetr.

Bu usullardan asosan, metallarning atom massasini topishda foydalaniladi. Moddalarning solishtirma issiqlik sig‘imini topish uchun 28 - rasmda ko‘rsatilgandek qilib kalorimetr yig‘ing. Kalorimetr biri ikkinchisiga kiritilgan ikkita stakandan iborat. Ular orasidagi havo qatlami termoizolyasiya vazifasini bajaradi. Tekshirilayotgan metalldan 50g ga yaqinini (0,1g gacha aniqlik bilan) texno-kimyoviy tarozida tortib oling va uni ipga bog‘lab,qaynab turgan distillangan suvga 15-20 minut tushirib qo‘ying. Kalorimetrning ichki stakaniga aniq o‘lchangan 200-250 ml suv quyib, uning temperaturasini 0,1oS aniqlikdagi termometr bilan o‘lchang. Qaynayotgan suvga tushirib qo‘yilgan (15-20 minut) metallni tezda kalorimetrdagi suvga solib, hamda termometr bilan asta-sekin aralashtirib turib, suvning metalldan o‘tgan issiqligi hisobiga yuzaga kelgan yuqori temperaturasini o‘lchang. Bunda metallning kalorimetrdagi suvga to‘liq botishiga, uning devorlariga tegmayotganligiga e’tibor bering. Kalorimetr ichidagi suvning temperaturasining o‘zgarishini uzluksiz kuzatib boring va har 1-2 minutda termometr ko‘rsatkichini to suv temperaturasi o‘zgarmay, pastga qarab tusha boshlaguncha qayd qilib boring. Tajribani 2-3 marta takrorlab, yuqori temperaturasining o‘rtacha qiymatini oling. Olingan natijalar asosida quyidagi tenglamadan foydalanib, metallning solishtirma issiqligini hisoblang.

M (t1 - t) = (t2 - t1)S*M

bu erda M - kalorimetrdagi suvning massasi, g

m - metallning massasi, g

s - metallning solishtirma issiqlik sig‘imi,

t - kalorimetrdagi suvning dastlabki temperaturasi, oS

t1 - kalorimetrdagi issiq metall tushirilgandan keyingi suvning temperaturasi, oC

t2 - isitilgan metallning temperaturasi, 0S

Topilgan issiqlik sig‘imi bo‘yicha metallning taxminiy atom massasini Dyulong va Pti qoidasidan foydalanib hisoblang. Olingan metall ekvivalentini o‘qituvchidan so‘rab, uning aniq atom massasini aniqlang. Tajribada yo‘l qo‘yilgan xatoni foizlarda hisoblang:



Xato (%) = Anazariy - A / Anazariy 100%
Yüklə 31,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin