Morfologiya haqida ma’lumot So’z turkumlari



Yüklə 16,55 Kb.
tarix19.12.2023
ölçüsü16,55 Kb.
#184737
Mahliyo referat antagenez 3

Morfologiya haqida ma’lumot


2. So’z turkumlari
3. Mustaqil va yordamchi so’z turkumlari
Morfologiya (yun. morphe — shakl va... logiya)(tilshunoslikda) — 1) tilning morfologik qurilishi; 2) soʻz shakllari haqidagi taʼlimot.Birinchi maʼnosida obʼyektni anglatsa, ikkinchi maʼnosida tilshunoslikning shu obʼyektni oʻrganuvchi bo'limini bildiradi.
M. so'z turkumlari, ularga xos grammatik maʼnolarni, har bir turkumga xos grammatik kategoriyalar, bu kategoriyalarni yuzaga keltiruvchi grammatik shakl va grammatik maʼnolar va shahrik.ni oʻrganadi. Til tizimdan iborat boʻlganidek, uning
M.si ham oʻziga xos tizimni tashkil etadi. Oʻz navbatida, morfologik tizim ham oʻziga xos kichik tizimlardan tashkil topadi. Ulardan har birining mohiyati
Yoritilishi bilan, tilning M.si yaxlit holda, tizim sifatida oʻrganiladi. Har bir soʻz turkumiga xos ichki tizim (tizimcha)larni shu turkumga xos morfologik kategoriyalar tashkil etadi. Morfologik kategoriyalar soʻz turkumiga xos
maʼlum bir hodisaga oid umumiy va xususiy maʼnolar va bu maʼnolarni ifodalovchi soʻz shakllari birligidan iborat boʻladi. Ana shu soʻz shakllari va ularga xos umumiy va xususiy maʼnolar yoritilishi bilan muayyan morfologik kategoriyalarning mo-
hiyati belgilanadi. Boshqacha aytganda, morfologik tizim ichidagi ichki
tizimlardan
birining mohiyati belgilanadi. Mas, feʼlning zamon kategori-yasi feʼl M.sida
alohida
tizimni tashkil etadi. Shuning uchun feʼlning zamonlariga nisbatan "feʼl
zamonlari
tizimi" degan ibora ham qoʻllanadi. Feʼlning zamon kategoriyasi, zamon
tizimining
mohiyati shundan iboratki, zamon shakllarining barchasi harakatning nutq
vaqtiga
(nutq momentiga) munosabatini bildiradi. Bu — zamon shakllarining barchasi
uchun umumiy boʻlgan xususiyat. Shu bilan birga har bir zamonga oid feʼl shakli
(shakllari) oʻziga xos xususiyatga ega. Mas, oʻtgan zamon shakllari
harakatning nutq
vaqtigacha, hozirgi zamon shakllari harakatning nutq vaqtida, kelasi zamon
shakllari
harakatning nutq vaqtidan keyin bajarilishini bildiradi. Feʼl zamon
shakllariga xos
ana shu umumiy va xususiyliklar zamon kate-goriyasining , feʼl zamonlari
tizimining mohiyatidir. Demak, feʼl turkumiga oid har bir morfologik
kategoriyaning mohiyatini aniqlash bilan feʼlning morfologik tizimi yoritiladi
So‘zlarning lug‘aviy va grammatik ma’no jihatdan o‘xshashligiga ko‘ra ayrim
leksik - grammatik guruhlariga ajratilish so‘z turkumlari deyiladi. So‘zlarni
turkumlarga ajratishda ularning grammatik ma’no-lari
bilan bir qatorda
, lug‘aviy
ma’nosi ham asosiy belgilardan hisob-lanadi. Ham grammatik, ham leksik
ma’nolarga ega bo‘lib, gapda mustaqil sintaktik bo‘lak sifatida ishtirok
etadigan
so‘zlar mustaqil so‘zlar deyiladi. Mustaqil so‘zlarga: ot, sifat, son, olmosh,
fe’l,
ravish kiradi.

Mustaqil leksik ma’noga ega bo‘lmaydigan, gap bo‘lagi vazifasini bajara


olmaydigan, biroq so‘z va gaplarni o‘zaro bog‘lash yoki ularga qo‘shimcha ma’no
nozikligi kiritish (yuklash) uchun xizmat qiladigan so‘zlar yordamchi
so‘zlar deyiladi. Yordamchi so‘zlar umumiy vazifalarga ko‘ra uch turli
bo‘ladi:1)
ko‘makchi; 2) bog‘lovchi; 3) yuklama.
Undov, taqlid va modal so‘zlar esa, yordamchi so‘zlarning alohida guruhini
tashkil etadi. Chunki undov va taqlid so‘zlar gap bo‘lagi sifatida ham,
mustaqil so‘z-
gap sifatida ham qo‘llanadi. Ayni paytda mustaqil so‘zlarning yasalishida ham
ishtirok eta oladi. Biroq bu so‘zlar harakat va hodisaning atamasi bo‘la
olmasligi,
ya’ni lug‘aviy ma’no ifoda eta olmasligi bilan yordamchi so‘zlarga
o‘xshashdir.
Shuning uchun ham undov
, taqlid, modal so‘zlarning har biri o‘ziga xos
xususiyatlari bilan alohida - alohida turkumni tashkil etadi.
Ko‘rinadiki, so‘zlarni turkumlarga ajratishda, birinchidan, lug‘aviy ma’no,
ikkinchidan, morfologik shakl, uchinchidan, biror sintaktik vazifa bajarish
xususiyati, to‘rtinchidan, qo‘llanish qurshovi (distributsiyasi) e’tiboridan
kelib
chiqiladi. Shunga ko‘ra so‘zlarning hozirgi o‘zbek tilidagi turkumlari: 1) ot,
sifat,
son, olmosh, fe’l, ravish kabi mustaqil so‘zlar; 2) ko‘makchi, bog‘lovchi,
yuklama
kabi yordamchi so‘zlar; 3) modal so‘zlar, taqlid so‘zlar, undov so‘zlar kabi
alohida
yordamchi so‘zlar guruhidan iborat.
Yüklə 16,55 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin