O'rta osiyo noyob va qizil kitobga kiritilgan o'simliklar reja



Yüklə 33,44 Kb.
səhifə1/5
tarix22.09.2023
ölçüsü33,44 Kb.
#146587
  1   2   3   4   5
O\'RTA OSIYO NOYOB VA QIZIL KITOBGA KIRITILGAN O\'SIMLIKLAR


O'RTA OSIYO NOYOB VA QIZIL KITOBGA KIRITILGAN O'SIMLIKLAR
Reja:
1. Qizil kitobga kiritilgan noyob o’simliklar
2. O’zbekiston qo’riqxonalarining qisqacha tarixi.
3. Oʻzbekiston Qizil kitobiga kiritilgan dorivor oʻsimlik turlarining soni yangilanadi

Oʻzbekiston Respublikasi hududida hozirda 4400 ga yaqin oliy yovvoyi oʻsimlik va 2000 dan ziyod zamburugʻ turlari mavjud. Ular orasida jiddiy muhofazaga muhtoj koʻplab kamyob endemik va relikt turlar ham bor. Bunday turlarning soni 300 dan ortiq boʻlib, ular Oʻzbekiston florasining 10-12 foizini tashkil etadi.


Respublika qoʻriqxonalarida muhofaza qilinayotgan oʻsimliklarning umumiy holati nisbatan yaxshi boʻlishiga qaramay, koʻplab yovvoyi turlarining tabiiy zaxiralari keskin kamayib ketmoqda. Dunyoga dongʻi ketgan lola va sallagullar, qimmatbaho oʻsimlik-yetmak, dorivor oʻsimlik bozulbang kabilar keyingi yillarda keskin kamayib ketdi. Bir qancha turlar yoʻqolib ketish holatiga kelib qoldi.
Aholining tabiatga notoʻgʻri munosabati ham oʻsimliklarning kamayib ketishiga sabab boʻlmoqda. Ayniqsa shahar va qishloqlar atrofida qizil lola, sallagul, shirach va shunga oʻxshash nafis gulli oʻsimliklar juda kamayib ketgan.
Tabiatga, oʻsimliklar dunyosiga nisbatan bepisand munosabatda boʻlishiga chek qoʻyish, tabiat boyliklarini muhofaza qilish va koʻpaytirish hammamizning asosiy burchimizdir.
Oʻzbekiston mustaqillikka erishgach, atrof-muhitni, hayvonot va oʻsimliklar dunyosini muhofaza qilishga alohida eʼtibor qaratildi.
1992-yil 9-dekabrda “Tabiatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi, 2004-yil 3-dekabrda “Muhofaza etiladigan tabiy hududlar toʻgʻrisida«gi qonunlar, 2016-yil 21-sentyabrda “Oʻsimlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish toʻgʻrisida”, 2018-yil 16-aprelda esa “Oʻrmon haqida«gi qonunlar yangi tahrirda qabul qilindi.
Bu qonunlar barcha oʻsimlik turlarini saqlab qolish, ularni asrab avaylash va muhofaza qilishda muhim hujjat hisoblanadi.
Oʻzbekiston Respublikasida Qizil kitob ilk bor 1979-yilda taʼsis etilgan. Mazkur Qizil kitobga nabotot olamining kamyob, yoʻqolib ketishi xavfi ostidagi turlari haqidagi maʼlumotlar kiritilgan. Bundan koʻzlangan maqsad, jamoatchilik va davlat idoralari eʼtiborini tabiat muhofazasi masalalariga jalb etishdan va turlar genofondini saqlab qolishga koʻmaklashishdan iborat edi.
Qizil kitobning 1984-yilgi nashriga Oʻzbekiston florasining yoʻqolib ketish xavfi ostida qolgan 163 ta turi kiritilgan. Bu turlarning taqdiri respublika mutaxassislari, olimlari muttasil shugʻullanib kelmoqda. Oʻtgan yillar mobaynida olib borilgan kuzatishlar ayrim oʻsimlik turlarining soni va maydoni ancha kengayganligini koʻrsatmoqda. Masalan, anzur va Suvorov piyozlari oldingi holatiga kelmagan boʻlsada, maʼlum darajada koʻpaydi. Eng kamyob oʻsimliklardan sanalgan Minkvis teziumi turlarining soni 7 tadan 17 tagacha ortdi. Qurama tizmasida kamyob oʻsimliklardan hisoblangan Korovin shirachi oʻsimligining mavjudligi aniqlandi. Ayni vaqtda ayrim oʻsimlik turlarining soni keskin qisqarib ketdi. Omonqara oʻsimligi, Pskom piyozi, Margarita marmaragi kabilar shular jumlasidandir. Keyingi yillarda olib borilgan izlanishlar oʻlkamiz florasiga mansub yana 138 turdagi oʻsimlikni Qizil kitobga kiritish lozimligini koʻrsatmoqda. 1998-yil maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilgan oʻsimlik turlarining soni 301 tani tashkil etgan boʻlsa, yangi nashrdan 48 oilaga mansub 313 tur oʻsimlik oʻrin oladi.
Qizil kitobga kiritilgan oʻsimlik turlariga Tabiatni muhofaza qilish xalqaro uyushmasi tomonidan ishlab chiqilgan tasnifga binoan kamyoblik darajasiga koʻra 4 ta maqom (status) beriladi.
1. Yoʻqolgan yoki yoʻqolib ketganligi ehtimoldan yiroq emas. Bir necha yillar davomida tabiatda uchratilmagan, lekin yigʻib olish qiyin boʻlgan ayrim joylardagina yoki madaniy sharoitda saqlab qolish ehtimoli mavjud boʻlgan turlar.2. Yoʻqolib ketish arafasida turgan. Yoʻqolib ketish xavfi ostida qolgan, saqlab qolinishi uchun maxsus muhofazani talab etadigan turlar.3. Kamyob. Maʼlum kichik maydonlardagina oʻziga xos sharoitlarda saqlab qolingan, ammo tez yoʻqolib ketishi mumkin boʻlgan va jiddiy nazoratni talab etuvchi turlar.4.Son jihatdan kamayib borayotgan. Soni va tarqalgan maydonlari maʼlum vaqt ichida tabiiy sabablarga koʻra yoki inson omili taʼsiri ostida kamayib ketayotgan turlar. Ayni vaqtda, bunday oʻsimliklarni har tomonlama nazoratga olish talab etiladi.
Qizil kitobning mazkur yangi nashri mutaxassislar, davlat idoralari hamda jamoat tashkilotlari oldiga qoʻriqxonalar va buyurtmaxonalarni kengaytirish, yovvoyi oʻsimliklar sotishni taqiqlash, xomashyo uchun yigʻiladigan oʻsimliklarni terish uchun litsenziyalar joriy etish kabi bir qancha dolzarb masalalarni qoʻyadi.
Oʻsimliklar dunyosini muhofaza qilish bu jarayonda keng jamoatchilik ishtirok etgan taqdirdagina ijobiy samara beradi. Barcha yakdillik bilan harakat qilsagina, nabotot olamining bebaho boyliklarini saqlab qolishga, ularni asrab-avaylab, munosib ravishda kelgusi avlodlarga qoldirishga erisha olamiz.
Qizil kitob va uning o’rni
Qizil Kitob – nima? Bu xavf va umid kitobidir. Bu kitobni boshqacha qilib qayg’u-alam kitobi ham deyiladi, chunki bu kitobda yer yuzidagi yo’qolib ketayotgan hayvon zotlari va o’simlik turlarini o’zida mujassamlashtirgan. Qizil Kitob – harakatga chaqiruvchi kitobdir.
Dunyoning ko’pgina davlatlari olimlari tomonidan butun dunyoda yo’qolib ketayotgan va juda kam uchraydigan hayvonlar, o’simliklar dunyosini himoya qilish va ularni saqlab qolish uchun Tabiat va tabiat resurslarini himoya qilish birlashmasining Qizil Kitobi (XTHQB) tashkil etildi. Bu kitob chet elda 60-70 yillarda chop etildi. 1-2- tomida sutemizuvchilar, qushlar haqida, 3-4-tomida esa suvda va quruqlikda yashovchi hayvonla, sudralib yuruvchilar va baliqlar haqida so’z yuritiladi.
Qizil Kitob tabiatni sevuvchilar, mutaxassislarni diqqatini o’ziga tortib, hamma mintaqada mashhur bo’ldi. Bu kitob xuddi kalendardek bezalgan bo’lib, uning har bir varag’i har xil rangdadir. Har qaysi rangni o’z ma’nosi bo’lib, masalan, qizil rangda yozilgan hayvon zotlari va o’simlik turlarining yo’qolib ketayotgani va ularning himoyaga muhtojligini bildiradi.
Yer yuzida hayvon zotlari va o’simlik turlarining yo’qolib ketishining ikki sababi bor bo’lib, birinchi sababi ― bu tabiiy sharoitning o’zgarishi natijasida bo’lsa (tabiiy sabab), ikkinchi sababi esa ― (antropogen) inson harakatlari natijasidir.
Tirik tabiatdagi o’simlik va hayvon turlari sonining qisqarishi muammosi. Yer yuzidagi hayotni ta’minlashda o;simliklar dunyosi, ayniqsa, o’rmonlarning ahamiyati beqiyosdir. Hozirgi vaqtda yer yuzi quruqligining 25 % ni o’rmonlar tashkil etadi. Ular shimoliy yarim sharda va tropik mintaqalarda tarqalgan. Biroq hozirgi kunda o’rmonlarning holatini yaxshi deb bo’lmaydi. Chunki, har yili 3 mlrd m 3 hajmda o’rmonlar qirqilmoqda. FАО ma’lumotlariga ko’ra bu ko’rsatkich yaqin yillar ichida 1,5 martaga ortishi mumkin.
Insoniyatni, ayniqsa, tropik va subtropik o’rmonlar muammosi tashvishga solmoqda. U yerlarda yiliga dunyo miqyosidagi qirqilishi kerak bo’lgan o’rmonlarning yarmidan ko’pi kesib tashlanmoqda. 160 mln gektar tropi k o’rmonlar vayron bo’lgan, atigi yiliga 11 mln gektar maydon tiklanmoqda. Floraning kamayib ketishi “Qizil Kitob” yaratilishiga sabab bo’ldi

Yüklə 33,44 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin