Bahronova Gulhayoning
14-yanvar — Vatan himoyachilari kuniga bag’ishlangan
Mavzusidagi
MUQADDAS BURCH IZHORI qalbdan
14-yanvar Vatan himoyachilari kuniga bag’ishlangan tadbir senariysi Maktab zali va sahnasi bayramona bezatilgan. Zalning bir tomonidan “O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari – yurt tinchligi va xafsizligining kafolatidir”, “O’zbekiston o’g’lonlari”, “Harbiylar hayotidan” kabi sarlavhalar ostida fotoko’rgazmalar tashkil etilgan. Ikkinchi tomonda esa “Vatan posbonlari”, “Biz munosib izdoshlar bo’lamiz” kabi mavzularda o’quvchilarning yozgan ijodiy ishlari, referatlar va rasmlar. Shuningdek, zal vatan himoyachilari kuniga bag’ishlangan ddevoriy gazetalar, rang barang sharlar va gullar bilan yasatilgan.
Bayram tantanasiga hokimiyat, xalq ta’limi xodimlari, harbiy faxriylar va xizmatchilar, askarlar va ularning yaqinlari, mahalla fuqarolar yig’ini faollari, faxriy ustozlar va ota-onalar taklif etiladi.
Zal bo’ylab Vatanimiz madhiyasi taraladi. Ustoz: - 1992-yil 14-yanvar O’zbekiston respublikasining oily kengashining “O’zbekiston Respublikasi hududidagi joylashgan herbiy qismlar va harbiy o’quv muassalari to’g’risidagi” qarori asosida O’zbekistonning o’z Qurolli Kuchlari tashkil etildi. O’zbekiston respublikasi Oliy Kengashining 1993-yil 239-dekabrdagi “Vatan himoyachilari kunini belgilash to’g’risida”gi qonunga binoan 14-yanvar “Vatan himoyachilari kuni”, - deb e’lon qilindi.
Mustaqillik yillari yurtboshimiz tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan harbiy islohotlar jarayonida qisqa muddat ichida O’zbekistonda mamlakatimiz xafsizligi va barqarorligi, sarhadlarimiz daxlsizligini ishonchi himoya qilishga har jihatdan qodir bo’lgan zamonaviy, eng yangi bo’lgan qurol-yarog’lar va harbiy texnikalar bilan ta’minlangan mutlaqo yangi milliy armiyamiz vujudga keldi. Uning zamirida xalqimizning ming yillar davomida shakllangan qadimiy an’ana va qadriyatlari, buyuk ajdodlarimiz jaloliddin Manguberdi, Amir Temurning Vatanga bo’lgan muhabbati va yurtga sadoqati mujassamdir.
Albatta biz milliy armiyamiz bilan har qancha faxrlansak arziydi.
O’quvchilar Anvar Obidjon so’zi, Shuxrat Dadajonov musiqasi asosida yaratilgan “O’zbekiston harbiylari” qo’shig’ini musiqa jo’rligida ijro etadilar.