Ranglar texnologiyasi reja: rang turlari iliq va sovuq ranglar. Ranglar va ularning o‘ziga xos xususiyatlari



Yüklə 3,76 Kb.
tarix07.01.2024
ölçüsü3,76 Kb.
#205789
RANGLAR TEXNOLOGIYASI


RANGLAR TEXNOLOGIYASI
REJA:
 
1.RANG TURLARI ILIQ VA SOVUQ RANGLAR.
2.RANGLAR VA ULARNING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI.
3.NAQQOSHLIKDA RANGLARNING QO‘LLANILISHI.
 
Naqshga bo‘yoq yaxshi mo‘yqalamlar bilan surtiladi. Mo‘yqalamlarning ishga yaroqlisi quyidagicha tanlab olinadi: uni toza suvga solib silkitiladi, agar mo‘yqalamning uchi birikib ingichka holga kelsa, u ishga yaroqli, to‘zib tursa, yaroqsizdir.
Mo‘yqalamlar bo‘rsiq, suvsar, olmaxon kabi xayvonlar yungidan tayyorlanadi. Biz bo‘rsiq yungidan yasalgan 1 dan 10 gacha raqamli mo‘yqalamlardan foydalanishni tavsiya etamiz.
1.Siyoh mo‘yqalam - 1,2,3 raqamli mo‘yqalamlar bo‘lib, axta yordamida naqsh tushirilgandan so‘ng ularni yurgizib chiqish va gullar tortishda ishlatiladi. 4,5 raqamli mo‘yqalamlar esa band va marg‘o‘lalarni ranglashda qo‘llaniladi.
2.Obi mo‘yqalam -6,7 raqamli mo‘yqalamlar bo‘lib, ular barg, gul va kichik yuzlarni ranglash hamda naqsh kompozitsiyalarini chekkalarini (ramkalarni) yurgizib chiqish uchun ishlatiladi.
3.Mola mo‘yqalamlari - 8,9,10 raqamli mo‘yqalamlar bo‘lib, katta barg, band, gullar va naqshlar tagiga (katta zamin, kichik zaminga) rang berish uchun foydlaniladi.
Naqqoshlikda ishlatiladigan bo‘yoq turlari quyidagilardan iborat: quruq bo‘yoq, guash,akvarel, emulsiya, bo‘yoq, mineral bo‘yoq, moybo‘yoq, tempera bo‘yoqlari. Naqqoshlik mashg‘ulotlarida eng ko‘p qo‘llaniladigan bo‘yoq guashdir. Guash kichik idishchalarda yoki alohida bankalarda bo‘lib… u suvda yaxshi eriydi. Guashning yana bir qulayligi shundaki… u bilan turli rangdagi qog‘ozlar va yog‘ochlarni ham bo‘yash… bir rangni ikkinchi rang bilan aralashtirib, uchinchi bir rang hosil qilish mumkin. -rasm.
Har bir bo‘yoq alohida stakan yoki kichik idishchada tayyorlanadi… alohida tayoqcha bilan aralashtiriladi.
Bo‘yoq zarur suyuqlikda va tiniqlikda tayyorlanishi lozim. Bunda oq bo‘yoqni boshqa bo‘yoqlar bilan aralashtirib… kerakli rangni topa bilish muhim axamiyatga ega. Yog‘och buyumlarni naqshlash uchun quyidagi asbob-uskuna va materiallar kerak: yog‘och, belchalar, jilvir qog‘oz, bo‘r, pista ko‘mir, sinka, doka, xitoy qog‘ozi (kalka), nina, alif, yelim, quruq kukunli bo‘yoqlar, lak, 1-20 nomerli mo‘yqalamlar, idishchalar va boshqalar. Naqsh muallimi o‘quvchilarga bu asboblarni ishga tayyorlash va ulardan foydalanish yo‘llarini o‘rgatadi.
Yüklə 3,76 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin