Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) 1988-yilda 31-mayni “Xalqaro chekishga qarshi kurashish kuni” deb e’lon qilgan. Xalqaro chekishga qarshi kurashish kunining global maqsadi hozirgi va kelgusi avlodni tamakining nafaqat sog‘liq uchun salbiy jihatlaridan, balki ijtimoiy, ekologik va iqtisodiy talofatlarning vayronkor oqibatlaridan himoya qilishga qaratilgan.
Tamaki iste’mol qilish yurak ishemik kasalligi, insult va periferik tomirlar kasalliklari rivojlanishining eng xavfli omillaridan biridir. Dunyo bo‘yicha yurak-tomir tizimi kasalliklari tufayli boshqa har qanday sabablardan ko‘ra ko‘proq odamlar vafot etmoqda, tamaki iste’mol qilish va tamaki ikkilamchi tutunining ta’siri esa yurak-tomir tizimi kasalliklarini keltirib chiqaruvchi arterial gipertoniyadan keyin ikkinchi o‘rinda turuvchi xavfli omil hisoblanadi.
Har yili global tamaki epidemiyasi deyarli 7 million o‘lim holatlariga olib keladi, ulardan 900 000 dan ortig‘i chekmaydigan, lekin ikkilamchi tamaki tutuni ta’siri ostida qolgan odamlar orasida yuz beradi.
Afsuski, bugun dunyoda chekuvchilarning tobora «yosharib» borayotgani kuzatilmoqda. Masalan, rivojlangan davlatlarda odamlar 18 yoshdan, rivojlanayotgan mamlakatlarda 15, qoloq davlatlarda esa hatto 13 yoshdan boshlab chekishga ruju qo‘yishayapti. Kashandalar safiga har yili 80-100 ming nafar voyaga etmaganlar kirib kelayotir. Ularning har 10 tadan 8 tasi kelgusida bu illatdan qutulolmayotgani e’tiborga olinsa, mazkur xavfning tobora global ahamiyat kasb etayotgani oydinlashadi.
Tamaki iste’moli sog‘liqni saqlash va faoliyat samaradorligining pasayishini inobatga olganda, milliy iqtisodiyot uchun qimmatga tushadi. U sog‘liqni saqlash sohasidagi tengsizlikni chuqurlashtiradi va qashshoqlik muammosini yanada kuchaytiradi, chunki kam ta’minlangan kishilar eng asosiysi — oziq-ovqat mahsulotlari, ta’lim va sog‘liqni saqlash uchun kamroq mablag‘ sarflashadi. Tamaki iste’moli natijasida erta o‘lim holatlarining 80 foizi past va o‘rta darajali daromad oluvchi mamlakatlarga to‘g‘ri keladi.
Albatta, bu baloga oid ma’lumotlarni eshitish, o‘qish, bilish uchun chekuvchi bo‘lish shart emas. Balki chekmaydigan, bu narsadan yiroq bo‘lish baxtiga sazovor bo‘lgan kishilar ham kashandalikning zararlari, insoniyatga salbiy ta’siri haqida kerakli ma’lumotlarni hujjat-dalillari bilan bilib qo‘yishsa, foydadan xoli bo‘lmaydi. Bu bilan bilganlarini boshqalarga aytish, loaqal o‘z farzandlarini, yaqin kishilarini bu zararli illatga mubtalo bo‘lishdan saqlab qolish imkoniga ega bo‘ladilar.
Tamaki chekish zararli odatlardan biri bo`lib hisoblanadi. Ilmiy-tadqiqotlarining aniqlanishicha, tamaki tutunining tarkibida 3000 dan ko`proq har xil zaharli kimyoviy moddalar bor. Shulardan ayniqsa, nikotin, ammiak, karbonat angidrid, benzol, poloniy, kadmiy kabilar odam organizmiga kuchli zaharli ta‘sir ko`rsatadi. Masalan, nikotin qon tomirlarini toraytirib, qon bosimini oshiradi, karbonat angidrid gazi qondagi gemoglobin moddasi bilan birikib miya, yurak va boshqa muhim organlarni kislorod bilan normal ta‘minlanishini buzib, bosh og`rig`i, yurakni sanchish holatlatlarini yuzaga keltiradi.
Tamaki tutuni tarkibida rak kasalligini yuzaga keltiradigan 50 dan ko`proq kimyoviy modda bor. Shuning uchun ham chekuvchilar orasida chekmaydiganlarga nisbatan rak kasalligi 20marta ko`p uchraydi. Ugtka raki bilan kasallanganlarni 95 foizi tamaki chekuvchilardir. Tamaki tutuny tarkibidagi kimyoviy moddalar rak kasalligidan tashqari, juda ko`p kasalliklarning yuzaga kelishiga sababchidir. Jumladan, gipertoniya, yurakning ishemik va miokard infarkt kasalliklari, surunkali bronxit va o`pka enfizemasi, surunkali gastrit, me`daning yara kasalligi, allergiya va boshqa kasalliklar. Eng xavfli xastaliklardan biri bo`lgan yurakning miokard infarkti chekuvchilarda, chekmaydiganlarga nisbatan 12marta ko`p uchraydi. Amerikalik olimlarning ma‘lumotiga ko`ra, yurak kasalligi natijasida o`lganlarning o`rtacha yoshi chekmaydiganlarda 67 bo`lgan bo`lsa, chekuvchilarda 47 yoshni tashkil qilgan. Ko`rinib turibdiki, chekish kishi umrini 20yilga qisqartirar ekan.
Xalqaro sog`liqni saqlash tashkilotining ma‘lumotiga ko`ra, har yili dunyoda chekish oqibatida yuzaga kelgan kasalliklardan 2,5 million kishi yoshlik chog`idayoq hayotdan ko`z yumadi.
Tamaki tutuni tarkibidagi radioaktiv poloniy chikuvchining jinsiy organlarini zararlab, uning bolalarida nasl kasalliklarni yuzaga keltirish mumkinligi ilmiy asosda isbotlangan. Bunday bolalarni ayniqsa aqlni faoliyati kuchsiz rivojlanishi aniqlangan.
Chekuvchi o`zining organizmini zaharlashdan tashqari, u atrofdagilar sog`ligi uchun ham katta ziyon yetkazadi. Chekilayotgan sigaretadan va chekuvchining nafas organlaridan ajraladigan tutun tarkibidagi zaharli moddalar atrof muhit havosini zaharlaydi va havo bilan atrofdagi kishilarning nafas organlariga kiradi.
Kuzatishlarning aniqlashicha, chekuvchilarning xotinlari chekmaydiganlarning xotinlariga nisbatan o`rtacha to`rt yil kam umr ko`rar ekan. Ular ayniqsa rak, gipertoniya, yurak va o`pka kasalliklari bilan ko`proq kasallanadi. Sigaretaning tutunidagi zaharli moddalar ayniqsa homilador ayol organizmiga katta zarar yetkazadi. Chunonchi, bu moddalar ayolning ichki sekretsiya bezlarini zaharlashi natijasida ulardan homilani normal o`sishi uchun zarur bo`lgan garmonlarning ajralishi kamayadi.Bundan tashqari, homylador ayolning nafas organlariga kirgan zaharli moddalar o`ning qonga, undan esa bachadon orqali bolaning qoniga 'o`tadi va uning miyasini, yuragini, jigarini zaharlaydi.Binobarin, bunday bolalar kasalmand bo`lib tug`iladilar. Ularning organizmi tug`ilganda kuchsiz bo`lgani sababli turli xil kasalliklarga ko`proq beriluvchandir.
Chekuvchilar oilasidagi bolalar doimo zaharlangan havodan nafas olganligi tufayli, ular nafas organlarining yallig`lanishi, ayniqsa astmatik bronxit, bronxial astma kabi allergik kasalliklarga beriluvchan bo`ladilar. Bu bolalarning organizmi sigaret tutunidagi kimyoviy moddalardan doimiy ravishda zaharlanib turganligi uchun, ularda har qanday kasallik ham og`ir o`tadi va uzoq davom etadi, tez-tez qaytalanadi.
Vrachlarning kuzatishlariga ko`ra chekuvchi oilasida yashovchi bolalarning nafas organlarning surunkali astmatik bronxit, bronxial astma kabi allergik kasalliklari otasi uzoq muddatga biror sayohatga, ta‘tilga ketgan paytlari qo`zg`almas ekan, ya‘ni bolalar o`zlarini yaxshi sezadilar. Otasi uyga qaytib kelishi bilanoq 2-3 kun ichida ularning kasalligi qo`zg`alib qolgani ma‘lum bo`lgan.
Sigaretaning tutuni tarkibidagi zaharli moddalar emizuvchi onaning ko`krak sutini kamaytiradi. Natijada bolani boshqa ovqatla rbilan ovqatlantirish zaruriyati yuzaga keladi. Shuning uchun ham chekuvchilar oilasidagi yosh bolalarning ko`pchiligi ona suti yetishmasligi sababidan sun‘iy ovqatlanishiga majbur bo`ladilar.Katta yoshdagi chekuvchilar yoshlarga, ayniqsa, o`smirlarga, zararli «o`rnak» bo`lib hisoblanadilar. Chunki, bolalar va o`smirlar kundalik hayotlarida asosan kattalardan o`rnak oladilar. Ular tezroq kattalar safiga qo`shilib, mustaqil bo`lish uchun kattalarning qiliqlarini, odatlarini o`zlariga o`zlashtiradilar, takrorlaydilar. Shuning uchun ham qo`liga sigaret ushlagan o`smirlarning 60foizidan ko`prog`i chekuvchilar oilasidandirlar.
Chekishning iqtisodiy zarari ham katta. Chekuvchilarning ko`pchiligi tez-tez kasal bo`lib turganligi sababli ularning ishga chiqmaydigan kunlari ko`p bo`ladi. Ish kuni davomida chekish uchun talaygina vaqt sarflaydilar. Ularning kasalligini davolash uchun dori-darmonlar sarflanadi. Davolashda xizmat qilgani uchun meditsina xodimlari maosh oladilar. Bularning hammasi davlat iqtisodiyotiga ma`lum darajada zarar yetkazadi.
Bundan tashqari,chekuvchi o`z oilasining iqtisodiyotiga ham zarar yetkazadi. Agar har kuni bir quti sigareta cheksa, sigaretaning turiga qarab bir yilda u 2000—5000 so`mgacha va undan ko`proq pul sarflaydi. Chekishning zararli oqibatlari chekuvchilarning o`zining sog`lig`iga, ularning oila-a‘zolarining sog`lig`iga, ishlab chiqarish jarayoniga, yoshlar tarbiyasiga, davlat va oila iqtisodiyotiga tobora ortib borayotganligi uchun keyingi yillarda jahonning barcha mamlakatlarida bu ijtimoiy-illatga qarshi kurash kuchaytirilmoqda.
Chunonchi, Amerikaning rak kasalliklari bo`yyacha prezidentlik kengashi, o`pkani rak kasalligning yuzaga kiltiruvchi asosiy sabablaridan biri bo`lgan chekishni 2000 yilda ancha qisqartirish to`g`risida xalqqa murojaatnomya qabul qildi.AQSHning ko`pgina firmalarida chekmaydigan va chekishni tashlangan ishlovchilarga, chekayotganlarga nisbatan ish haqi anchagina ko`proq to`lanishi joriy etilgan,
Belgiyada ishlab chiqarish va jamoatchilik joylarida chekkan kishilarga 300 dollar jarima to`latadilar, Fransiya olimlari keynigi yilllarda chekishga qarshi ko`rashni kengaytarish, ayniqsa maktab o`quvchilari o`rtasida tarbiyaviy tushuntirish ishlariga e‘tiborni oshrish masalalarini hukumat oldiga keskin qo`ymoqdalar.
Bizning mamlakatimizda ham chekish illatiga qarshi tadbirlar kun sayin kuchaytirilmoqda. Ayniqsa, bolalar va o`smirlarga chekishning zararli oqibatlarini har tomonlama tushuntirish ishlari keng ko`lamda olib borilmoqda va o`zining ijobiy natijalarini bermoqda.O`zbekistonda yoshlar orasida zararli odatlarga nisbatan ancha kam.
KASHANDALIKKA BARHAM BERISHGA AHD QILGAN ODAMLARGA MASLAHAT.
1. Avvalo chekish odamning o`zi, oila-a‘zolari, bolalari, bo`lajak avlodi soglig`iga, shuningdek jamiyatga ijtimoiy, ekologik, iqtisodiy zararlarini ongli tushunishi, iqror bo`lishi zarur.
2. Chekishni tashlash uchun oilada, o`qish va ish joyida eng qulay davrni tanlash zarur, ya‘ni asabiylashmaydigan, qandaydir zarur vazifalarni bajarishga majbur bo`lmaydigan, jismoniy va ruhiy zo`riqish, kayfiyatni buzilish holatlari ro`y bermaydigan davrga mo`ljallanishi maqsadga muvofiq.
3. Bir marta chekmayman deb ahd qilgan daqiqadan boshlab, ahdni buzmaslikka mustahkam irodali bo`lishga amal qilish lozim. Shuning uchun uyda, ish joyida cho`ntakda tamaki (sigareta) gugurt kabilarni butunlay yo`qotish, ya‘ni ula rko`zg atashlanmaslig ikerak.Ba‘zan organizm chekishni qo`msab qolgan paytda boshqa ish bilan shug`ullanish, iloji bo`lsa ochiq havoga chiqib badan tarbiya qilish foydalidir.
4.Chekishni tashlagan odam organizmi tamakidan mutloq qayt bo`lmaguncha, ya‘ni bu zararli odatga qarshi paydo bo`lgan manfiy shartli refleks mustahkamlanguncha kashanda chekadigan do`stlari davrasida bo`lmaslikka harakat qilishi kerak.
5.Kun tartibida ertalab ish paytida va kechqurun5-10-15daqiqa (iloji bo`lsa undan ko`proq vaqt) badan tarbiya mashqlarin ibajarishga alohida e‘tibor berish zarur. Imkon darajasida har kuni 5-10-15 km piyoda yurish, oz-oz yugurish mashqlarini bajarish nur ustiga nur bo`ladi.
6. Ovqat quvvati, sifati, kuchliroq bo`lishi kerak, ovqat tarkibida oqsil (go`sht, tuxum, sut, qatiq, baliq) mahsulotlari hamda sabzavot mevalar (sabzi, karam, olma, o`rik, ko`katlar, limon, apelsin) yetarli miqdorda bo`lishiga e‘tibor berish zarur. Ammo, semirishning oldini olish uchun yog`li ovqatlar, xamirli ovqatlar (manti, chuchvara, to`ppa) oq non, tort, shirinliklar miqdori kamaytirilishi lozim.
7. Ertalab va kechqurun dush qabul qilish yoki boshdan iliq suv qo`yib yuvinish, buning iloji bo`lmasa sochiqni namlab badanni to qizarguncha artish yaxshi foyda beradi.
8. Uyqu muddati 8 soatdan kam bo`lmasligiga rioya qilinishi zarur. Uyqu uchun vaqt soat 22:00 dan 6:00 gacha yoki 23:00 dan 7:00 gacha. Uyquning yetarli bo`lishi bosh miya nerv xujayralarini yaxshi dam olishi, energiya to`plashi, kayfiyatnng yaxshilanishiga imkon beradi.
9. Kashandalikdan voz kechgan odam har qanday ruhiy yoki jismoniy murakkab holatga tushganda ham chekishni takrorlamasligi, balki kayfiyatni yaxshilashning boshqa chora-tadbirlarini qo`llashi lozim. Bu bilan odam o`zining irodasi mustahkamligini, o`z ustiga olgan har qanday majburiyatni sharaf bilan bajarishga qurbi yetari ekanligini namoyon qilgan bo`ladi.
10. Eng muhimi yoshlar chekishga o`rganmasliklari uchun, bu illatning zararli oqibatlari haqida oldindan batafsil tushunchaga ega bo`lishlari lozim.
Nos va tamaki ham narkotik sifatida ta‘sir qilib, odamni giyohvand qilib qo`yishini aksariyat kashandalar hayoliga keltirmaydilar. Shuning uchun bo`lsa kerak, hozirgi kunda yigitlar, hatto o`smirlar orasida nos chekuvchilar ko`payib bormoqda. Bu sigaretalarning qimmatlashgani bilan bog`liq bo`lishi mumkin.
Nosning tarkibi. Nos oddiy qo`lbola usulida tayyorlanadigan zaxarli kimyoviy aralashma. Nos tarkibining asosiy qismi maydalangan tamaki tashkil etadi. Bundan tashqari nos tarkibiga so`ndirilgan ohak, kul va yelim, o`simlik moyi qo`shlladi. Rangini chiroyli qilish uchun nosga tut yoki boshqa daraxtning bargini quritib, yanchib qo`shiladi. Ko`rinib turibdiki,o`simlik moyidan tashqari, nos tarkibiga qo`shilgan moddalarning hammasi zaharli ta`sirga ega.
Tojikiston ti1bbiyot iistituti ruhiy kasalliklar kafedrasi mudiri, tibbiyot fanlari doktori, professor M.G’ulomov rahbarligidagi olimlar guruhi tomonidan jahon tibbiyot fanida birinchi bo`lib odam organizmiga nosning zaxarli ta‘sirini ilmiy asosda chuqur o`rganilgan. Buning nat-jasida nos toksikomaniya moddalari guruhiga kiritilgan. Nos chekuvchi kashanda odam toksikoman deb nomlangan. Mazkur olimlarning ilmiy-tadqiqot ishlari asosida Tojikiston sog`liqni saqlash vazirligi tomonidan 1998 yilda nos toksikomaniyasi kasalligi va uni davolash bo`yicha metodik qo`llanma nashr qilingan.
Nos chekish tarafdorlarining fikricha, go`yo nosdan atrof-muhitga tutun ajralmaydi va chekuvchi o`pkasiga tutun kirmaydi.Shuning uchun nos chekishning atrofdagilarga ham, chekuvchilarga ham zarari yo`q emish. Ta‘kidlash lozimki nosdan tutun tarqalmasa ham, nos chekuvchi uni tuflab atrof-muhitni ifloslantiradi. Nos chekuvchi uni tili ostida 2-3 minut saqlaydi. Shu payt nosning tarkribidagi tamaki, ohak va kulning zaharli moddalari erib, so`lak bilan aralashib, qizilo`ngach orqali me`daga tushadi va uning shilliq pardasini yallig`lantiradi. Buning natijasida surunkali gastrit, me`da va 12 barmoqli ichakning yara, rak kasalliklari yuzaga keladi.
Nos til ostida saqlangan paytda uniig zaharli moddalari qonga so`rilib miya, yurak, jigar, buyrak kabi hayotiy muhim organlarni zaharlaydn va ularning kasallanishiga sabab bo`ladi.Nos chekishning eng xavfli asorati shundan iboratki, uning tarkibidagi tamaki, ahayu kulntsng ko`p yillar davomidagi zararli ta‘siri tufayli og`iz bo`shlig`, qizilo`ngach va me`daning rak kasaligi yuzaga keladi.
Ma‘lumotlarga ko`ra, nos chekadiganlarda og`iz bo`shlig`i raki chekmaydiganlarga qaraganda 11 marta ko`p uchraydi.
Nosni birinchi marta qabul qilganda uning tarkibidagi tamaki, ohak, kul kabi zaharli moddalar ta‘siriga nisbatan odam organizmining himoya reaksiyasi paydo bo`ladi. Ko`ngli ayniydi, qusadi, boshi aylanadi, yurak o`rishi tezlashadi, sovuq ter bosadi, mast odamdek gandiraklaydi. Bunday yoqimsiz holatni yuzaga kelishi tufayli nosni birinchi marta qabul qilgan ko`pchilik o`smirlar bu zararli odatdan voz kechib uni ikkinchi marta takrorlamaydilar va o`rganmaydilar.
Afsuski. ayrim o`smirlar, nos qabul qilishni o`rgatuvchi «ustozlari»ning noto`g`ri masalahati bilan o`zlari qiynalsalar ham nos chekishni davom ettiradilar. Natijada asta-sekin nosning zararli ta‘siriga nisbatan organizmning himoya reaksiyasi sustlashadi, ya‘ni ko`ngil aynish, qusish, bosh aylanish kabi noxush belgilar paydo bo`lmaydi. Aksincha organizm 4-5 kun davomida nos ta‘siriga o`rganib, unga nisbatan ruhiy qaram mu‘te bo`lib qoladi. Nosga o`rganib qolgan odam nos chekkan paytda quyidagi kayf belgilarini his etadi: kayfiyati ko`tariladi, chehrasi ochiladi, ko`p gapiradi, atrofdagilarga shilqimlik qiladi, yuzlari qizaradi, kayf holati 30 minut davom etadi.
Nos qabul qilishni yangi o`rgangan odam uni til ostida bir-ikki minut saqlay oladi, so`ngra to`flaydi. Asta-sekin odamda nos ta‘siriga moslashuvi osha boradi va uni til ostida 10-20 minut davomida saqlay oladi.Boshlanishida kashanda nosni kuniga bir-ikki marta chekadi, asta-sekin uni chekish 10-20 martagacha tezlashadi. Avvaliga bir marta chekiladigan nos miqdori yarim-bir gramm bo`lgan bo`lsa, asta-sekin 3-5 grammgacha ko`paytiriladi.
Nosni muntazam qabul qilish natijasida odam organizmi unga o`rganib ruhiy va jismoniy mu‘te bo`lib qoladl. Nos qabul qilmagan paytda avvaliga unda ruhiy mu‘telik belgilari paydo bo`ladi. Kayfiyati yomonlashadi, jahli chiqadi, ishlagisi kelmaydi, o`zlashtirish, fikrlash kabi aqliy ish bajarish qobiliyati pasayadi. U qanday bo`lsa ham nos topib uni qabul qilishga intiladi.
Kashandalik avj olishi natijasida odamda nosga nisbatan ruhly mu‘telikdan tashqari jismoniy mo`‘telik yuzaga keladi.Bunday odam o`z vaqtida nos qabul qilmasa boshi og`riydi, boshi aylanadi, yuragi o`ynaydi, bo`shashadi, sovo`q ter bosadi, ishtahasi yuqoladi, ruhiyati buziladi, jahli chiqadi, atrofdagilarga qo`pol muomala qiladi, uyqusizlik paydo bo`ladi. Aqliy va jismoniy ish qobiliyati pasayadi, u barcha imkoniyatlarini nos topishi va uni qabul qilishga safarbar etishga intiladi.
Nos chekuvchida abstinensiya holati 10-15 kun davom etadi.Shu davrda kashanda abstinensiya holatiga bardosh berib, osyda kechayotgan ruhiy va jismoniy o`zgarishlarga bardosh beraolmasa, ya‘ni u nos cheksa, u bundan keyin ham kashandaligini davom ettiraveradi. Bundan tashqari u muntazam ravishda har safar chekadigan nos miqdorini ko`paytirib boradi, qabul qilish vaqtini qisqartirib, ko`niga 15-20 marta va undan ko`proq chekadi. Buning natijasida kashandaning organizmi nos tarkibidagi kimyoviy moddalardan zaharlanishi chuqurlashib boradi.
Ko`p yillar davomida nos chekish tufayli odam organizmi nos tarkibidagi tamaki, ohak, kul kabi zararli moddalardan zaharlanadi.
Ta‘kidlash joizki nos tarkibidagi zaharli moddalardan eng avvalom bop miyaning nerv hujayralari zararlanadi. Natijada kashandaning ruhiyati buziladi. Uning kayfiyati tez-tez o`z-o`zidan, ayniqsa nos qabul qilish muddati kechikkan paytlarda yomonlashadi, sal narsaga jahli chiqadi. Atrofdagilar bilan muomalasi murakkablashadi. Fikrlash, aqliy mehnat qilish qobiliyati pasayadi. Xotirasi yomonlashadi, o`qigan, ko`rgan, eshitgan narsalarini esida saqlay olmaydi. O`zlashtirish qobiliyati pasayadi, asta-sekin oylar, yillar o`tishi bilan yuqoridagi ruhiy kasallik belgilariga jismoniy xastalik belgilari ham qo`shiladi. Kashandaning yuragi, o`pkalari, jigari, bo`yraklari zararlanishi to`fayli u harakat qilgan paytida nafasi qisadi, yuragi o`ynaydi, arterial qon bosimi ko`tariladi, tomir urishi tezlashadi, rangi oqaradi, lablari ko`karadi. Shuningdek, jigar soxasida (o`ng qovurga ostida) og`riq paydo bo`ladi. Buyraklari kasallanishi to`fayli ertalab o`yqudan turganda ko`zlarining osti shishgan bo`ladi.Kechqurun esa oyoqlari shishadi. Shunday qilib, ko`p yillar nos chekish natijasida odam asta-sekin aqliy va jismoniy jihatdan zaiflashadi, ish qobiliyatini yo`qotadi, vaqtidan ilgary keksayadi va nogironga aylanadi: