Misr rasmiy nomlanishi: Misr Arab Respublikasi



Yüklə 0,59 Mb.
tarix26.10.2022
ölçüsü0,59 Mb.
#66403
Misr


Misr (rasmiy nomlanishi: Misr Arab Respublikasi (arabcha: جمهورية مصر العربية‎‎)) Afrikaning shimoliy-sharqiy qismida joylashgan davlatdir. Maydoni 1 million 14 ming km². Aholisi 102 million kishi. Poytaxti — Qohira shahri. Maʼmuriy jihatdan 27 viloyatgaga boʻlinadi. IsroilFalastinSudan va Liviya davlatlari bilan chegaradosh. Misr shimolda Oʻrta yer dengizi, sharqida Qizil dengiz joylashgan.Misr davlati ham islom davlatlaridan biri va aholisining asosiy qismi musulmon. Misr davlati- pul birligi Misr funti. Davlat tili- arab tili. Prezidenti- Abdulfattoh as-Sisiy. Misrda yetti moʻjizadan biri yaʼni Misr piramidalari joylashgan.
Misr — respublika. Amaldagi konstitutsiyasi 1971-yil 11-sentabrdagi referendumda maʼqullangan, keyinchalik unga oʻzgartirishlar kiritilgan. Davlat boshligʻi — prezident (1981-yildan Muhammad Husniy Muborak). Vakolat muddati — 6 yil. Cheklanmagan marta qayta saylanishi mumkin. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni prezident amalga oshiradi, u bosh vazir va hukumat aʼzolarini tayinlaydi hamda lavozimlaridan ozod qiladi.
Misr hududining deyarli xammasi choʻl zonasida joylashgan. Shundan faqat 3,5 % (35 ming km²) Nil daryosi deltasi va vodiysiga toʻgʻri keladi. Relyefi va geologik tuzilishi jihatidan Misr hududi shartli ravishda toʻrt zonaga boʻlinadi: 1) Liviya choʻli; 2) Arabiston choʻli; 3) Sinay yarim orol; 4) Nil daryosi vodiysi va deltasi. Relyefi, asosan, tekislik; Qizil dengizga yaqin yerlar togʻlikdir. Liviya choʻli platosining balandligi shimolda 100 m, janubda 600 m, janubi-gʻarbda 1000 m gacha boʻlib, yer yuzasi qum va toshloq. Arabiston choʻli yassitogʻligi sharqda 700 m gacha koʻtarilgan, bu yerda balandligi 2000 m gacha boʻlgan tizmalar bor. Nil vodiysiga yaqin joylarning bal. esa 100- 200 m. Yassitogʻlik kristalli jinslardan tuzilgan. Nil vodiysining kengligi (Misr chegarasida) janubda 1-3 km, deltaga yaqin joyda 20-25 km. Sinay yarim orolning U, qismini At-Tix qirlari egallagan. Yarim orolning janubda balandligi 2641 m gacha boʻlgan togʻlar bor. Foydali qazilmalardan: temir, marganets, mis, rux, qoʻrgʻoshin, volfram, molibden, uran va oltin, shuningdek, neft, tabiiy gaz, fosforit, osh tuzi, ohaktosh bor. Sinay yarim orolda kumir konlari mavjud.
Mamlakatning katta qismida havo quruq va kam bulutli, tropik kontinental choʻl iqlimi, yogʻin ahyon-ahyondagina yogʻadi. Haroratning sutkalik farqi katta. Masalan, choʻlda kunduzi temperatura 50° boʻlsa, kechasi 0°. Oʻrta dengiz boʻyida subtropik, yozi issiq va quruq, qishi yumshoq va seryogʻin. Eng issiq oylari (iyul—avgust)ning oʻrtacha harorati Iskandariyada 25°, Qohirada 27°, Asvonda 33°. Eng salqin oylari (yanvar— fevral)ning temperaturasi Iskandariyada 14°, Qohirada 12°, Asvonda 16°. Aprel va may oylarida 50 kungacha choʻl shamoli (xasmin) esib turadi. Oʻrtacha yillik yogʻin Iskandariyada 180 mm, Qohirada 34 mm, Asyutda 7 mm, Asvonda 3 mm. Yogʻin aksari qisqa muddatli jala boʻlib yogʻadi.
Mamlakatdan birgina Nil daryosi oʻtadi. Uning suvi toʻgʻonlar bilan tartibga solingan. Baland Asvon toʻgʻoni qurilgach, mamlakat janubda Nosir nomidagi katta suv ombori vujudga keldi. Vohalarda sizot suvlardan keng foydalaniladi. Mayda koʻl koʻp. Nil deltasida kanallardan sugʻorishda foydalaniladi. Ayrim kanallarda kema qatnaydi.
Janubdan shimolga tomon dastlab sariqqoʻngʻir choʻl tuprogʻi, soʻngra boʻz tuproq (arablar bodiya — „choʻl“ tuprogʻi deyishadi), taqir boʻz tuproq, shoʻrxoklar, Nilning delta qismi — botqoq tuproq. Mamlakatning gʻarbiy qismida koʻchma qumlar bor. Nil vodiysi va deltasining tuprogʻi juda unumdor.
Misr hududining katta qismi suvsiz va oʻsimliksiz choʻllardir. Kserofit va lishayniklar, qisman daraxtsimon usimliklar, Liviya choʻlining shimolda qishda efemerlar oʻsadi. Koʻproq butasimon va oʻt oʻsimliklar tarqalgan. Nil vodiysida, asosan, madaniy oʻsimliklar ekiladi. Oʻrta dengiz sohillarida chalov, choʻl piyozi, naʼmatak, yantoq va boshqa bor.
Hayvonlardan sudraluvchilar, jumladan, kaltakesak koʻp. Choʻllarda chiya-boʻri, tulki, sirtlon va boshqa hayvonlar uchraydi. Nil boʻyida gʻoz, oqqur, oʻrdak, shuningdek, yirtqich qushlar bor.
Aholisining 98 % misrlik arablar. Nubiylar, barbarlar, kopt (qibt)lar (mahalliy xristianlar) Misrning tub aholisi boʻlib, mamlakatga kelgan arablar bilan aralashib ketgan qadimgi misrliklarning avlodlaridir. Greklar, armanlar, italyanlar, inglizlar, fransuzlar ham yashaydi. Rasmiy til — arab tili, deyarli butun aholi shu tilda gaplashadi. Aholi, asosan, islom dinining sunniylik yoʻnalishida; xristianlar 10 % ni tashkil etadi. Aholining 43,9 % shaharlarda istiqomat qiladi. Eng yirik shaharlari: Qohira, Iskandariya, Port-Said, Ismoiliya, Tanta, Suvaysh, Al-Mansura, Damanxur, Al-Mahallat-ul-Kubro.

Yüklə 0,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin