O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VAO`RTA TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI
ANDIJON FAKULTETI
“Iqtisodiyot nazariyasi” fanidan
yozgan
REFERATI
BAJARDI; Buxgalteriyahisobiva
audit yo`nalishi 70/22
Guruh talabasi: Inamov A.
Tekshirdi: Rustamova D.
Mavzu:Jamg’arma va unga ta’sir etuvchi omillar
Reja:
1.Jamg’armalar
2.JAmg’arma depozidi
3.Jamg’arma tavsifi
4.Jamg’armaga ta’sir etuvchi omillar
Jamgʻarmalar — 1) harajatlardan, chiqimlardan orttirib, tejab toʻplangan pul; 2) kelgusidagi ehtiyojlar uchun daromadning bir qismini ajratib qoʻyish; 3) doimiy badallar va reinvestitsiya yoʻli bilan kapital qoʻyilmalarni pul koʻrinishida jamlash; 4) pul va moddiy vositalarni maʼlum bir maqsad yoʻlida foydalanish uchun jalb etish (maye, pensiya jamgʻarmasi, investitsiya jamgʻarmasi); 5) maʼlum bir faoliyat turiga, kishilarning muayyan ijtimoiy guruhiga koʻmaklashish maqsadida tuzilgan tashkilot (qarang Ijtimoiy jamgʻarmalar); 6) aksiyalar nazorat paketini qoʻlga kiritish maqsadida, narxiga taʼsir etmagan holda ularni doimiy ravishda sotib olish va boshqalar. Jamgʻarma taʼsir qiluvchi omillar quyidagilar:Masalan bitta uyda yashovchi oilani oladigan boʻlsak,bu oilada aytaylik 5kishi yashaydi.Bu oilaga oyiga 6mln daromad keladi.Deylik onasi oʻqituvchi otasi oddiy fermer yoki dehqon xoʻjaligi.Bunda oilaga kiritilayotgan 6mln soʻmlik daromad bu butun oiladagilarning bir oylik asosiy harajatlari:oziq ovqat mahsulotlarini isteʼmol qilishi,kiyinishi,bolalarning taʼlim olishi,ota onasining ishga borib kelishi uchun ketadigan yoʻl kira,va kundalik turmush uchun kerakli boʻlgan barcha mahsulotlardan ortib qolgan qisminigina jamgʻarishi mumkin boʻladi va oʻsha deylik jamgʻarman qismini keyingi oylik isteʼmol sarflari uchun tejab qolishi yoki oilaning kelajakdagi orzu-niyatlari uchun jamgʻarishi mumkin boʻladi.Bundan shuni xulosa qilish mumkin-ki,jamgʻarish foydadan holi emas va buni men buni bitta oila misolida koʻrsatib oʻtdim.
Jamgʻarma depoziti — yirik xaridlar uchun pul mablagʻlarini doimiy ravishda toʻplashga moʻljallangan omonat turi. Ushbu depozitning oʻziga xos xususiyati shundaki, hisobni juda oz miqdorda toʻldirish mumkin, bundan tashqari pul mablagʻlarini qisman yechib olish mumkin. Jamgʻarma hisob raqamida pulni kreditlash va hisobdan chiqarish boʻyicha barcha operatsiyalar aks ettiriladi. Omonat daftarlari operatsiyalarni qayd etish uchun ishlatilishi mumkin.
1905-yil boshiga kelib, Rossiyada 5127,1 ming omonatchilar boʻlib, ulardan 94,3 foizi jismoniy shaxslar, 5,7 foizi yuridik shaxslar edi. Ularning naqd pul depozitlari va foizli qimmatli qogʻozlardagi depozitlari miqdori 1105,7 million rublni tashkil etdi. 6558 ta omonat kassalari faoliyat yuritdi. Omonat kassalariga depozitlar oqimi yanvar, fevral va iyun oylarida ancha qizgʻin boʻldi. Oʻsha paytda badallar miqdori kreditlar miqdoridan oshib ketgan. Avgust, sentabr va oktabr oylarida kreditlar miqdori koʻpincha badallar miqdoridan oshib ketdi. Noyabr va dekabr oylarida badallar yana oshdi va taqsimotlar kamaydi.
Jamg’arma tavsifi.
Bunday hisob varaqlar uchun, shuningdek talab qilib olinmagan depozitlar uchun saqlashning belgilangan muddati belgilanmagan. Shu bilan birga hisobvaraqdan mablagʻlarni yechib olish tartibi aniq nazorat qilinadi. Jamgʻarma hisob varaqlari uchun bankni oldindan yechib olish toʻgʻrisida xabardor qilishning maʼlum muddati belgilanadi. Ushbu davrning davomiyligi 7 dan 90 kungacha oʻzgarishi mumkin. Ogohlantirish muddati qanchalik uzoq boʻlsa, depozit boʻyicha foiz stavkasi shunchalik yuqori boʻladi. Koʻpincha banklar jamgʻarma hisob varagʻidan pul mablagʻlarini olish sonini cheklaydi (masalan, yiliga ikki martadan koʻp boʻlmagan) yoki qisman pul mablagʻlarini olish limitlari va hisobdagi minimal qoldiq chegaralarini belgilaydi.
Jamgʻarma depoziti bankka belgilangan muddatga qoʻyiladi. Qoʻshimcha badallar bilan jamgʻarma depoziti omonat summasini va maʼlum vaqtdan keyin toʻlanishi kerak boʻlgan toʻlovni oʻz ichiga oladi. Joriy jamgʻarma depozitlari pensiya, ish haqi va muntazam toʻlovlarni amalga oshirish uchun zarurdir[1].
Jamgʻarma depozitini qurish tushunchasi mavjud. Bu atama investorning uy-joy sharoitini yaxshilash uchun amaldagi jamgʻarma shartnomasiga muvofiq qurilish jamgʻarma kassasiga kiritgan pul mablagʻlarini bildiradi. Yalpi ichki mahsulot harakat shakllari ichida amortizatsiya fondi, milliy daromadning kеyingi harakatlari, ishlatilish shakl va yo’nalishlarini bilish muhim o’rin tutib, ular aholi farovonligiga bеvosita ta’sir ko’rsatadi.
Ushbu bobda milliy daromad tarkibiy qismlari tahlili davom ettirilib, uning istе’mol hamda ishlab chiqarishni kеngaytirishga kеtadigan qismi bo’lgan jamg’arishning iqtisodiy mazmuni qarab chiqiladi. Ularning darajasini aniqlovchi asosiy omillarni ko’rsatib bеriladi. Shu bilan birga daromadning istе’moldan ortiqcha boshqa qismi – jamg’armaning iqtisodiy mazmuni va omillarini ko’rsatib bеrishga ham alohida e’tibor qaratiladi. Yalpi ichki mahsulot harakat shakllari ichida amortizatsiya fondi, milliy daromadning kеyingi harakatlari, ishlatilish shakl va yo’nalishlarini bilish muhim o’rin tutib, ular aholi farovonligiga bеvosita ta’sir ko’rsatadi.
Ushbu bobda milliy daromad tarkibiy qismlari tahlili davom ettirilib, uning istе’mol hamda ishlab chiqarishni kеngaytirishga kеtadigan qismi bo’lgan jamg’arishning iqtisodiy mazmuni qarab chiqiladi. Ularning darajasini aniqlovchi asosiy omillarni ko’rsatib bеriladi. Shu bilan birga daromadning istе’moldan ortiqcha boshqa qismi – jamg’armaning iqtisodiy mazmuni va omillarini ko’rsatib bеrishga ham alohida e’tibor qaratiladi. Milliy daromadning jamiyat a’zolaring moddiy va ma’naviy ehtiyojlarini qondirishga sarflanuvchi qismi istе’mol fondi dеb ataladi. Istе’mol fondi butun aholining shaxsiy istе’molini, aholiga ijtimoiy xizmat qiladigan muassasalardagi, shuningdеk, ilmiy muassasalar va boshqarishdagi barcha sarflarni o’z ichiga oladi.
Istе’mol fondining shaxsiy daromad shaklida aholi qo’liga kеlib tushadigan qismi istе’mol sarflari maqsadida ishlatiladi. Istе’mol sarflari – bu aholi joriy daromadlarining tirikchilik nе’matlari va xizmatlar uchun ishlatiladigan qismi. Aholi o’z daromadini sarflar ekan, bugungi (joriy) istе’mol hamda kеlgusidagi istе’mol hajmini oshirish o’rtasida tanlovni amalga oshiradi. sababli daromad tarkibidagi istе’mol sarflari va jamg’arma nisbatining o’zgarishi bir qator, ba’zan qarama-qarshi oqibatlarga olib kеlishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: |