Moliya-kredit



Yüklə 222,6 Kb.
səhifə1/13
tarix01.06.2022
ölçüsü222,6 Kb.
#60314
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
MOLIYAVIY TAHLILNINING AXBOROTLAR BAZASI VA ULARGA QO’YILADIGAN TALABLAR


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI
SIRTQI FAKULTETI

MOLIYA-KREDIT” KAFEDRASI


MOLIYAVIY TAHLIL” FANIDAN
MOLIYAVIY TAHLILNINING AXBOROTLAR BAZASI VA ULARGA QO’YILADIGAN TALABLAR” MAVZUSIDA

KURS ISHI

Bajardi: SММ-55 guruh Slimov Firdavs
Qabul qildi: _________________________


Toshkent - 2022

REJA
KIRISH
1. Moliyaviy tahlil tushunchasi. Moliyaviy tahlilning predmeti va obyekti
2. Moliyaviy tahlil turlarining tasnifi
3 Moliyaviy tahlil uchun metodologik asos
4. Moliyaviy tahlilning mohiyati, maqsad va vazifalari hisobot berish
5.Moliyaviy hisobotlarni tahlil qilish turlari
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

KIRISH
O‘zbekiston Respublikasida jamiyat taraqqiyotining barcha jabhalarida, eng avvalo iqtisodiy sohada islohotlarni yanada chuqurlashtirish va erkinlashtirish borasida aniq dastur ishlab chiqilgan. Bu dasturni joriy etishdan ko‘zlangan asosiy maqsad – O‘zbekistonning demokratik va bozor islohotlarini amalga oshirish, jahon hamjamiyatiga keng integratsiyalashuvi va barqaror olg‘a borishi uchun mustahkam zamin yaratishdir.
«Oldimizda turgan birinchi va asosiy vazifa – bu izchil iqtisodiy o‘sish, chuqur tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirish, ishlab chiqarishni mukammallashtirish va ilg‘or texnologiyalar bilan qayta qurollantirishning bosh sharti bo‘lgan makroiqtisodiy va moliyaviy barqarorlikka erishish muammosidir» deb ta’kidlagan. Bu, Respublika iqtisodiyotida faoliyat yuritayotgan barcha soha korxonalarining foyda ko‘rish maqsadida, bozor iqtisodiyoti talablaridan kelib chiqqan holda ishlab chiqarishi yoki xizmat ko‘rsatishini talab etadi. Bu, o‘z navbatida, xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini, unda sodir bo‘ladigan iqtisodiy-ijtimoiy jarayonlarni va munosabatlarni muntazam ravishda tahlil qilib borishni taqozo etadi.
Respublikaning iqtisodiy va moliyaviy barqarorlikka erishishida muhim omil, ishlab chiqarish hajmining o‘sishi, pul qadrsizlanishini pasaytirish, eksport hajmini oshirish va boshqa shu kabi makroiqtisodiy o‘sishni ta’minlash bilan birga mamlakatda faoliyat yuritayotgan har bir korxona, firma, kompaniyalarni xo‘jalik subyektlari sifatida rivojlantirishni taqozo etadi
Korxona, firma va kompaniyalarning iqtisodiy mustaqil hamda moliyaviy barqaror faoliyat ko‘rsatishlarida ularni oqilona boshqarish, hisob-kitob yuritilishini bozor iqtisodiyoti talablariga moslash, moliyaviy menejment ishlarini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish, bor moddiy, moliyaviy va mehnat boyliklaridan samarali foydalangan holda ishlab chiqarish yoki xizmat ko‘rsatishni tashkil etish, natijada yuqori foyda olib, davlat budjeti oldidagi majburiyatlarini o‘z vaqtida bajarish, rezervlar tashkil etish eng dolzarb vazifalardan sanaladi.
Shu bois, bozor iqtisodiyotini erkinlashtirish har birimizdan buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit haqida ma’lum bilimga ega bo‘lishimizni talab etadi. Tadbirkorlik faoliyatining muvaffaqiyati hisobkitoblarning puxtaligiga, pul oqimlarining oqilona boshqarilishiga, moliyaviy masalalardagi qarorlarni to‘g‘ri va o‘z vaqtida qabul qilinishiga hamda moliyaviy tahlilning sifatli tashkil etilishiga uzviy bog‘liqdir. Ayniqsa, bozorni to‘g‘ri o‘rganishda, hamkorlarning moliyaviy ishonchliligini bilishda, o‘zaro hisob-kitob ishlarida yutqazib qo‘ymaslik va boyliklardan o‘rinli foydalana olishda kompleks iqtisodiy tahlilning natijalariga asoslanib boshqaruv qarorlarini belgilash, foyda olishning zaruriy sharti ekanligi tajribada bir necha bor isbotlangan.
Iqtisodiy tahlil boshqaruvning bir funksiyasi sifatida mavjud axborotlarga tayanadi, ammo axborotlar hali hech narsani hal qilmaydi. Ularni menejerning maqsadidan kelib chiqqan holda qayta ishlashni, tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha tizimlashtirishni, moliyaviy hisobotlarni iqtisodiy jihatdan o‘qishni talab qiladi. Bu esa, o‘z navbatida, iqtisodiy tahlil orqali amalga oshiriladi. Shu tufayli zamonaviy mutaxassislar shu fanni mukammal o‘rganishi lozimligini obyektiv zaruratga aylantirdi. Bunday zaruriyat tufayli barcha iqtisodiyotga oid mutaxassisliklar iqtisodiy tahlil fanini, uning tarkibiy qismi bo‘lgan moliyaviy va boshqaruv tahlilni o‘rganishi majburiy qilib belgilangan va mutaxassislarni shakllantiruvchi fan sifatida ularning o‘quv rejasiga kiritilgan.
«Ta’lim sohasidagi ishlarimizni sarhisob qilar ekanmiz, Fransiyadagi dunyoning eng yaxshi beshta biznes maktabi qatoriga kiradigan «Inssad» xalqaro biznes maktabining 2012-yilgi «Innovatsiyalarning global indeksi» ma’ruzasida bayon etilgan ma’lumotlarni keltirish o‘rinli, deb o‘ylayman», 11 degan fikrni yuritgan.

Moliyaviy hisobotlarni tahlil qilish bu biz tashkilotning o'tmishdagi va joriy moliyaviy holati va faoliyatini baholash jarayonidir. Biroq, asosiy maqsad - tashkilotimizning moliyaviy-xo'jalik faoliyatini kelajakdagi mavjudlik sharoitlari bilan bog'liq holda baholash.


Tahlilyaxlitlikni uning tarkibiy qismlariga bo‘lish hamda ularni o‘zaro bog‘liqlik va bog‘liqlikda o‘rganishga asoslangan ichki va tashqi muhit narsa va hodisalarini bilish quroli hisoblanadi

Yüklə 222,6 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin