Salomatlik - tuman boylik. O`zbekiston mustaqillikka erishgach, eng birinchi navbatda boshlangan islohotlar qatoriga sog`liqni saqlash sohasini tubdan yaxshilash tadbirlariga kirishildi.
Sog`lom kishi deganda faqat jismoniy sog`lomlikni emas, balki sharqona axloq-odob va umumbashariy g`oyalar ruhida kamol topgan insonni tushunamiz.
Odamlarda bebaho boylik bo`lgan o`z sog`ligini saqlashga to`ri va mas'uliyatli munosabatda bo`lishi, o`z hayot faoliyatini oqilona tashkil qilish, salomatlik uchun zararli va xatarli odatlardan voz kechish, jismoniy va ruhiy jihatdan uyg`un kamol topishga yo`naltirishdir. Har bir sog’lom inson giyohvandlikka, chekishga, yuqumli kasalliklar, jumlasidan sil kasalligi va SPID tarqalishiga qarshi kurashishi lozim.
Hammaga yaxshi ma'lumki, bemor odam na hayot lazzati, balki oddiy taom lazzatini ham tatib ko`ra olmaydi. Bas, shunday ekan O`zbekiston Xalqining va O`zbekistonda istiqomat qiladigan har bir insonning sog`ligini mustahkamlash, soglom hayot tarzini har tomonlama joriy etish,har bir fuqaroda sog`lom turmush ko`nikmalarini tarbiyalash va uni singdirish asosiy vazifalardandir.
Yurt boyligi hisoblangan inson salomatligi, avvalo, insonning o`ziga bog`liq bo`lsa, ikkinchidan jamiyat va davlat muassasalarining qanday ishlayotganligiga bog`liqdir.
Lug’at islohot - реформа
оdob - воспитанность
zararli - вредный
xatarli - опасный
yuqumli - заразный,инфекционный
muassasa - учреждение
8.Topshiriq. Gaplardan fe'llarni aniqlang. Gaplarni rus tiliga tarjima qiling. Shu payt eshikni kimdir chertdi. Kimdir javob qaytardi. Qurbonoy xola indamay oshxonaga chiqdi.Yer o`z o`qi atrofida aylanadi. Hamma o`z o`rnini dalada deb bilardi. Hisobot solingan sumkasi ishxonaga qolgan edi. U Toshkent Davlat Milliy Universitetida o’qimoqchi.
Ko`p ertak eshitardim,
So’ylab berardi buvim.
Onasi Layloning tepasida o`tirgan ekan.
9.Topshiriq. She’rni ko`chiring. Fe’llarni aniqlang va yod oling.