Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy Universiteti Ijtimoiy fanlar fakulteti



Yüklə 0,53 Mb.
səhifə1/3
tarix30.05.2022
ölçüsü0,53 Mb.
#60096
  1   2   3
Shaxzod Dilmurodov

Mirzo Ulug’bek nomidagi

O’zbekiston Milliy Universiteti

Ijtimoiy fanlar fakulteti

1-kurs Siyotsatshunoslik

yo’nalishi talabasi Dilmurodov Shaxzodning

Siyosiy tizim fanidan

Mustaqil ishi

Reja: 1.Italiya tarixi 2.Italiya davlat tuzumi 3.Asosiy siyosiy partiyalari va kasaba uyushmalari 4.O’zbekiston-Italiya munosabatlari

Mil. av. 2–1ming yilliklarda. Italiya hududida ligurlar, et-rusklar yashagan, asta-sekin italiklar (shu jumladan, lotinlar) koʻchib kelib joylasha boshlagan. Italiklar guruhiga mansub boʻlgan lotinlar Rimga asos solganlar (mil. av. 754–53-yillar)Mil. 5-asrgacha, yaʼni Italiya Rim davlati tarkibiga kirgan davrgacha boʻlgan Italiyaning shundan keyingi tarixi va uning hududida quldorlik tuzumi shakllanganligi haqida bilib olishimiz mumkun. Mil. 3-asrda, asosan, Italiya hududidan iborat boʻlgan Rim imperiyasida quldorlik tuzumi inqirozga uchragan. Quldorlik jamiyati zamirida feodalizm unsurlari vujudga kela boshladi: yirik yer egaligi bilan birga mayda xoʻjalikning mavjudligi, natural xoʻjalik xukmronligi Rim imperiyasi davrida butunlay barham topmagan yer egalarining siyosiy hokimiyati oshib borgan edi. 4–5-asrda Italiyaga bostirib kirgan german qabilalari va varvar qabilalar Rim imperiyasiga sezilarli zarba berdilar. 5-asr boshlarida Italiyaga kirib kelgan vestgotlar 413 yilda Rimni ishgʻol qildilar. 455 yilda Rim vandallar tomonidan tor-mor qilindi. Mil. 5-asrda german, vestgot, vandal qabilalarning hujumi, qullar hamda kolonlarning qoʻzgʻolonlari natijasida Gʻarbiy Rim imperiyasi yemirilgach, 476 yil Odoakr boshchiligida qirollik hokimiyati oʻrnatildi.

Italiya davlat tuzumi

    • Italiyada aholisi 59.206.382 kishini tashkil qiladi. Italiya aholi soni bo'yicha EISTAT (Italiya Statistika Qo'mitasi)ning so'ngi baholashiga ko'ra 2007 yilning fevral oyi holatiga vropada to'rtinchi (Germaniya, Fransiya va Buyuk Britaniyadan so'ng), jahonda 22-o'rinda turadi. Aholi zichligi bo'yicha Italiya bir kvadrat kilometrga 196 kishi bilan Evropada beshinchidir. Savodxonlik ko'rsatkichi 98% ni tashkil qiladi, majburiy maktab ta'limi 6 yoshdan 18 yoshgachadir. Butun aholining taxminan 2/3 qismi shaharlarda yashaydi, lekin ushbu ko'rsatkich boshqa g'arbiy Evropa mamlakatlaridan ancha kamdir.

Italiya – respublika. Amaldagi konstitutsiyasi 1947 yil 22 dekabrda qabul qilingan va 1948 yil 1 yanvardan kuchga kirgan. Davlat boshligi – president.Qonun chiqaruvchi organ deputatlar palatasi va senatdan iborat parlament.Ijrochi hokimyatni Vazirlar kengashi amalga oshiradi.Prezident vazirlar kengashi raisi va uning taklifiga binoan vazirlarni tayinlaydi.

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin