Moliyaviy hisobotlarni tuzish va taqdim etish



Yüklə 231,99 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/3
tarix14.10.2023
ölçüsü231,99 Kb.
#155236
  1   2   3
12 amaliy moliyaviy hisobot



12 amaliy mashg’ulot 
MAVZU: 

MOLIYAVIY HISOBOTLARNI TUZISH VA TAQDIM
ETISH

 
Maqsad:
Moliyaviy hisobotining maqsad va vazifalari, moliyaviy hisobotlarini 
tuzish va taqdim etish, buxgalteriya balansini tuzish tartibini talabalarga o’rgatish.
 
Zarur adabiyotlar va jihozlar:
1.
O’zbekiston Respublikasi BHMS 21-son O’zR Moliya Vazirligining 
2002 y. 9 - sentyabrda 103-sonli buyrug’i.
2.
O’zbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobi to’g’risidagi Qonuni. 
1996 y. 30 avgust.
3.
Makarov B.C. Teoriya buxgalterskogo ucheta. MT.: «Statistika», 1974 
g.
Ishning mazmuni: 
13.1. Moliyaviy hisobotining maqsad va vazifalari
Buxgalteriya hisobini yuritishning asosiy maqsadi ma’lum bir xo‘jalik subyektining 
barcha xo‘jalik muomalalarini rasmiy ravishda hisobda aks ettirish va ma’lum bir 
davrlarda foydalanuvchilarga zaruriy ma’lumotlami berish hisoblanadi.
Moliyaviy hisobot alohida mustaqil korxona bo‘lishi yoki xo‘jalik yurituvchi 
korxonalaming uyushgan guruhiga kirishidan qat’iy nazar, bajaradigan va subyektga 
ta’sir ko‘rsatuvchi moliyaviy voqealarni va muomalalami ko‘rsatish usuli 
hisoblanadi.
Moliyaviy hisobotlaming maqsadi korxonaning moliyaviy ahvolidan, uning 
faoliyatidan va uning pul mablagMari harakati bo‘yicha ma’lumot berishdan iborat 
bo‘lib, u foydalanuvchilarning keng guruhiga iqtisodiy qarorlar qabul qilishlari 
uchun zarurdir.
Buxgalteriya shaxs, firma uchundir, faqat xarajatlar va daromadlar ta’sirining 
xolisligi moliyaviy hisobotlarda e’tirof etiladi. Barcha tashqi ma’lumotlarga e’tibor 
berilmaydi. Shuning uchun firmalar jamiyat, kelajak avlod va jahonga tartibga 
soluvchi joriy qilingan muayyan qonun va jarimalarsiz zarar yetkazishi mumkin.
Tashqi faktorlar mas’uliyatining samaradorligi bunga misoldir, faqat jamoatchilik 
fikri va siyosiy bosim uni orbitani o‘rtasiga harakatlantiradi, shundan keyin, 
kutilayotgan kelajak avlod joriy jamiyatni o‘mini egallaydi. Agar siyosiy bosim 
yetarlicha kuchli bo‘lsa, muammo uni mas’uliyatli ichki orbitasiga uni 
harakatlantiradigan qonunchilikni tortadi, huquqni muhofaza qilish xodimlari 
muvofiqligini ta’minlash uchun vakolatli bo‘ladi Korxonaning joriy faoliyati 
ma’muriyat tomonidan boshqaruv lunksiyalarini safarbar qilish yo‘li bilan amalga 
oshirilib, uning natijalari buxgalteriya hisobi tizimida aks ettiriladi. Xo‘jalik 
yurituvchi subyekt lomonidan ma’lum vaqt oralig‘ida amalga oshirilgan xo‘jalik 
muomalalari to‘g‘risidagi axborotlar tegishli hisob registrlarida umumlashtiriladi va 
guruhlangan holda ulardan buxgalteriya liisobotlariga o‘tkaziladi. Buxgalteriya 
hisobini huquqiy-me’yoriy lartibga solish tizimida hisobot korxonaning mulkiy va 
moliyaviy ahvoli liamda moliya-xo‘jalik faoliyati natijalari to‘g‘risidagi 
ma’lumotlaming yagona tizimi sifatida qaraladi. Hisobotlar ma’lum hisobot davri 
uchun belgilangan shakllar bo‘yicha tayyorlangan buxgalteriya hisobi axborotlari 


asosida tuziladi. 0‘z navbatida hisobot davri - bu korxona moliyaviy hisobotini 
tuzishi lozim boigan davr.
Hisobot - xo‘jalik yurituvchi subyektlaming o‘tgan vaqt ichidagi ishlari natijalari va 
sharoitlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar majmui bo‘lib, undan faoliyatini tahlil, nazorat 
qilish va boshqarish maqsadida foydalaniladi.
Buxgalteriya hisoboti - bu hisobot davri uchun korxona faoliyatining natijalari, 
tegishli tarzda tasdiqlangan shakllarda taqdim etiladigan, o‘zaro bog‘liq 
ko‘rsatkichlar to‘plami.
Hisobot - ma’lum bir davr mobaynida amalga oshilgan biznes operatsiyalari 
natijalari tog‘risidagi ma’lumotlar majmuidir. Hisobot faoliyatning ma’lum bir davr 
oralig‘ini tahlil qilish va boshqarish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi .
Hisobot axborotlari sotilgan mahsulot, ish va xizmatlar, ularni ishlab chiqarish 
xarajatlari, xo‘jalik mablag‘lari va ularni tashkil qilish manbalari, ishlaming 
moliyaviy natijalari, soliqqa tortish va dividendlar to‘g‘risidagi ma’lumotlami o‘z 
ichiga oladi.
Xo‘jalik yurituvchi subyektlar o‘z faoliyati ustidan kundalik nazoratni hujjatlar va 
hisobot registrlariga asosan olib boradilar. Lekin uzoq vaqt (oy, chorak, yil) 
davomida xo‘jalik faoliyatini yakunini bilish uchun bu ma’lumotlar yetarli emas. 
Ularni umumlashtirish va tizimga keltirish zarur. Bunga hisobot tuzish yo‘li bilan 
erishiladi.
Moliyaviy hisobotga qo‘yiladigan talablardan biri - uni rasmiylashtirish hisoblanadi.
Bu moliyaviy hisobotni tuzish ham mulklar, majburiyatlar va xo‘jalik muomalalarini 
buxgalteriya hisobida aks ettirish kabi, o‘zbek tilida va milliy valyuta - so‘mda 
amalga oshirilishini bildiradi. Moliyaviy hisobot korxonaning rahbari va bosh 
buxgalteri tomonidan imzolanib, muhr bilan tasdiqlanadi.
Ichki buxgalteriya hisobotlari korxonaning tijorat sirlari oshkor qilinmasligi uchun 
e’lon qilinmaydi. Tijorat siri hisoblangan ma’lumotlami noqonuniy olish va oshkor 
etish qonunchilikka muvofiq javobgarlikka tortiladi.
Hisobotning har bir shakli va undan foydalanish xo‘jalik mablag‘larini hamda ularni 
qoplash manbalarini tahlil qilishda batafsilroq ko‘rib chiqiladi.
Birinchi uch guruh elementlar (aktivlar, majburiyatlar va aksiyadorlik kapitali/sof 
aktivlar) to‘g‘risidan - to‘g‘ri balans hisobotiga, keyingi turt element esa 
(daromadlar, xarajatlar, foyda va zararlar) moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobotga 
tegishlidir.

Yüklə 231,99 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin