MONOPOLISTIK RAQOBAT VA OLIGOPOLIYA Reja
1. Monopolistik raqobat, uning belgilari. Monopolistik birlashmalar shakllari 2. Monopolistik raqobat sharoitida narx va ishlab chiqarish hajmini aniqlash 3 Oligopoliya va uning belgilari. Oligopoliya sharoitida raqobatning o‘ziga xos xususiyatlari. 4. Oligopoliya sharoitida narxlarning shakllanishi. Lyernyer koeffitsiyenti 8.1 Monopolistik raqobat, uning belgilari. Monopolistik birlashmalar shakllari Monopol raqobat - bu mukammal bo‘lmagan raqobat bozor tuzilmasining bir turi bo‘lib, unda ayni bir xil bo‘lmasa-da, o‘xshash (tabaqalashtirilgan) tovarlarni xaridorga taklif qiladigan bozor hokimligiga ega bo‘lgan mahsulot sotuvchilari o‘zaro raqobatlashadi. Bu keng tarqalgan bozor turi bo‘lib, mukammal raqobatga eng yaqin bozor tuzilmasi. Monopolistik raqobatda, har bir firma mahsulotni tabaqalashtirish sharoitida o‘z mahsuloti ustidan bir qadar monopol hukmronlikga ega ya’ni raqobatchilarning harakatlaridan qat’i nazar, u narxni ko‘tarishi yoki tushirishi mumkin. Biroq, bu hukumronlik shu kabi tovarlarni ishlab chiqaruvchilarning yetarlicha ko‘pligi va boshqa firmalar tomonidan tarmoqqa kirish yerkinligi bilan cheklangan. Masalan, Reebok krossovkalarining "muxlislari" o‘z mahsulotlari uchun boshqa firmalarning mahsulotlariga qaraganda ko‘proq pul to‘lashga tayyor, ammo agar narxlar farqi juda katta bo‘lsa, xaridor har doim bozorda unchalik taniqli bo‘lmagan firmalarning arzonroq narxdagi mahsulotlarini sotib olishi mumkin. Monopolistik raqobat bozori quyidagi xususiyatlar bilan tavsiflanadi: - bozor ko‘p sonli mustaqil firmalar (ishlab chiqaruvchilar) va xaridorlardan iborat, ammo mukammal raqobatdagidan ko‘p emas. Aynan ishlab chiqaruvchilarning uncha ko‘p emasligi monopolistik raqobatni mukammal raqobatdan ajratib turadigan xususiyatlardan biridir;
- monopolistik bozorga firmalarning kirib borishi osonroq, biroq to‘siqlar umuman yo‘q degani emas. Avvalo, tarmoqqa kirish uchun yetarli miqdorda kapital bo‘lishi kyerak. Undan tashqari firmani ro‘yxatga olish, patent va litsenziyalarni ro‘yxatdan o‘tkazish bilan bog‘liq muammolar mavjud;
- uzoq muddatli davrda bozorda omon qolish uchun monopolistik firma raqobatlashayotgan firmalar tomonidan taqdim etiladigan mahsulotlardan farq qiladigan turli xil, mahsulotlarni ishlab chiqarishi kyerak. Ya’ni tabaqalashtirilgan mahsulotlarni bozorga taqdim etishi lozim;
- sotuvchilar va xaridorlarning bozor konyunkturasi to‘g‘risida to‘liq xabardorligi;
- nisbatan kuchliroq bo‘lgan narxdan tashqari raqobat usuli. Mahsulot reklamasi rivojlanish uchun muhimdir.