Musiqa san’ati qadimgi davrlardan Markaziy Osiyo hududlarida yashab kelgan xalqlar madaniyatining ajralmas qismi hisoblangan



Yüklə 136,94 Kb.
səhifə1/2
tarix14.12.2023
ölçüsü136,94 Kb.
#177220
  1   2
Mavzu (2)


Mavzu
Musiqa san’ati qadimgi davrlardan Markaziy Osiyo hududlarida yashab kelgan xalqlar madaniyatining ajralmas qismi hisoblangan.Uning yo’nalishlari,janrlari,shakllari o’zbek xalqining ajdodlari bo’lmish hozirgi Markaziy Osiyo,Afg’oniston,pokiston,Eron va Sharqiy Turkiston hududida yashagan qadimgi sug’diylar,xorazmiylar,parfiyaliklar,baqtiriyaliklar ijodiy faoliyati va tafakkurining mahsuli sifatida asrlar davomida shakllanib taraqqiy etib kelingan.Shuningdek,bu san’at turning rivojlanishiga Xitoyning shimoliy chegaralaridan to Sharqiy Yevropagacha cho’zilgan ulkan mintaqaning dasht,o’rmon-dasht,tog’li o’lkalarida yashagan (skif,savromat-sarmat sak-massaget)xalqlarining tasiri ham nihoyatda katta bo’lganligini hisoblovchi dalillar yetarli.Musiqa sanatining tarixiy shakllanish jarayoni dastlab tabiat hamda tevarak-atrofdasodir bolayotgan voqea-hodisalarni tushunishga harakat qilishga bolgan ehtiyoj sifatida ilk mifolog tasavvurlar tasiri ostida kechib keyinchalik kohinlar boshchiligida otkaziladigan turli marosimlarning ruhiy-manaviy oziq mazmuniga aylandi.Musiqa sanatini takomillashuvi shaharlar madaniy hayotining rivojlanishi bilan boǵliq bolib uning ildizlari eramizdan avvalgi ikkinchi ming yillik oxiri va birinchi ming yillik boshlariga borib taqaladi.Ijtimoi munosabatlarning rivojlanishi turli xil tadbirlarni otkazish uchun xizmat qiluvchi maxsus tayyorgarlikni otagan kishilar yani musiqachilar qatlamining shakllanish jarayonini tezlashtiradi.Umumiy maqsad asosida birlashgan musiqachilar sozandalar raqqosalar butun sanat ahli ajdodlari tomonidan qoldirilgan musiqiy-manaviy merosni organib boyitib uni ustoz-shogird ananalarini davom ettirgan holda keying avlod vakillariga yetkazish yolida jonbozlik kórsatishgan.
Bunday toifadagi kishilar faoliyatining dastlabki kurtaklari esa óz davrining xususiyatlaridan kelib chiqqan holda kohinlar jamoasi muhitida ildiz otdi.Insonning ichki ruhiy kechinmalari yashash hayot olim bilan boǵliq mushohalari kundalik munosabatlar doirasidagi voqea va hodisalarga nisbatan tasir ostidagi mushohadalari yaqqol ifodasi musiqiy ohanglar sadosi tarzida jiloblanib baralla yangray boshladi.Óz navbatida musiqa xalqining ruhiy-emotsional tuyǵulariga tasir etish hodisasini olgan kohinlar uchun mafkuraviy qurol korsatish vositasisifatida ham xizmat qiladi.
Geradot chól va dahshatli hududlarda yashovchi massagetlar bir joyda tóplanib kohin boshchiligida ulkan gulxan atrofida Hum(Xaoma) ósimligi mevasi va barglarini olovga tashlab uning inson ruhiyatiga ta̕sir etuvchi tutuni tasirida maslik holatida junbushga kelib qóshiq aytib raqsga tushushlari haqida malumot keltiradi”:…..ularda yana bir daraxt borki uning mevasini avaylab terib oladilar.Keyin gulxan yoqib atrofiga o̕tirib haligi mevadan olovga oz-ozdan tashlab chiqqan tutunni hidlashib huddi elinlar may ichib mast bolgandek kayf qilishadi.Haligi mevalarni tashlaganlari sari kayflari oshib borib oxirida oyin tushib qoshiq kuylashadi.
Chertma musiqa asboblari ijrosida otkaziladigan qadimgi marosimlar va ularda ijro etadigan qoshiqlar raqslar haqida dastlabki manbalarki manbalardan biri sifatida Saymanli tosh(Farǵona vodiysi)petrogliflari hikoya qiladi.Toǵ qoyatoshlarida tasvirlangan musiqa asboblaridan biri daf sozi bolib uning asosini ortasidan teshik hosil qilingan hamda aylana shakliga keltirilgan teri bilan qoplangan ulkan tosh tashkil qilgan.
”Shohnoma“da yozilishicha daf va qayroq chertilganda hosil boladigan tovush va sadolar shoh Zaxxokning bosh oǵriqlarini ma̕ lum muddat qoldirishga xizmat qilgan.Bu afsona qurbonlik marosimi bilan uzviy boǵliq bo̕ lib, hayvon terisi qoplagan tosh, hosildorlik mabudi ishonchining ajralmas qismi,belgisi sifatida namoyon bo’ladi.
Baqtriyaning qadimgi taxti Sangin shahari xarobalaridan topilgan Saroy mehrobidagi qo’sh nayli musiqa asbobi (avlos)chalib turgan g’zallik,nafosat,suv,nabotot ilohiysi hisoblangan Silena-Marsiya haykali ham qadim zamonlardan boshlab ushbu husdudlarda musiqa madaniyati qanchalik darajada rivojlanganligini ko’rsatadi.
Shuningdek,ibodotxona xarobalaridan bir-biriga ulangan suyaklar birikmasi hamda gilli qotishmalardan yasalgan, puflab chalinadigan sozlar ham topilgan.
Qo’shnayli avlos musiqa asbobi



Yüklə 136,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin