Moliyaviy-xo'jalik faoliyatining tashkil etilishini ta'minlash



Yüklə 14,85 Kb.
tarix02.06.2023
ölçüsü14,85 Kb.
#122090
1. Direktorning


1. Direktorning lavozim majburiyatlari
Umumta'lim muassasasining faoliyatiga umumiy rahbarlik qilish, Pedagogik kengashga
raislik qilish, muassasaning tashkiliy-huquqiy, o'quv-tarbiyaviy, ma'naviy-ma'rifiy hamda
moliyaviy-xo'jalik faoliyatining tashkil etilishini ta'minlash;
Pedagogik kengash bilan birgalikda maktabni rivojlantirish strategiyasi, maqsad
va vazifalari, o'quv-tarbiya jarayonini va ta'lim sifatini yaxshilashning asosiy yo'nalishlarini
belgilash;
maktabning yillik ish rejasini tasdiqlash hamda o'qituvchilar tomonidan o'quv rejasining
bajarilishini nazorat qilish;
dars jadvali, shtatlar jadvali va tarifikatsiya roʻyxatlari, mehnat ta'tili jadvalini tasdiqlash;
o'quv jarayoniga innovatsion va zamonaviy ta'lim texnologiyalarini joriy etishga sharoit
yaratish, zamonaviy ta'lim usullari va resurslarini qo'llash orqali o'quvchilarning bilim
samaradorligini oshirishga ko'maklashish;
maktab faoliyatining moliyaviy-xo'jalik masalalarini hal qilish, byudjet va byudjetdan
tashqari mablag'larning shakllanishi, undan samarali foydalanishini amalga oshirish, maktabni
rivojlantirish uchun byudjetdan tashqari qo'shimcha mablag' topish va moddiy resurslar bilan
ta'minlash choralarini ko'rish, maktabning investitsion jozibadorligini ta'minlash, shuningdek,
ta'limiy maqsadlarga erishish uchun moliyaviy, moddiy resurslarning samarali taqsimotini
va xodimlarning safarbarligini ta'minlash hamda qabul qilingan qarorlarning oqibatlari,
moliyaviy-xo'jalik natijalariga shaxsan javob berish;
korxona, muassasa va tashkilotlar bilan xoʻjalik shartnomalari tuzishda maktab nomidan
faoliyat yuritish, uning manfaatlarini himoya qilish, ishonchnomalar berish;
turli yo'nalishlardagi davlat va nodavlat jamg'armalar bilan oʻzaro hamkorlikda ish yuritish,
Kuzatuv va pedagogik kengash hamda boshqa manfaatdor tomonlar bilan hamkorlikda maktabni
rivojlantirish bo'yicha strategik rejalarni ishlab chiqish va muvofiqlashtirish, maktabning yuksak
vazifa va maqsadlarini shakllantirish ishlarini tashkil etish;
yillik moliyaviy rejalarni, ko'rsatilayotgan pullik xizmatlar narxining miqdorlarini va
muassasa mulkidan foydalanganlik uchun ijara haqi miqdorini, shu jumladan auksiondagi
boshlang'ich narxni ko'rib chiqish va tasdiqlash uchun ta'lim muassasasi kuzatuv kengashiga
taqdimnoma kiritish;
muassasa faoliyatini takomillashtirish, moliyaviy-xo'jalik holati, daromadlar va xarajatlar,
budjet, budjetdan tashqari, homiylik va boshqa mablag'lardan foydalanish bo'yicha ko'rilgan
chora-tadbirlar to'g'risida ta'lim muassasasi kuzatuv kengashiga vaqti-vaqti bilan hisobotlar
berish;
strategik reja asosida manfaatdor tomonlar bilan hamkorlikda maktabni rivojlantirish
boʻyicha harakatlar rejasini ishlab chiqish, strategik rivojlanish, harakatlar rejasi ijrosini
ta'minlash, maktab faoliyati samaradorligini oshirish tizimini to'g'ri yo'lga qo'yish;
o'quv jihozlari, qurilmalari va boshqa ta'lim vositalarining saqlanishini ta'minlash,
maktabning moddiy-texnika bazasini rivojlantirish ishlarini tashkil etish, mol-mulkdan samarali
foydalanish va ularning saqlanishiga javobgar bo'lish;
muassasani yangi o'quv yili, kuz-qish mavsumiga tayyor bo'lishini ta'minlash,
obodonlashtirish va ko'kalamzorlashtirish ishlarini tashkillashtirish, muassasani qabul qilish
dalolatnomalarini imzolash;
muassasani malakali kadrlar bilan ta'minlash, pedagog xodimlarga bo'lgan ehtiyojni
aniqlash, uni qoplash choralarini ko'rish, o'quvchilar orasidan iqtidorlilarni tanlab pedagogik
yo'nalishdagi oliy ta'lim muassasalariga yo'naltirish bo'yicha aniq chora-tadbirlar belgilash va
ijrosini ta'minlash, tegishli malaka va kompetensiyalarga ega xodimlarni tanlash va ishga qabul
qilish, ular o'rtasida vazifalarni oqilona va adolatli taqsimlash, kadrlar zaxirasini shakllantirish,
pedagog xodimlar attestatsiyasini tashkil qilish hamda ijro, mehnat va ishlab chiqarish intizomiga rioya qilinishini ta'minlash, xodimlarning kasbiy mahoratini oshirish uchun shart-sharoitlar
yaratish;
o'qituvchilar malakasini oshirish ishlarida ijobiy, konstruktiv va rag'batlantiruvchi muhit
yaratish, ularning tashabbuskorligi va faolligini oshirish, o'qituvchilar malakasini oshirish jadvali
va maktab ehtiyojlariga mos ravishda o'qituvchilarning kasbiy rivojlanish dasturini ishlab chiqish
hamda malaka oshirishga jalb qilish ishlarini tashkillashtirish, pedagog xodimlarni rag'batlantirish
uchun davlat ta'lim standartlari talablarining bajarilishini xolis baholashni tashkil qilish;
maktab bitiruvchilarini oliy hamda boshlang'ich professional ta'lim muassasalariga o'qishga
kirish hamda ishga joylashtirish ko'rsatkichlarini yaxshilash choralarini ko'rish;
jamoada sog'lom ma'naviy-ruhiy, xavfsiz va rag'batlantiruvchi muhitni yaratish, maktab
qoshidagi Maxsus komissiya faoliyatida obyektivlik, oshkoralik va shaffoflikni ta'minlash uchun
sharoit yaratish;
o'quvchilarning bilimlari sifatini davlat ta'lim standartlariga mos kelishini, tarbiyaviy ishlar
samaradorligini ta'minlash va nazorat qilish, o'quvchilarning fanlarni o'zlashtirishini yaxshilash
va ularga sifatli ta'lim berish maqsadida maktabni uzluksiz rivojlantirish choralarini ko'rish;
oʻquvchilarni maktabga qabul qilish va sinfdan-sinfga o'tkazish va bir maktabdan
boshqasiga o'tkazish ishlarini tashkil qilish, o'quvchilarning o'zlashtirishini yaxshilashga va har
birining imkoniyatlarini to'liq ro'yobga chiqarishga ko'maklashish, shuningdek, o'quvchilar
extiyojiga asosan sifatli ta'lim xizmatlarini ko'rsatish choralarini ko'rish;
o'quvchilarni darsliklar va o'quv metodik qo'llanmalari bilan ta'minlash ishlarini tashkil
etish, darsliklar ijara tizimidan tushgan mablag'larning jamg'arilishini nazorat qilish;
ota-onalar, mahalla va boshqa jamoat tashkilotlari bilan o'quv-tarbiyaviy ishlarni
takomillashtirish bo'yicha hamkorlikni tashkil qilish;
bolalikni himoya qilish bo'yicha, voyaga yetmaganlar huquq va manfaatlari xavfsizligini
muhofaza qilishga oid talablarga rioya qilinishini ta'minlash;
kam ta'minlangan oilalarning 1-11-sinf farzandlarini ijtimoiy muhofaza qilish ishlarini,
ularni qishki kiyim-kechak majmuasi va darsliklar bilan bepul ta'minlashni tashkil etish; internat turidagi umumta'lim muassasalarida yotoqxonaga muhtoj o'quvchilar uchun
kerakli yashash va ovqatlanish sharoitlarini yaratish;
o'quvchilarni milliy an'analar, urf-odatlar bo'yicha tarbiyalashga, ularda milliy
va umuminsoniy qadriyatlarni uygʻunlashtirish asosida yuksak ma'naviy-axloqiy sifatlarni
shakllantirish, vataniga va xalqiga sodiq fuqaro sifatida tarbiyalash;
maktab xodimlari orasidagi eng faollarini rag'batlantirish, lavozim vazifalarini
bajarmaganligi uchun ularga nisbatan o'z vakolati doirasida intizomiy jazo choralarini qo'llash;
o'quvchilarni ichimlik suvi bilan ta'minlash va bolalar uchun qo'yilgan sanitariya-gigiyena
talablariga rioya qilish.
Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan yo'riqnomaga muvofiq, qonunchilikda
nazarda tutilgan oshkoralik va shaffoflik tamoyillariga asoslangan sifatli ish yuritish tizimini
shakllantirish;
maktabning mulkiy manfaatlarini sudda, hakamlik sudida, davlat hokimiyati va boshqaruv
organlarida himoya qilish;
2
har chorakda kamida bir marta o'z faoliyati to'g'risidagi hisobotni fuqarolar yig'iniga
taqdim etish, shuningdek, yil yakuni bo'yicha xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari
va jamoatchilik vakillariga 3 yillik dasturning ijrosi yuzasidan hisobot berish;
maktab faoliyatiga taalluqli masalalar bo'yicha jismoniy va yuridik shaxslarning,
murojaatlarini o'z vaqtida ko'rib chiqish, jismoniy va yuridik shaxslarni qabul qilish;
ta'lim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarining sha'ni, qadr-qimmati va ishchanlik obro'sini
hurmat qilish;
ta'lim muassasa obro'si va sha'niga putur yetkazishi mumkin bo'lgan ma'lumotlarni
tarqatmaslik hamda davlat siriga kiritilgan ma'lumotlar va maxfiy axborot bilan ishlashda qonun
hujjatlari talablariga rioya qilish;
ta'lim muassasasi ustavi, kasbiy odob-axloq qoidalari, sanitariya-gigiyena, ichki mehnat
tartibi, mehnatni muhofaza qilish, texnika va yong'in xavfsizligi qoidalari talablariga rioya qilish,
shuningdek muassasa xodimlarining ushbu qoidalarga rioya etishlarini nazorat qilish;
foydalanish uchun o'ziga topshirilgan mebel, xona jihozlari, tashkiliy va maishiy texnikadan
oqilona foydalanilishi va but saqlanishini hamda o'zi ish olib boradigan xonada yong'in xavfsizligi
talablariga rioya qilinishini ta'minlash;
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshirishi mumkin.
2. O'quv ishlari bo'yicha direktor o'rinbosarining lavozim majburiyatlari
o'quv jarayonini tashkil qilish, davlat ta'lim standartlariga muvofiq o'quv-tarbiyaviy rejalar
va dasturlarning bajarilishini ta'minlash;
pedagogik xodimga belgilangan ish yuklamasini, jumladan, o'quv jarayoni, o'quv
jarayonining metodik ta'minoti va tashkiliy-pedagogik jarayonlarga oid ishlarni o'z vaqtida
bajarilishini nazorat qilish va ta'minlash;
ta'lim standartlari talablari bajarilishini nazorat qilish, o'quvchilarning o'zlashtirishi
va xulqining monitoringini amalga oshirish, fakultativ mashg'ulotlar va fanlar to'garaklarining
ishlashini tashkil qilish;
tayanch oʻquv rejaga muvofiq dars jadvallarini sanitariya qoidalari va me'yorlari,
fan o'qituvchilarining metodik kunlarini inobatga olgan holda tuzish;
pedagog xodimlarni tanlash va joy-joyiga qo'yishda ishtirok etish, pedagogik jamoaning
o'quv-metodik ishlariga rahbarlik qilish, o'qituvchilarning ilg'or tajribalarini o'rganish
va umumlashtirishni, zamonaviy pedagogik texnologiyalarni joriy qilishni tashkil etish;
o'qituvchilar faoliyatining yillik, choraklik va oylik rejalarini tasdiqlash va bajarilishini
nazorat qilish, o'qituvchilar faoliyatining tasdiqlangan rejalariga mos ravishda ish vaqti hisobini
olib borish, darslar, bosqichli nazorat imtihonlari va yakuniy davlat attestatsiyasi jadvallari
va boshqa o'quv tadbirlarini ishlab chiqish;
fan o'qituvchilari tomonidan dars mashg'ulotlarining umumiy o'rta ta'lim muassasasi
rahbariyati tomonidan tasdiqlangan dars jadvali hamda taqvim-mavzu reja asosida olib borilishini nazorat qilish;
fan o'qituvchilari tomonidan taqvim-mavzu reja asosida o'tilgan mavzularni,
o'quvchilarning o'tilgan mavzularni oʻzlashtirish bahosini dars o'tilgan kunning o'zida sinf
jurnallariga (elektron jurnallarga) qayd etilishini nazorat qilish;
fan o'qituvchilari tomonidan joriy, oraliq va yakuniy nazorat ishlarining reja asosida
oʻtkazilishi, o'quvchilarning yozma ishlari va daftarlarini tekshirilishini nazorat qilish, zarur
hollarda, metodik tavsiyalar berish;
fan o'qituvchilari tomonidan o'tiladigan darslarni tahlil qilish, metodik tavsiyalar berish;
fan o'qituvchilari tomonidan fanlarni o'zlashtirishda qiynalayotgan va iqtidorli o'quvchilar
bilan ishlash maqsadida tashkil etilgan to'garak mashg'ulotlarini tasdiqlangan jadval asosida olib
borilishini ta'minlash va nazorat qilish;
an'anaviy malaka oshirish tizimi amal qilayotgan hududlarda fan o'qituvchilarining
belgilangan muddatlarda malaka oshirish kurslarida o'qishlarini ta'minlash (uzluksiz malaka
oshirish tizimi joriy qilingan hududlarda, shu jumladan elektron malaka oshirish tizimlari orqali,
pedagog xodimlarning malakasini oshirilishi o'qituvchining shaxsiy ma'suliyati hisoblanadi); Chet tili", "Informatika va axborot texnologiyalari", "O'zbek tili/Rus tili", "Jismoniy
tarbiya", "Texnologiya" fanlarining belgilangan tartibda ikki guruhga bo'lib o'qitilishini
ta'minlash (umumiy o'rta ta'lim maktabi (maktab-internat)ning moddiy-texnik imkoniyati yoki
kadrlar yetishmovchiligi kuzatiladigan holatlar sababli ushbu darslarni boʻlib oʻqitish imkoniyati
bo'lmagan holatlar bundan mustasno);
dars mashg'ulotlari oralig'idagi tanaffuslar davomiyligini belgilangan tartibda tashkil
etilishini ta'minlash;
tegishli qonun hujjatlarida belgilangan bayram (ishlanmaydigan) kunlariga to'g'ri kelib
qolgan dars mashg'ulotlarining mavzulari o'quv dasturlarini ixchamlashtirgan holda (mavzularni
tigʻizlashtirilgan holda) keyingi dars mashg'ulotlarida oʻtilishini ta'minlash;
o'quv yili davomida o'quvchilarning belgilangan muddatlarda ta'tillarga chiqishini
ta'minlash;
an'anaviy shakldagi sinf jurnallaridan foydalanilayotgan ta'lim muassasalari sinf
jurnallarining (elektron jurnal joriy etilgan ta'lim muassasalarida faqatgina sinflar bo'yicha yillik
hisobotning bosma talqini) saqlanishini ta'minlash;
oʻqituvchilarning tarifikatsiya ro'yxatini shakllantirish va uni elektron dasturga kiritish;
o'qituvchining ma'lumoti va malaka toifasiga ko'ra amaldagi qonun hujjatlariga ko'ra
ularga darslarni to'g'ri taqsimlashda, shuningdek, xodimlarni attestatsiyadan o'tkazishga
tayyorgarlik ko'rish va o'tkazish jarayonlarida ishtirok etish;
o'quv mashg'ulotlar va ta'lim faoliyati boshqa turlarining jadvalini tuzish, ishda
vaqtinchalik bo'lmagan o'qituvchilarning dars soatlari o'z vaqtida almashtirilishini, qoldirilgan va
boshqa o'qituvchi oʻrniga o'tilgan darslarni qayd etish jurnalini yuritilishini ta'minlash;
o'quvchilarni belgilangan me'yorlar asosida bitta sinfga jamlash, ya'ni sinflar komplektini
shakllantirish;
umumiy o'rta ta'limning tayanch o'quv rejasi asosida dars soatlari setkasini (sinflar soni,
sinf komplektidagi o'quvchilar soni va tegishli mutaxassislik bo'yicha o'qituvchilar mavjudligini
inobatga olgan holda barcha fanlar bo'yicha shakllantirilgan jami dars soatlarini) tayyorlash;
boshqa umumta'lim muassasalaridan kelgan va ketgan o'quvchilarni ta'lim muassasasi
direktori buyrug'i asosida o'quvchilar ro'yxatiga (sanoqqa) kiritish yoki chiqarish;
muassasaning yillik ish rejasini ishlab chiqishda ishtirok etish va fanlar bo'yicha
metodbirlashma yig'ilishlarini o'tkazilishini nazorat qilish;
o'qituvchilar tomonidan namunaviy darslarni tashkil etilishini ta'minlash;
umumiy o'rta ta'lim maktabi direktori vaqtincha ishda bo'lmagan hollarda pedagogik
kengashni o'tkazish;
o'qituvchi va xodimlarni rag'batlantirish, ularga oylik ustamalar belgilash va mukofotlash,
moddiy yordam berishda ishtirok etish;
psixologlar va o'qituvchilarning maktab yoshidagi bolalarni ta'limga jalb etish,
o'quvchilarni kasbga yo'naltirish va bitiruvchilarni OTM ga tayyorlash ishlariga rahbarlik qilish;
ta'lim samaradorligi bo'yicha ichki nazoratni tashkil etish bo'yicha metodbirlashmalar
faoliyatini nazorat qilish;
pedagoglar va o'quv-tarbiya xodimlari tarkibining ish vaqtini hisobga olish tabelini yuritish;
muassasada avgust kengashlarini tashkil etish, fanlar bo'yicha metodbirlashma
yig'ilishlarini o'tkazilishini nazorat qilish;
pedagogik kengash, o'quv-seminar, ochiq darslarda ishtirok etish;
ta'lim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarining sha'ni, qadr-qimmati va ishchanlik obro'sini
hurmat qilish;
ta'lim muassasa obro'si va sha'niga putur yetkazishi mumkin bo'lgan ma'lumotlarni
tarqatmaslik hamda davlat siriga kiritilgan ma'lumotlar va maxfiy axborot bilan ishlashda qonun
hujjatlari talablariga rioya qilish;
ta'lim muassasasi ustavi, kasbiy odob-axloq qoidalari, sanitariya-gigiyena, ichki mehnat
tartibi, mehnatni muhofaza qilish, texnika va yong'in xavfsizligi qoidalari talablariga rioya qilish; foydalanish uchun oʻziga topshirilgan mebel, xona jihozlari, tashkiliy va maishiy texnikadan
oqilona foydalanilishi va but saqlanishini hamda o'zi ish olib boradigan xonada yong'in xavfsizligi
talablariga rioya qilinishini ta'minlash;
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshirishi mumkin.
Ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha direktor o'rinbosarining
lavozim majburiyatlari
Ta'lim muassasasida ma'naviy-axloqiy tarbiya ishlarini tashkil qilish;
tarbiyaviy ishlar rejasini ishlab chiqish, ijrosini nazorat qilish;
ta'lim muassasasi o'quvchilari hamda pedagoglari ishtirokidagi ma'naviy-ma'rifiy
xarakterdagi tadbirlarning sifati va samaradorligi monitoringini amalga oshirish;
ta'lim muassasasida turli to'garaklar va sport seksiyalarining faoliyat yuritishini ta'minlash,
o'quvchilarning qiziqishi, imkoniyati va qobiliyatlaridan kelib chiqqan holda ularni to'garaklarga
jalb etish ishlarini muvofiqlashtirish;
milliy an'analar, tarixiy qadriyatlar va buyuk ajdodlarimizning boy ma'naviy merosi asosida
o'quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash ishlarini tashkil qilish;
o'quvchilarning bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, yozgi ta'til davrida ularning
kunduzgi dam olish oromgohlarida dam olishi bilan bog'liq ishlarni amalga oshirish;
ta'lim muassasasidagi tarbiyaviy ishlar sifati va natijalarini tahlil qilish;
sinf rahbarlarining sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy faoliyatiga rahbarlik qilish,
ta'lim muassasasidagi tarbiyaviy ishlar holati va natijalarini monitoring qilish, ota-onalar
va ularning o'rnini bosuvchi shaxslar bilan hamkorlik qilish;
o'quvchilarning tartib-intizomi va davomati, tarbiyaviy ishlar samaradorligini nazorat qilish;
o'quv yili davomida har juma kuni tashkil yetiladigan "Sinf soati" darslarining o'tkazilishi
samaradorligini monitoring qilish;
o'quvchilar o'rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish masalalari bo'yicha
huquq-tartibot, fuqarolarining o'zini o'zi boshqarish organlari va boshqa tashkilotlar bilan
hamkorlikni yo'lga qo'yish;
ichki ishlar profilaktik hisobiga, maktab ichki ro'yxatiga olingan o'quvchilar hisobi
va hisobotini yuritish, ular bilan profilaktik tadbirlar amalga oshirilishini ta'minlash;
ta'lim muassasasida "xavf guruhi"ga kiruvchi (notinch, nosog'lom, to'liq bo'lmagan oila)
o'quvchilarning umumiy ro'yxatini shakllantirish, ular bilan individual yondashuv asosida alohida
tarbiyaviy ishlar olib borilishini tashkil etish;
sportchilar, jamoat arboblari, urush va mehnat faxriylari bilan uchrashuvlar, ijodiy kechalar
va boshqa tadbirlar o'tkazilishini tashkil qilish;
pedagog xodimlar uchun o'quv-yili davomida har oyning uchinchi jumasida
ma'naviy-ma'rifiy harakterdagi tadbirlarni tashkil etish;
voyaga yetmaganlarning nazorasiz va qarovsiz qolishining, ular o'rtasida jinoyatchilik
va huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan "O'quvchi", "Davomat", "Tig"" kabi profilaktik
reydlarda ishtirok etish;
sinf rahbarlari, maktab psixologlari, yoshlar yetakchisi, chaqiriqqacha harbiy ta'lim rahbari
faoliyati va ijodiy ishlar bo'yicha targ'ibotchilarning ish faoliyatini muvofiqlashtirish;
tarbiyaviy ishlar yuzasidan sinf rahbarlarining hisobotlarini eshitish, pedagogik
kengashlarda umumiy hisobot berish;
o'quvchilar o'rtasida Vatani va xalqiga sadoqat, fidoyilik, Davlat ramzlariga hurmat ruhida
tarbiyalash ishlarini tashkil etish va muvofiqlashtirish;
o'quvchilar bilan ishlashda milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash muhitini
yaratish, boy madaniy merosimiz, milliy odob-axloq me'yorlarini tarbiya jarayoniga tatbiq etish,
o'quvchilarda mehnatga ijodiy munosabatni shakllantirish;
"Oila - mahalla - ta'lim muassasasi hamkorligi Jamoat kengashi faoliyatini keng tatbiq etish,
reja asosida kengash majlisiarini tashkil etish;
6
o'quvchilarning ta'lim muassasasiga belgilangan maktab formasida kelishlarini nazorat
qilish;
o'quvchilarning turli diniy oqimlar ta'siriga tushib qolishining oldini olish, targ'ibot ishlarini
tashkil etish;
o'quvchilarning ta'lim-tarbiyasi boʻyicha ota-onalar majlislari, davra suhbatlari, muloqotlar
uyushtirish;
darslarga surunkali va muntazam kelmaydigan, tarbiyasi og'ir o'quvchilarning ota-onalari, huquq-tartibot idoralari bilan hamkorlikni muvofiqlashtirish, natijalarini reja asosida direktor
huzuridagi yig'ilishlarda muhokama etib borish;
qobiliyatli va iste'dodli o'quvchilarni rag'batlantirish, ularning ijodiy imkoniyatlarini
rivojlantirishga ko'maklashish ishlarini tashkil etish;
yoshlar yetakchisi, sinf rahbarlari bilan birgalikda o'quvchilarning xavfsizligini ta'minlagan
holda sinfdan va maktabdan tashqari, yekskursiya, ma'naviy-ma'rifiy, madaniy-ommaviy
tadbirlarni tashkil etishga, sayohatlar uyushtirishga bevosita rahbarlik qilish;
"O'zbekiston Respublikasi ta'lim muassasalarida mobil telefonlardan foydalanish tartibi
to'g'risidagi nizom", "Umumiy o'rta ta'lim maktabi oʻqituvchi va o'quvchilarining ichki tartib va
odob-axloq qoidalari", "Davlat umumiy o'rta ta'lim muassasalari o'quvchilari uchun zamonaviy
yagona maktab formasini joriy etish tartibi to'g'risidagi nizomning mazmun-mohiyatini va
talablarini ta'lim muassasasining har bir xodimi, o'quvchilari, ularning ota-onalari e'tiboriga
yetkazish, ular tomonidan rioya yetilishini nazorat qilish;
maktabning o'quv va boshqa xonalarini o'quvchilarning ma'naviy-axloqiy tarbiyasiga oid
masalalarni hal qilishga xizmat qiluvchi ko'rgazmali targ'ibot va tashviqot vositalari bilan
jihozlashni tashkil qilish;
pedagog xodimlarni tanlash va joy-joyiga qo'yishda ishtirok etish, yuqori malakali
o'qituvchilarning ilg'or pedagogik tajribasini oʻrganish, umumlashtirish va ularni ommalashtirish;
ta'lim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarining sha'ni, qadr-qimmati va ishchanlik obro'sini
hurmat qilish;
ta'lim muassasa obro'si va sha'niga putur yetkazishi mumkin bo'lgan ma'lumotlarni
tarqatmaslik hamda davlat siriga kiritilgan ma'lumotlar va maxfiy axborot bilan ishlashda qonun
hujjatlari talablariga rioya qilish; ta'lim muassasasi ustavi, kasbiy odob-axloq qoidalari, sanitariya-gigiyena, ichki mehnat
tartibi, mehnatni muhofaza qilish, texnika va yong'in xavfsizligi qoidalari talablariga rioya qilish;
foydalanish uchun o'ziga topshirilgan mebel, xona jihozlari, tashkiliy va maishiy texnikadan
oqilona foydalanilishi va but saqlanishini hamda o'zi ish olib boradigan xonada yong'in xavfsizligi
talablariga rioya qilinishini ta'minlash;
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshirishi mumkin.
Yüklə 14,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin