Microsoft PowerPoint (toʻliq nomi — Microsoft Office PowerPoint, inglizcha: power point — ishonarli hisobot) — taqdimotlar yaratish va ularni tomosha qilishga moʻljallangan dastur boʻlib, Microsoft Officening bir qismi hisoblanadi va Microsoft Windows, macOS tizimlarida ishlash imkoniyatiga ega. PowerPointda yaratilgan taqdimotlar proyektor yordamida katta ekranlarda yoki katta oʻlchamli televizion ekranlarda koʻrishga moʻljallangan.
PowerPoint yaratish fikri Berkli oliygohi talabasi Bob Gaskins (Bob Gaskins)da paydo boʻladi. 1984-yil Gaskins Forethoyyhyught firmasiga qoʻshildi va Dennis Ostin (Dennis Austin) ismli dasturchini ishga yollaydi. Bob va Dennis harakatlarini birlashtirishadi va Presenter dasturini yaratishadi. Dennis dasturning original versiyasini Tom Rudkin bilan yaratadi. Keyinchalik Bob dastur nomini PowerPoint deb oʻzgartirishga qaror qiladi.
1987-yil PowerPoint 1.0 Apple Macintosh tizimi uchun namoyish etiladi. U oq-qora formatda ishlagan. Keyinchalik Macintoshning rangli koʻrinishlari paydo boʻlgan va dasturning ham rangli versiyasi yaratilgan. PowerPointning ilk versiyalarida dastur tarkibiga koʻk jildli kitob shaklidagi yoʻriqnoma kiritilgan, ammo bu biroz qimmatga tushishi munosabati bilan Forethought elektron yoʻriqnomaga oʻtishga qaror qiladi.
1987-yil Forethought va PowerPoint Microsoft tomonidan $ 14 mln.ga sotib olinadi. 1990-yil Microsoft Office paketi toʻplamidagi Windows uchun versiyasi namoyish qilindi. 2002-yildan boshlab Office XP PowerPointning paydo boʻlishi bilan u Office paketidan alohida ham tarqatilishi mumkin edi.
Tarixi;
Formatlari
Taqdimotlar quyidagi (prefiks yordamida) koʻrinishlarda saqlanishi mumkin:
.ppt — PowerPoint taqdimoti
.pps — faqatgina PowerPoint taqdimoti
.pot — PowerPoint modeli
PowerPoint 2007 oʻzining macOS uchun versiyasida (2008) Office Open XML formatini taqdim etdi. Shundan soʻng taqdimotlar. pptx,. ppsx,. potx koʻrinishiga ega boʻldi. Taqdimotga audio fayl qoʻshish uchun MPEG LAYER 3 18HB 11025 Hz stereo formatini ishlatish zarur.
Muvofiqligi
PowerPoint Microsoft Office qismi hisoblanadi. Bu esa PowerPointga taqdimot yaratuvchi dastur sifatida dunyoga keng tarqalishiga yordam berdi. Tez-tez PowerPoint taqdimotlari foydalanuvchilar tomonidan boshqa kompyuterlarga joʻnatilib turiladi. Bu esa raqobatchi dasturlar bilan muvofiqlikni taʼminlash zaruriyatini bildiradi. PowerPointning baʼzi taqdimotlari Windows tizimiga oʻrganganligi bois uni macOS PowerPoint versiyasida ochishning iloji yoʻq. Shu sababli Microsoft ochiq standartlarga oʻtishga qaror qildi.
Reklama taqdimoti
Reklama prezentastiyasini yaratish bu koʻp vaqtni talab qiladigan, juda muhim va masʼuliyatli jarayondir. Bu oʻrinda sizdan talab qilinadigani bu rasmlar, animastiya (harakat), qisqa matnlardan iborat ssenariyni oʻylab topish. Prezentastiyalar tayyorlashda eng effektiv va universal vositalardan biri-bu Microsoft Office ilovasidagi-Power Point dasturidir. U grafik axborotlar, taqdimotlar, ovoz, video kliplar, animastiyalardan foydalanib, sifatli taqdimotlar yaratish imkonini beradi. Prezentastiyalarni tayyorlash natijasida:
qatnashuvchilarga tarkatish uchun chop qilingan hujjat;
kadoskopda foydalanish uchun kalkalar;
slaydoskoplarda foydalanish uchun 35-millimetrli slaydlar;
choʻntak daftarchasi;
elektron prezentastiyalarni olish mumkin.
Microsoft Power Point dasturi 1987-yildan boshlab paydo boʻlgan boʻlsa ham, ammo prezentatsion grafik ishlarida yetakchi oʻrin tutadi. Bu dasturning keyingi versiyalarida esa shu dasturga yangi qoʻshimcha fikrlar va prezentastiyalarni qoʻllashning yangi usullari ishlab chiqildi. Microsoft Power Pointdan foydalanayotgan har bir foydalanuvchi xoh u yangi ish boshlovchi boʻlsa, xoh tajribali boʻlishidan qatʼiy nazar, ushbu dasturga kiritilgan yangi usullarni yuqori darajada baholaydi. Microsoft PowerPoint – taqdimotlarni tayyorlash va taqdimotlarni hosil qilish uchun moʻljallangan boʻlib, unda yaratilgan taqdimotlarda oddiy animastiyalar hosil qilish mumkin. Taqdimot – maʼruza, biznez reja va hokazolar boʻlishi mumkin. Har bir taqdimot bir necha slayddan tashkil topgan boʻlishi mumkin. Microsoft Power Point – universal, imkoniyatlari keng boʻlgan, koʻrgazmali grafika amaliy dasturlari sirasiga kiradi va matn, rasm, chizma, grafiklar, animastiya effektlari, ovoz, videorolik va boshqalardan tashkil topgan slaydlarni yaratish imkonini beradi.
Hot keylar
CtrL+N Yangi taqdimot faylini yaratish
CtrL+M Yangi taqdimotni bo’sh slaydga qo`shish
CtrL+D Taqdimotga aktiv slayd qo`shish
CtrL+Enter Slaydning keying elementini tahrirlash
CtrL+O Ilgari yaratilgan taqdimot faylini qayta ochish
CtrL+W Ekranda ochiq bo`lgan taqdimot faylini berkitish