International Conference on Developments in Education
Hosted from Amsterdam, Netherlands
https:
econferencezone.org June 8
th
2022
1
G‘AZNACHILIK TIZIMINING JORIY QILINISHINING DAVLAT
MOLIYASI TIZIMIDAGI AHAMIYATI
Shodmonqulova Shaxlo
TDIU «Davlat moliyasi va xalqaro moliya»
magistratura mutaxassisligi
II bosqich magistranti
Bugun mamlakatimizning iqtisodiy sohasida qator yangilik va o‘zgarishlarning joriy qilinishi uning iqtisodiy
jihatdan yanada takomillashishiga xizmat qilmoqda. Xususan, davlat moliyasi yo‘nalishida
institutsional
islohotlar keng ko‘lamda amalga oshirilyapti. Ushbu amaliy harakatlarning negizida eng avvalo, davlat
byudjeti ijrosiga dunyo tan olgan va dunyo mamlakatlarida sinovdan o‘tgan, byudjet mablag‘laridan natijakor
foydalanishni ta’minlab beruvchi g‘aznachilik tizimining joriy qilinganini alohida e’tirof
bilan tilga olish
lozim.
Mamlakatimizda davlat byudjetining g‘azna ijrosini samarali tashkil qilinishiga mustaqillikning sharofati,
jumladan, barqaror rivojlanish ko‘rsatkichlarini qo‘lga kirita boshlanimizdan so‘nggina muvaffaq bo‘lindi.
O‘zbekiston Respublikasi davlat moliyasini boshqarish tizimi bo‘yicha ham keng qamrovga ega bo‘lgan
muvaffaqiyatli natijani berayotgan islohotlarni joriy qilmoqda. Bunday ishlohotlarning ijobiy natijalari davlat
byudjeti g‘azna ijrosining omadli tarzda joriy qilinishida yaqqol ko‘zga tashlanadi, deya aytish mumkin.
Davlat byudjetining g‘azna ijrosi davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg‘armalarining barcha daromadlarini,
shuningdek, byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari mablag‘lar bo‘yicha tushumlarini yagona g‘azna
hisobraqamga jamlash va ularning barcha xarajatlarini shu hisobraqamdan amalga oshirishni nazarda tutadi.
Bu esa davlat byudjeti, byudjetdan tashqari fondlar, byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari mablag‘lari,
davlat qarzlari va ularga xizmat ko‘rsatish jarayonlarining tezkor nazoratini va monitoringini olib borish,
davlat mablag‘larining samarali ishlatilishini ta ’minlash, davlat moliyaviy resurslarining harakati to‘g‘risida
operativ tarzda ma’lumotlarni jamlash imkonini yaratadi.
Zamonaviy jamiyatimiz taraqqiy etayotgan bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasida
iqtisodiyotni
erkinlashtirish va modernizatsiyalash sharoitida davlat moliyasi tizimida chuqur iqtisodiy islohotlar amalga
oshirilmoqda. Bu islohotlar, qator vazifalar bilan birgalikda, davlat moliyasini
boshqarish samaradorligini
oshirishni nazarda tutadi. Bunda davlat moliyasini boshqarish shakllari va usullarini takomillashtirish, fan-
texnika taraqqiyoti yutuqlari va boshqa texnik vositalar yordamida axborotni jamlash, qayta ishlash, uzatish
qoidalari va usullarini o‘zlashtirish asosida axborotlashtirishni yanada rivojlantirish talab etiladi.
Davlat moliyasini boshqarishdagi islohotlar sharoitida umumdavlat moliya tizimining bosh bo‘g‘ini – davlat
byudjetini boshqarish, byudjet jarayonini tashkil etish tizimidagi islohotlar, xususan, byudjet ijrosida kassali
tizimdan jahon amaliyoti tajribasida sinovdan o‘tgan va o‘zining ijobiy natijalarini ko‘rsata olgan byudjet
tizimi byudjetlarining g‘azna ijrosiga o‘tishning amalga oshirilishi davlatimiz iqtisodiy sohasidagi
yutuqlaridan bo‘ladi.
Hozirgi zamonaviy iqtisodiy yangiliklardan kelib chiqib aytish mumkinki, byudjet jarayonini samarali tashkil
qilishning amaliy ishlarini g‘aznachilik nazoratidan chetda tasavvur etib bo‘lmaydi.
Buni hattoki, zamonaviy
iqtisodiyot vakillari — olimlar, iqtisodchilar, qolaversa, sohaning yetuk mutaxassislari ham asosli ravishda
e’tirof etmoqdalar. Negaki, g‘aznachilik tizimi byudjet daromadlari va xarajatlarini yagona g‘azna
hisobraqamiga jalb qilish, pul oqimlarini to‘g‘ri va samarali boshqarish, rejalashtirish, moliyaviy oqimlarning
esa ilk va joriy nazoratini amalga oshirish,
shu jumladan, davlat byudjetini yuqori operativlikda ijro etish
imkoniyatining kengayishiga xizmat qiladi.
Mamlakatda davlat moliyasini boshqarishni, shu bilan bir qatorda davlat byudjetini
ijro etishda asosiy
mexanizmlardan biri hisoblangan g‘aznachilik tizimini tashkil etish va uni shakllantirishda xorij
mamlakatlarining tajribasi muhim o‘rin egallaydi. O‘zbekiston ular tajribasidan oddiy nusxa olmaydi, chunki
mamlakatimiz davlat boshqaruvini tashkil etish, iqtisodiy va huquqiy munosabatlarni
boshqarish sohasida
o‘ziga xos yo‘nalishga ega davlatdir. Biroq, bu bilan g‘aznachilik tizimini tashkil etish va rivojlantirish
yo‘nalishida xalqaro tajribalarning o‘rganilish darajasi passivlashmaydi.