Milliy sertifikatlash tizimi doirasida sertifikatlashtirish ishlari so‘rovchi tomonidan tanlangan sertifikatlashtirish sxemasi bo‘yicha aniqlangan tizim doirasida olib boriladi



Yüklə 47,26 Kb.
səhifə1/5
tarix25.09.2023
ölçüsü47,26 Kb.
#148591
  1   2   3   4   5
O

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA SERTIFIKATLASHTIRISH FAOLIYATI

4.1. O‘zbekiston Respublikasining milliy sertifikatlashtirish tizimi





  • O‘zbekiston Respublikasida sertifikatlashtirish tizimining quyidagi sertifikatlashtirish turlari amalga oshiriladi:

  • Majburiy sertifikatlashtirish;

  • Ixtiyoriy sertifikatlashtirish;

Majburiy sertifikatlashtirishga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan maxsus ro‘yxatga kiritilgan, ishlab chiqariladigan, olib kiriladigan va olib chiqiladigan, sertifikatlashtirilishi lozim bo‘lgan mahsulotlar kiradi.
Yukoridagi ro‘yxatga, fuqarolarning hayoti, sog‘lig‘i va mulkining xavfsizligini, atrof muhitni muhofaza qilish, o‘zaroalmashinuvchanlik va moslashuvchanlikni ta’minlash bo‘yicha meyoriy hujjatlarda talablari belgilangan, mahsulotlar yoki xizmatlar kiritiladi. Bu ruyxatdan tashkari Oliy Majlis tomonidan qabul kilinadigan Qonunlarga asosan, Prezident farmonlariga asosan ma’lum xizmatlar va mahsulotlar uchun ham xudi shunday talablar qo‘yilishi mumkin.
Ixtiyoriy sertifikatlashtirishga O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari, Prezident farmonlari, hamda hukumat qarorlariga asosan ro‘yxatga kiritilmagan xizmatlar yoki mahsulotlar kirishi mumkin, bu vaqtda ishlab chiqaruvchi, yetkazib beruvchi yoki iste’molchilar (keyinchalik - so‘rovchi) tashabbusi bilan ixtiyoriy tartibda sertifikatlashtirish o‘tkaziladi.


4.2. Sertifikatlashtirishni o‘tkazish bosqichlari

Milliy sertifikatlash tizimi doirasida sertifikatlashtirish ishlari so‘rovchi tomonidan tanlangan sertifikatlashtirish sxemasi bo‘yicha aniqlangan tizim doirasida olib boriladi. Sertifikatlashtirish tartibi va uning o‘rnatilgan qoidalari mavjud bo‘lib, sertifikatlashtirishning asosiy bosqichlari sertifikatlashtirish obyekti va turlariga bog‘liq bo‘lmagan o‘zgarmas jarayon deb hisoblash mumkin. Odatda qabul qilingan va sertifikatlashtirish jarayonining umumiy sxemasi 2-rasmda keltirilgan. Buni quyidagi beshta asosiy bosqichga bo‘lishimiz mumkin:


1. Sertifikatlashtirishga ariza.
2. Sertifikatlashtirish bo‘yicha qaror qabul kilish.
3. Sertifikatlashtirish obyektini muvafiqligini o‘rnatilgan talablar bilan baholash
4. Muvofiqlikni baholash natijalarini tahlili va uni rasmiylashtirish.
5. Sertifikatlashtirish obyekti ustidan inspeksiya nazorat.



Yüklə 47,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin