JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
http://www.newjournal.org/
Volume–22_Issue-1_February_2023
39
MOLIYAVIY NATIJALAR HISOBINING AHAMIYATI VA VAZIFALARI
Toshpo'latova Munisabonu Ibrohim qizi
Toshkent Moliya Instituti 1-kurs Magistranti
Annotatsiya:
Ushbu maqolada Moliyaviy natijalar
hisobining ahamiyati va
vazifalari haqida ma'lumotlar berilgan.
Kalit so'zlar:
Buxgalteriya hisobi, moliyaviy natija, foyda, bozor munosabatlari,
korxona.
Buxgalteriya hisobining vazifalari iqtisodiyot rivojlanishining har bir bosqichida
amalga oshirilayotgan xoʻjalik siyosati bilan belgilanadi. Respublikada xo'jaliklarning
rivojlanishini bozor munosabatlari mexanizmini chuqurlashtirishga yo'naltirilgan,
Oʻzbekiston Respublikasi hukumati uni bozor iqtisodiyoti qonunlari asosida amalga
oshirmoqda. Bu qonunlar Respublikamizni mustaqil davlat
sifatida rivojlantirish
bo‘yicha oldiga qo'yilgan maqsadlar va vazifalarga binoan ishlab chiqarishni jamiyat
tomonidan to'g'ridan to'g'ri, ongli ravishda tartibga solishning obektiv zaruriyat
ekanligini anglatadi. Respublika oldida turgan vazifalarni amalga oshirish uchun ularni
xalq xoʻjalikning barcha bosqichlarida bajarilishini nazorat qilish talab qilinadi.
Boshqarish maqsadlari uchun axborotni shakllantirishning muhim vositasi hisoblangan
buxgalteriya hisobi aynan shu maqsadlarga xizmat qiladi.
Demak, buxgalteriya hisobining asosiy vazifasi unda aks ettiriladigan obektlarni
boshqarish uchun ma'lumotlarni yig'ish, ularni qayta ishlash
iqtisodga uzatishdan
iborat.
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 1996 yil 30 avgustda
qabul qilingan «Buxgalteriya hisobi to'g'risida »gi Qonun, buxgalteriya hisobini Milliy
standartlarining tasdiqlanishi va amalga kiritilishidir.
Buxgalteriya hisobi axborotlaridan foydalanuvchilarni shartli ravishda uch
guruhga ajratish mumkin:
korxonani boshqaruvchilar;
korxonaning tashqarisida joylashgan va uning moliyaviy
faoliyatidan bevosita
manfaatdor bolganlar;
korxonaga nisbatan bilvosita moliyaviy qiziqish bildiradigan shaxs va guruhlar.
Boshqaruvchilar (management)
boshqaruv faoliyatida nazorat, qaror qabul
qilishda axborotga muhtojdirlar. Masalan,
mahsulotlarning sotish bahosi, xarajatlar
tarkibi, talab, rentabellik ko‘rsatkichlari to‘g‘risidagi
axborotlar shular jumlasiga
kiradi.