I. KIRISH 2-3 II.ASOSIY QISM 1. MORFEMIKA, MORFEMALARNING TABIATIG KO‘RA TASNIFI 4-11 2. QO‘SHIMCHA MORFERA VA UNING TURLARI 12-17
3. O‘ZAK VA O‘ZAKDOSH SO‘Z TUSHUNCHASI 18-20
4 SO‘ZNING MORFEMIK TAHLILI. ………………………….………………21-26
III. XULOSA 27-28 IV. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 29-30
KIRISH Kurs ishining dolzarbligi. Olamdagi narsa va hodisalarni kuzatsangiz, ular taraqqiyotining asosida muntazam qarshiliklar, ziddiyatlar yotganligining guvohi bo‘lishingiz mumkin. Qarama-qarshiliklar qonuni dunyo taraqqiyotining asosiy mezonlaridan biri sanaladi. Turgan gapki, bu qarama-qarshiliklar tilda ham o‘z aksini topgan. Avvalo biron bir xalqni bilmoqchi bo'lsak uning tili va ma’daniyatini yaxshi bilmog'imiz lozim. Birinchi prezidentimiz Islom Abdug'aniyevich Karimov o'z asarida til haqida «Til har bir millatning ulkan boyligi, benazir qadriyati va bebaho mulki hisoblanadi. Har bir xalq, har bir elat, o‘zi hurmat va ehtirom qiladigan tilga ega. Tilda ana shu tilning ijodkori bo‘lgan xalq, elatning tarixi va madaniyati aks etadi. Ayni zamonda, til ijtimoiy taraqqiyotda ulug‘vor ahamiyat kasb etadi. Til – har bir millat o‘zligining ajralmas belgisidir»1,-deb aytgan edilar.
Til haqida muhtaram prezidentimiz Shavkat Miromonivich Mirziyoyev ham o'z fikrlarini aytganlar:»Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri boʻlgan oʻzbek tili xalqimiz uchun milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho maʼnaviy boylik, buyuk qadriyatdir.Kimda-kim oʻzbek tilining bor latofatini, jozibasi va taʼsir kuchini, cheksiz imkoniyatlarini his qilmoqchi boʻlsa, munis onalarimizning allalarini, ming yillik dostonlarimizni, oʻlmas maqomlarimizni eshitsin, baxshi va hofizlarimizning sehrli qoʻshiqlariga quloq tutsin.Turkiy tillarning katta oilasiga mansub boʻlgan oʻzbek tilining tarixi xalqimizning koʻp asrlik kechmishi, uning orzu-intilishlari, dardu armonlari, zafarlari va gʻalabalari bilan chambarchas bogʻliqdir.Ajdodlarimiz, ota-bobolarimiz aynan ona tilimiz orqali jahonga oʻz soʻzini aytib kelganlar. Shu tilda buyuk madaniyat namunalarini, ulkan ilmiy kashfiyotlar, badiiy durdonalar yaratganlar.»2 Kurs ishi maqsadi.O‘zbеk tilidagi so‘zlarning tarkibiy qismlarini, ya’ni ma’noli qismlarini o‘rganib chiqish, shuningdеk, bu hodisadan boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini boxabar qilish uchun uni boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga so‘zning tarkibiy qismlari: o‘zak va qo‘shimchalarni o‘rgatish usullarini ishlab chiqish.