Mundarija



Yüklə 0,65 Mb.
səhifə1/12
tarix06.06.2020
ölçüsü0,65 Mb.
#31551
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Mundarija

Mundarija


Mundarija 1

SO’Z BOSHI 2

Xavfsizlikning asosiy yo’nalishlari 4

Axborot-kommunikatsion tizimlar va tarmoqlarda taxdidlar va zaifliklar 7

2. Ma’ruza. Tarmoqdagi axborotga bo’ladigan na`munaviy hujumlar. Axborot xavfsizligi modellari 10

3.Ma’ruza. Axborot xavfsizligini tahminlashning asosiy yo’llari. Axborot xavfsizligining huquqiy va tashkiliy tahminoti. 13

Axborot xavfsizligining xizmatlari va mexanizmlari. Axborot-kommunikatsion tizimlar va tarmoqlar xavfsizligiga qo’yiladigan talablar 14

4. Ma’ruza. Axborotni himoyalashning kriptografik usullari. Elektron raqamli imzo. 18

Kriptotizimlarga qo’yilgan talablar 20

Axborotni simmetrik algoritmlar asosida kriptografik ximoyalash tamoyillari 21

Axborotni nosimmetrik algoritmlar asosida kriptografik ximoyalash tamoyillari 22

Shifrlash standartlari. Kriptografik kalitlarni boshqarish. Xeshlash funktsiyasi 23

Kriptografik kalitlarni boshqarish 24

Xeshlash funktsiyasi 25

Elektron raqamli imzo va uning zamonaviy turlari 25

5. Ma’ruza. Axborot xavfsizligida identifikatsiya va autentifikatsiya. Tarmoqlararo ekran texnologiyasi. 28

6. Kompyuter viruslari va ularga qarshi kurashish mexanizmlari. 30

Virus nima? 30

Kompyuter viruslari qanday hosil bo’ladi? 31

Virus paydo bo’lish belgilari. 34

Virusga qarshi dasturlar 34

7. Ma’ruza. Axborot-kommunikatsion tizimlarda suqilib kirishlarni aniqlash. Mahlumotlarni uzatish tarmog’ida axborotni himoyalash. 36

Xujumlarni aniqlash 36

8. Ma’ruza. Virtual himoyalangan tarmoqlar. Simsiz aloqa tizimlarida axborot himoyasi. 38

Simsiz aloqa tizimlarida axborot himoyasi. Simsiz qurilmalar xavfsizligi muammolari 40

9. Ma’ruza. Xavfsizlikni boshqarish va himoya tizimini qurish. 44

Parolli himoya va ularning zamonaviy turlari. Parollar asosida autentifikatsiyalash 44

Elektron biznes va uning xavfsizligi muammolari. 46

Asosiy adabiyotlar 49




SO’Z BOSHI

Tez rivojlanib borayotgan kompyuter axborot texnologiyalari bizning kundalik xayotimizning barcha jabxalarida sezilarli o’zgarishlarni olib kirmokda. Xozirda “axborot tushunchasi” sotib olish, sotish, biror boshka tovarga almashtirish mumkin bulgan maxsus tovar belgisi sifatida tez-tez ishlatilmokda. Shu bilan birga axborotning baxosi kup xollarda uning uzi joylashgan kompyuter tizimining baxosida bir necha yuz va ming barobarga oshib ketmokda. SHuning uchun tamomila tabiiy xolda axborotni unga ruxsat etilmagan xolda kirishdan, kasddan o’zgartirishdan, uni ugirlashdan, yo’qotishdan va boshka jinoiy xarakterlardan ximoya qilishga kuchli zarurat tugiladi.



Kompyuter tizimlari va tarmoqlarida axborotni ximoya ostiga olish deganda, berilayotgan, saqlanayotgan va qayta ishlanilayotgan axborotni ishonchliligini tizimli tarzda ta’minlash maksadida turli vosita va usullarni kullash, choralarni kurish va tadbirlarni amalga oshirishni tushunish kabul qilingan.
Axborotni ximoya qilish deganda:1


  • Axborotning jismoniy butunligini ta’minlash, shu bilan birga axborot elementlarining buzilishi, yoki yo’q qilinishiga yul kuymaslik;

  • Axborotning butunligini saklab kolgan xolda, uni elementlarini kalbakilashtirishga (o’zgartirishga) yul kuymaslik;

  • Axborotni tegishli xukukularga ega bulmagan shaxslar yoki jarayonlar orkali tarmokdan ruxsat etilmagan xolda olishga yul kuymaslik;

  • Egasi tomonidan berilayotgan (sotilayotgan) axborot va resurslar fakat tomonlar urtasida kelishilgan shartnomalar asosida kullanilishiga ishonish kabilar tushuniladi.

Yukorida ta’kidlab utilganlarning barchasi asosida kompyuter tarmoklari va tizimlarida axborot xavfsizligi muammosining dolzarbligi va muximligi kelib chikadi. SHuning uchun xozirgi kurs Respublikamizning oliy va urta maxsus ukuv muassasalari ukuv rejalarida munosib urin egallaydi.
Ushbu fanning vazifalari:


  • Talabalarda axborot xavfsizligi tugrisidagi bilimlarni shakllantirish;

  • Axborotni ximoya qilishning nazariy, amaliy va uslubiy asoslarini berish;

  • Talabalarga kompyuter tarmoklari va tizimlarida axborot xavfsizligini ta’minlashning zamonaviy usullari va vositalarini kullashni amaliy jixatdan urgatish;

  • Talabalarni axborotni ximoya qilish buyicha ishlab chikarilgan turli xil dasturiy maxsulotlardan erkin foydalana olish imkonini beradigan bilimlar bilan ta’minlash;

Kursni uzlashtirish natijasida talaba kuyidagilarnibilishi shart;

  • kompyuter tarmoklari va tizimlaridagi axborot xavfsizligiga taxdid solishi kutilayotgan xavf xatarning moxiyatini va okibatlarini tushunishi;

  • kompyuter tarmoklari va tizimlarida axborotni ximoya qilish buyicha kuyiladigan asosiy talablar va asoslarni uzlashtirish;

  • kompyuter tarmoklari va tizimlarida axborot xavfsizlagini ta’minlashda kullaniladigan zamonaviy usullar va vositalarni bilish;

  • tizimlarda axborot butunligi va ishochligini buzuvchi viruslar va boshka manbalar mavjudligini tizimli tekshirishni ta’minlash va ularni zararsizlashtirish buyicha choralarni kurish;

  • axborotni ximoya qilishda kullaniladigan zamonaviy amaliy tizimlar va dasturiy maxsulotlarni ishlata olish;

1. Ma’ruza. Kirish. Axborot xavfsizligi tushunchasi va axborotni himoyalash muammolari. Axborot-kommunikatsion tizimlar va tarmoqlarda taxdidlar va zaifliklar
Reja:

1. Axborot xavfsizligi tushunchasi va axborotni himoyalash muammolari

2. Axborot-kommunikatsion tizimlar va tarmoqlarda taxdidlar va zaifliklar
Axborotning muximlik darajasi qadim zamonlardan ma’lum. SHuning uchun xam qadimda axborotni himoyalash uchun turli xil usullar qo’llanilgan. Ulardan biri – sirli yozuvdir. Undagi xabarni xabar yuborilgan manzil egasidan boshqa shaxs o’qiy olmagan. Asrlar davomida bu san’at – sirli yozuv jamiyatning yuqori tabaqalari, davlatning elchixona rezidentsiyalari va razvedka missiyalaridan tashqariga chiqmagan. Faqat bir necha o’n yil oldin hamma narsa tubdan o’zgardi, ya’ni axborot o’z qiymatiga ega bo’ldi va keng tarqaladigan mahsulotga aylandi. Uni endilikda ishlab chiqaradilar, saqlaydilar, uzatishadi, sotadilar va sotib oladilar. Bulardan tashqari uni o’g’irlaydilar, buzib talqin etadilar va soxtalashtiradilar. SHunday qilib, axborotni himoyalash zaruriyati tug’iladi. Axborotni qayta ishlash sanoatining paydo bo’lishi axborotni himoyalash sanoatining paydo bo’lishiga olib keladi.


Xavfsizlikning asosiy yo’nalishlari


Axborot xavfsizligi. Axborot xavfsizligining dolzarblashib borishi, axborotning strategik resursga aylanib borishi bilan izohlash mumkin. Zamonaviy davlat infratuzilmasini telekommunikatsiya va axborot tarmoqlari hamda turli xildagi axborot tizimlari tashkil etib, axborot texnologiyalari va texnik vositalar jamiyatning turli jabhalarida keng qo’llanilmoqda (iqtisod, fan, ta’lim, xarbiy ish, turli texnologiyalarni boshqarish va x.k.)

Iqtisodiy xavfsizlik. Milliy iqtisodda axborotlarni yaratish, tarqatish, qayta ishlash va foydalanish jarayoni hamda vositalarini qamrab olgan Yangi tarmoq vujudga keldi. «Milliy axborot resursi» tushunchasi Yangi iqtisodiy kategoriya bo’lib xizmat qilmoqda. Davlatning axborot resurslariga keltirilayotgan zarar axborot xavfsizligiga xam ta’sir ko’rsatmoqda. Mamlakatimizda axborotlashgan jamiyatni shakllantirish va uning asosida jahon yagona axborot maydoniga kirib borish natijasida milliy iqtisodimizga turli xildagi zararlar keltirish xavfi paydo bo’lmoqda.

Mudofaa xavfsizligi. Mudofaa sohasida xavfsizlikning asosiy ob’ektlaridan bo’lib, mamlakatning mudofaa potentsialining axborot tarkibi va axborot resurslari hisoblanmoqda. Xozirgi kunda barcha zamonaviy qurollar va harbiy texnikalar juda ham kompyuterlashtirilib yuborildi. SHuning uchun xam ularga axborot qurollarini qo’llash ehtimoli katta.

Ijtimoiy xavfsizlik. Zamonaviy axborot – kommunikatsiyalar texnologiyalarining milliy iqtisod barcha tarmoqlarida keng qo’llanishi inson psixologiyasi va jamoa ongiga «yashirin» ta’sir ko’rsatish vositalarining samaradorligini yuksaltirib yubordi.

Ekologik xavfsizlik. Ekologik xavfsizlik – global masshtabdagi muammodir. «Ekologik toza», energiya va resurs tejaydigan, chiqindisiz texnologiyalarga o’tish faqat milliy iqtisodni axborotlashtirish hisobiga qayta qurish asosidagina yo’lga qo’yish mumkin.

Avtomatlashtiriltan axborot tizimlarida axborotlar o’zining hayotiy davriga ega bo’ladi. Bu davr uni yaratish, undan foydalanish va kerak bo’lmaganda yo’qotishdan iboratdir (2-rasm ).

Axborotlar xayotiy davrining xar bir bosqichida ularning himoyalanganlik darajasi turlicha baholanadi.

Maxfiy va qimmatbaho axborotlarga ruxsatsiz kirishdan himoyalash eng muxim vazifalardan biri sanaladi. Kompyuter egalari va foydalanuvchilarning mulki huquqlarini himoyalash - bu ishlab chiqarilayotgan axborotlarni jiddiy iqtisodiy va boshha moddiy hamda nomoddiy zararlar keltirishi mumkin bo’lgan turli kirishlar va o’g’irlashlardan himoyalashdir.




2-rasm

Axborot xavfsizligi deb, ma’lumotlarni yo’qotish va o’zgartirishga yo’naltirilgan tabiiy yoki sun’iy xossali tasodifiy va qasddan ta’sirlardan xar qanday tashuvchilarda axborotning himoyalanganligiga aytiladi.

Ilgarigi xavf faqatgina konfidentsial (maxfiy) xabarlar va xujjatlarni o’g’irlash yoki nusxa olishdan iborat bo’lsa, hozirgi paytdagi xavf esa kompyuter ma’lumotlari to’plami, elektron ma’lumotlar, elektron massivlardan ularning egasidan ruxsat so’ramasdan foydalanishdir. Bulardan tashqari, bu xarakatlardan moddiy foyda olishga intilish ham rivojlandi.



Axborotning himoyasi deb, boshqarish va ishlab chiqarish faoliyatining axborot xavfsizligini ta’minlovchi va tashkilot axborot zaxiralarining yaxlitliligi, ishonchliligi, foydalanish osonligi va maxfiyligini ta’minlovchi qatiy reglamentlangan dinamik texnologik jarayonga aytiladi.

Axborotning egasiga, foydalanuvchisiga va boshka shaxsga zarar yetkazmokchi bo’lgan nohuquqiy muomaladan xar qanday xujjatlashtirilgan, ya’ni identi­fikatsiya qilish imkonini beruvchi rekvizitlari qo’yilgan xolda moddiy jismda qayd etilgan axborot ximoyalanishi kerak.

Axborot xavfsizligi nuktai nazaridan axborotni quyidagicha turkumlash mumkin:

maxfiylik — aniq bir axborotga fakat tegishli shaxslar doirasigina kirishi mumkinligi, ya’ni foydalanilishi qonuniy xujjatlarga muvofik cheklab qo’yilib, xujjatlashtirilganligi kafolati. Bu bandning buzilishi o’g’irlik yoki axborotni oshkor qilish, deyiladi;

konfidentsiallik — inshonchliligi, tarqatilishi mumkin emasligi, maxfiyligi kafolati;

yaxlitlik — axborot boshlang’ich ko’rinishda ekanligi, ya’ni uni saqlash va uzatishda ruxsat etilmagan o’zgarishlar qilinmaganligi kafolati; bu bandning buzilishi axborotni soxtalashtirish deyiladi;

autentifikatsiya — axborot zaxirasi egasi deb e’lon qilingan shaxs xaqiqatan xam axborotning ega­si ekanligiga beriladigan kafolat; bu bandning buzilishi xabar muallifini soxtalashtirish deyiladi;

apellyatsiya qilishlik — yetarlicha murakkab ka­tegoriya, lekin elektron biznesda keng qo’llaniladi. Kerak bo’lganda xabarning muallifi kimligini isbotlash mumkinligi kafolati.

Yukoridagidek, axborot tizimiga nisbatan quyidagicha tasnifni keltirish mumkin:

ishonchlilik — tizim meyoriy va g’ayri tabiiy xollarda rejalashtirilganidek o’zini tutishlik kafo­lati;

aniqlilik — xamma buyruqlarni aniq va to’liq bajarish kafolati;

tizimga kirishni nazorat qilish — turli shaxs guruxlari axborot manbalariga xar xil kirishga egaligi va bunday kirishga cheklashlar doim bajarilishlik kafolati;

nazorat qilinishi — istalgan paytda dastur majmuasining xoxlagan kismini tulik tekshirish mumkinligi kafolati;

identifikatsiyalashni nazorat qilish — xozir tizimga ulangan mijoz aniq o’zini kim deb atagan bulsa, aniq o’sha ekanligining kafolati;

qasddan buzilishlarga to’sqinlik — oldindan kelishilgan me’yorlar chegarasida qasddan xato kiritilgan ma’lumotlarga nisbatan tizimning oldindan kelishilgan xolda o’zini tutishi.

Axborotni ximoyalashning maqsadlari kuyidagilardan iborat:

- axborotning kelishuvsiz chikib ketishi, ugirlanishi, yo’qotilishi, o’zgartirilishi, soxtalashtirilishlarning oldini olish;

- shaxs, jamiyat, davlat xavfsizliligiga bulgan xavf – xatarning oldini olish;

- axborotni yo’q qilish, o’zgartirish, soxtalashtirish, nusxa kuchirish, tusiklash buyicha ruxsat etilmagan xarakatlarning oldini olish;

- xujjatlashtirilgan axborotning mikdori sifatida xukukiy tartibini ta’minlovchi, axborot zaxirasi va axborot tizimiga xar kanday nokonuniy aralashuvlarning kurinishlarining oldini olish;

- axborot tizimida mavjud bulgan shaxsiy ma’lumotlarning shaxsiy maxfiyligini va konfidentsialligini saklovchi fukarolarning konstitutsion xukuklarini ximoyalash;

- davlat sirini, konunchilikka mos xujjatlashtirilgan axborotning konfidentsialligini saklash;

- axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni ta’minlovchi vositalarni yaratish, ishlab chikish va kullashda sub’ektlarning xukuklarini ta’minlash.


Yüklə 0,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin