Toshkent shahar Yashnabod tumani
TDSI Xalq tabobati fakulteti 1-kusr talabasi
Abdusattorov Abduma'rufning
fanidan yozgan
Mustaqil ishi
Mavzu:
1. 1,2,3-juft bosh miya nervlarini tasvirlang
2. 4,5,6-juft bosh miya nervlarini vazifasi haqida ma'lumot bering
3. 7,8,9-juft bosh miya nervlari haqida ma'lumot bering
4. 10,11,12-juft bosh miya nervlari haqida ma'lumot bering
1. Bosh miya nervlari (nn craniales) bosh miya asosidan chiquvchi 12
juft nervdan iborat. Ular quyidagilar.
I juft - hidlov nervi - nervus olfactorius
II juft - ko'ruv nervi — nervus opticus
III juft - ko‘zni harakatlantiruvchi nerv — nervus oculomatorius
IV juft - g'altak nervi — nervus trochlearis
V juft - uch shoxli nerv — nervus trigeminus
VI juft - uzoqlashtiruvchi nerv — nervus abducens
VII juft - yuz nervi — nervus facialis
VIII juft - dahliz-chig‘anoq nervi — nervus vestibulocochlearis
IX juft - til-yutqin nervi — nervus glossopharyngeus
X juft - adashgan nerv — nervus vagus
XI juft - qo'shimcha nerv — nervus accessorius
XII juft - til osti nervi — nervus hypoglossus
Bosh miya nervlari tuzilishi jihatidan orqa miya nervlaridan farq qiladi.
Bu farq bosh miya hamda kallaning taraqqiyotini tana va orqa miya taiaqqiyotidan
boshqacha bo'lishiga bog'liq.
12 juft bosh miya nervlarini bir nechta guruhga bo'linadi:
I guruhga uchta sezuvchi nervlar: I juft - hidlov nervi, II juft -ko'ruv
nervi, VIII juft - dahliz-chig'anoq nervi kiradi.
II guruhga beshta harakatlantiruvchi nervlar: III juft-ko'zni
harakatlantiruvchi nerv, IV juft-g'altak nervi, Vljuft-uzoqlashtiruvchinerv,
XI juft-qo'shimcha nerv, XII juft-til osti nervi kiradi.
III guruhga to'rtta aralash nervlar: V juft - uch shoxlik nerv, VII juft -
yuz nervi, IX juft - til yutqin va X juft - adashgan nerv kiradi. Oxirgi guruh
nervlar tarkibida sezuvchi, harakatlantiruvchi va vegetativ tolalar bo'ladi,
ammo nervlaming bunday bo'linishi shartli ravishda, chunki har qanday
harakatlantiruvchi nerv tarkibida chuqur sezgi va vegetativ tolalar bo'ladi.
Bosh miya nervlari orqa miya nervlariga o'xshab orqa va oldingi ildizlar
yig'indisidan iborat bo'lmay, faqat oldingi yoki orqa ildizlardan hosil bo'lgani
uchun harakatlantiruvchi yoki sezuvchi nervlar bo'ladi. Bundan tashqari,
bosh miya nervlarining hech qaysisi boshqa biroviga o'xshamaydi.
12 juft bosh miya nervlari taraqqiyotiga qarab bir necha guruhga bo'linadi:
I. Oldingi miyadan taraqqiy etuvchi I va II juft nervlar. Ular bosh miya
o'simtalari bo'lib, hidlov nervi hidlov miyasidan, ko'ruv nervi esa oraliq
miyadan taraqqiy etadi.
II. Bosh miotomlari bilan aloqada taraqqiy etuvchi (III, IV, VI juft)
nervlar. Bu nervlar boshning oldingi uchta somitidan taraqqiy etgan ko'z
olmasi mushaklarini innervatsiya qiladi.
III. Visseral ravoq nervlari (V, VII, IX, X juft). Bu nervlaming tugunlari
bo'lib ularda soxta uni polyar hujayralar joylashgan. Ulaming taraqqiyoti
orqa miya bilan bog'liq. Ulaming tarkibida sezuvchi tolalardan tashqari harakatlantiruvchi tolalar ham bo‘lib, visseral apparat mushaklarini
innervatsiya qiladi. Shuning uchun ulami visseral ravoqlar nervlari deyiladi.
Vjuft I visseral ravoq nervi. VII juft II visseral ravoq nervi. IX juft III
vasseral ravoq nervi. X juft IV va keyingi ravoqlar nervi. XI juft qo'shimcha
nerv o'z taraqqiyotida X juft nervdan ajrab chiqqani uchun shu guruhga
kiritiladi. VIII juft nerv taraqqiyoti davrida VII nervdan ajrab chiqqan sezuvchi
nerv hisoblanadi.
IV. 3-4 ta orqa miya nervlarining qo'shilishidan hosil bo'ladigan XII juft
til osti nervi.
Hidlov nervi
I juft, hidlov nervi (nn. olfactorius) burun bo'shlig'i hidlov sohasining
shilliq pardasida joylashgan hidlov hujayralarining markaziy o'simtalaridan
iborat. Ular 15-20 ta ingichka hidlov nervlarini hosil qilib, g'alvirsimon
suyakning g'alvirsimon plastinkasidan o'tib hidlov piyozchasida (bulbus
olfactorii) tugaydi.
Ko‘ruv nervi
II juft, ko'ruv nervi (n. opticus) to'r pardaning ko'r dog' sohasida
ganglioz hujayralaming aksonlari to'plamidan hosil bo'ladi. Nerv tomirli va
oqliq pardani teshib o'tib (koz qismi), ko'z kosasidan (koz kosasi qismi)
ko'ruv nervi kanali orqali (kanal ichi qismi) kalla bo'shlig'iga (kalla ichi
qismi) chiqadi. Miya tubida ikki tomondan kelayotgan nervlar bir-biriga
yaqinlashib, o'zaro to'liq bo'lmagan kesishma (chiasma opticum) hosil
qilib ko'ruv traktiga o'tib ketadi.
Ko'zni harakatlantiruvchi nerv III juft, ko'zni harakatlantiruvchi nerv (n. oculomotorius) (125- rasm) tarkibida harakatlantiruvchi va vegetativ tolalari bor. Ular - o'rta miyaning to'rt tepaligini yuqori tepachalari sohasida, Silviy suv yo'li
tubida joylashgan harakatlantiruvchi (nucleus nerri oculomatorii) va qo'shimcha vegetativ. Toq mayda hujayrali (Perlia) vegetativ o'zak kiprikli mushakni
innervatsiya qiladi. Ko'zni harakatlantiruvchi nerv miya oyoqchalarining
(Yakubovich) (nucleus oculomatorius accesorius) o'zaklaridan boshlanadi. Juft yirik hujayrali somatik o'zak ko'z olmasi mushaklarini innervatsiya qiladi. Juft mayda hujayrali vegetativ o'zak ko'z qorachig'ini toraytiruvchi mushakni
innervatsiya qiladi. medial yuzasidan chiqadi. U oldinga yo'nalib, ko'z
kosasining yuqori tirqishi orqali ko'z kosasiga kiradi va ikki shoxga bo'linadi.
Ustki shox (r. superior) sof harakatlantiruvchi bo'lib, ustki qovoqni
ko'taruvchi mushak (m.levator palpebrae superior) va ko'zning yuqori
to'g'ri mushagini (m.rectus superior) innervatsiya qiladi.
Pastki shox (r. inferior) aralash. Uning harakat tolalari ko'zining pastki
va medial to'g'ri mushaklami (mm.rectus inferior et medialis) hamda pastki
qiyshiq mushakni (m.ob!iquus inferior) innervatsiya qiladi. Vegetativ tolalari
pastki shoxtarkibidan chiqib, kiprikli tugungaboradi.
G'altak nervi
IV juft, g'altak nervi (n. trochlearis) (126-rasm) harakatlantiruvchi nerv. Uning
bitta harakatlantiruvchi o'zagi (nucleus n.trochlearis) o'rta miya tomi ostida pastki
tepachalar sohasida joylashgan. Nerv miya asosidan yuqorigi miya yelkanining lateral tomonidan chiqadi va miya oyoqchasini tashqi tomonidan aylanib o'tib oldinga yo'naladi. Nerv kalla bo'shlig'idan ko'z kosasining yuqori tirqishi orqali ko'z kosasiga kiradi va ko'zning ustki qiyshiq mushagini (m.obliquus superior) innervatsiya qiladi
.
Uch shoxli nerv
V juft, uch shoxli nerv (n. trigeminus) aralash nerv. Uning
harakatlantiruvchi tolalari ko'prikda joylashgan (nucleus motorius n.
trigemeni) o'zakdan boshlanadi. Sezuvchi tolalari uch shoxli nervning
tugunida(ganglion trigeminale) joylashgan soxta uni polyar hujayralaming
markaziy o'simtalari bo'lib, ular ko'prik (nucleus pontinis nervi trigemeni),
orqa miya yo'li (nucleus spinalia nervi trigemeni) va o'rta miya yo'li (nucleus
mesencephalicus nervi trigemeni) o'zaklarida tugaydi. Bu hujayralaming
periferik o'simtalari yuz, peshona, chakka sohasi terisi, burun bo'shlig'i,
tilning oldingi 2/3 qismi, tishlar, ko'zning kon'yunktivasi shilliq pardasida
tugaydi. Uch shoxli nerv miya asosidan ikki ildiz (sezuvchi va
harakatlantiruvchi) hosil qilib ko'prik bilan miyachaning o'rta oyoqchasi
orasidan chiqadi. Uning sezuvchi ildizi (radix sensoria) harakatlantiruvchi
ildiziga (radix mctGria) nisbatan qalin. Uch shoxli nerv oldinga va biroz
tashqariga yo'nalib, chakka suyagi piramidasini oldingi yuzasidagi uch shoxli
126-rasm. G‘altak nervi. 1-nucleus
n. trochlearis; 2-n.trochlearis;
3-sinus cavemosus; 4-fissura orbitalis
superior.
nerv botiqligida joylashgan uch shoxli nerv bo'shlig'i (cavum trigeminale)
ichiga kiradi. Uning ichida uch shoxli nerv tugunini (ganglion trigeminale)
(Gasser tuguni) hosil qiladi. Bu tugun yarimoysimon shaklda bo'lgani uchun
yarimoysimon tugun (ganglion semilunare) deb ham ataladi. Uch shoxli
nervning harakatlantiruvchi ildizi tugunning pastki tomonidan o'tib, nervning
III shoxi tarkibiga kiradi. Tugundan uch shoxli nervning uchta shoxi: 1)
ko'z nervi; 2) ustki jag' nervi; 3) pastki jag' nervi chiqadi.
Ko'z nervi (n. ophtalmicus) tugundan boshlanib, ko'z kosasining yuqori
tirqishi orqali ko'z kosasiga kiradi. Ko'z kosasiga kirgunicha undan miya qattiq
pardasiga (r. meningeus) chiqib miyacha chodiriga tarqaladi. Ko'z nervi ko'z
kosasida peshona, ko'z yoshi va burun- kiprikli nervlarga bo'linadi:
1. Ko'z yoshi nervi (n. lacrimalis) ko'z kosasining lateral devori bo'ylab
yo'naladi. Uning shoxlari ko'z yoshi bezini, ko'zning lateral burchagi,
yuqorigi qovoq terisini va kon'yunktivasini innervatsiya qiladi. Nerv ko'z
yoshi beziga kirishdan oldin yonoq nervidan qo'shuvchi tola (r.communicans
cum. n. zygomaticus) oladi.
2. Peshona nervi (n. frontalis) ko'z kosasining ustki devori ostida yotib
ikki shoxga bo'linadi: a) ko'z kosasining ustki nervi (n. supraorbitalis)
o'z nomidagi o'yma orqali chiqib medial (r.medialis) va lateral (r.lateralis)
shoxlarga bo'linadi. Bu nerv peshona terisini innervatsiya qiladi. b) g'altak
usti nervi (n. supratrochlearis) ko'z olmasining ustki qiyshiq mushagi
ustidan o'tib, burun ildizi, peshonani pastki qismi, ustki qovoq, ko'zning
medial burchagi terisini va kon'yunktivani innervatsiya qiladi.
3. Burun-kiprikli nerv (n.nasociliaris) ko'zning medial to'g'ri vaustki
qiyshiq mushaklari o'rtasidan yo'nalib quyidagi shoxlarga bo'linadi: a) oldingi
g'alvirsimon nervlar (nn. ethmoidales anterior) burun bo'shlig'i va peshona
suyagi bo'shligi shilliq pardasiga. b) burun shoxlar (rr. nasalis) burun
bo'shlig'i oldingi qismi shilliq pardasiga.d) 2-4 tauzun kipriksimon nervlar
(nn. ciliares longi) oldinga tomon yo'nalib ko'z olmasining oqliq va tomirli
pardasiga boradi. e) g'altak osti nervi (n. infratrochlearis) ustki qiyshiq
mushak ostidan o'tib ko'zni ichki burchagi pastki qovoq va burun ildizi
terisini innervatsiya qiladi. 0 orqa g'alvirsimon nervlar (nn. ethmoidales
posterior) g'alvirsimon katakchalar va ponasimon suyak bo'shlig'i shilliq
qavatini innervatiya qiladi. Uning shoxi r.meningeus anterior bosh miya
qattiq pardasini innervatiya qiladi. g) qo'shuvchi shox (r. communicans ciim
ganglion ciliare) sezuvchi tolalardan iborat bo'lib, kiprikli tugunga boradi.
Kiprikli tugun (ganglion ciliare) parasimpatik nerv tizimi tarkibiga
kiradi.Undan chiqqan 15-20 takaltakiprikli nervlar (nn.cilliares breves)
ko'z olmasini sezuvchi va vegetativ innervatsiya qiladi.
Yuqori jag' nervi (n. maxillaris) uch shoxli tugundan boshlanib, oldinga
qarab yo'naladi va yumaloq teshik orqali qanot-tanglay chuqurchasiga chiqadi.
Teshikka kirishdan oldin undan o'rta kalla chuqurchasi sohasidagi bosh miyaning
qattiq pardasini innervatsiya qiluvchi r. meningeus medius chiqadi. Qanottanglay
chuqurchasida ustki jag' nervidan quyidagi shoxlar chiqadi:
1. Ko'z kosasining pastki nervi (n. infraorbitalis) yuqori jag1 nervini
bevosita davomi. Ko‘z kosasining pastki tirqishi orqali ko‘z kosasiga kiradi.
Ko'z kosasida ko'z kosasi osti egatda yotadi va ko'z kosasi osti kanali orqali
ustki jag'ning oldingi yuzasiga chiqadi. Bu yerda nerv quyidagi shoxlami
beradi. Bular pastki qovoq terisiga yo'naluvchi pastki qovoq shoxlari
(rr.palpebrales inferiores), tashqi burun terisiga tarqaluvchi burun shoxlari
(rr.nasales externi), yuqori lab shoxlari (rr.Iabiales superiores). Bundan
tashqari ko'z kosasi egatida va kanalida undan yuqorigi oldingi, o'rta va orqa
alveolyar shoxlar (rr.alveolares superiores anteriores, medius et
posteriores) chiqib, yuqori jag' ichida yuqori jag' chigalini hosil qiladi.
Uning yuqori tishlar shoxlari (rr.dentales superiores) yuqori jag' tishlarini
innervatsia qilsa, yuqori milk shoxlari (rr. gingivales) milkni innervatsiya
qiladi. Ko'z kosasining pastki nervining burun ichi shoxlari (rr.nasales
interm) burun bo'shlig'i oldingi qismi shilliq pardasini innervatsiya qiladi.
2. Yonoq nervi (n. zygomaticus) yuqori jag' nervidan qanot tanglay
chuqurchasida boshlanib, ko'z kosasining pastki tirqishi orqali ko'z
kosasiga kiradi. Bu yerda ko'z yoshi nerviga qo'shiluvchi parasimpatik
tolani beradi. Keyin nerv yonoq suyagining yonoq-ko'z kosasi teshigiga
kirib, suyak ichida ikki shoxga bo'linadi. Yonoq-chakka shoxi (r.
zygomaticotemporalis) o'z nomidagi teshik orqali chiqib chakka sohasi
va ko'zning tashqi burchagi terisini innervatsiya qiladi. Yonoq-yuz shoxi
(r. zygomaticofacialis) o'z nomidagi teshik orqali chiqib, yonoq sohasi
terisini innervatsiya qiladi.
3. Tugun shoxlari (rr. ganglionares) tarkibida sezuvchi va parasimpatik
tolalar bo'lib, qanot-tanglay tuguni va undan chiquvchi shoxlarga qo'shiladi.
Qanot-tanglay tuguni (ganglion pterygopalatinum) parasimpatik nerv
tizimi tarkibiga kirib, undan quyidagi shoxlar chiqadi: a) medial va lateral
ustki orqa burun shoxlari (rr. nasales posteriores superiores mediates et
latetales) ponasimon-tanglay teshigi orqali kirib, burun bo'shlig'i shilliq
pardasini va bezlarini innervatsiya qiladi. Uning medial shoxining yirik tarmog'i
bo'lgan burun-tanglay nervi (n. nasopalatinus) keskich kanal orqali qattiq
tanglay shilliq pardasiga tarqaladi. b) katta va kichik tanglay nervlari
(n.palatiftus major et minores) shu nomdagi kanal orqali o'tib, yumshoq
va qatiiq tanglay shilliq pardasiga boradi. d)pastki orqa burun shoxlari (rr.
nasadts posteriores inferiores) burun bo'shlig'i pastki qismlarining shilliq
pafdasini innervatsiya qiladi.
Pastki jag' nervi (n. mandibularis) tarkibida sezuvchi va harakatlantiruvchi
tolalar bo'ladi. U kalla bo'shlig'idan cho'zinchoq teshik orqali chiqib
harakatlantiruvchi va sezuvchi shoxlaiga bo'linadi. Uning harakatlantiruvchi
shoxlari quyidagilar:
1. Chaynov nervi (n. massetericus) o'z nomidagi mushakni innervatsiya
qiladi.
2. Chuqur chakka nervlari (nn.temporalis profundi) chakka mushagini
innervatsiya qiladi.
3. Lateral va medial qanotsimon nervlar (nn. pterygoidei lateralis et
medialis) lateral va medial qanotsimon mushaklami innervatsiya qiladi.
4. n. musculi tensoris veli palatini, tanglay chodirini taranglovchi
mushakni innervatsiya qiladi.
5. n. musculi tensoris tympani, nog‘ora pardani taranglovchi mushakni
innervatsiya qiladi.
6. jag'-til osti nervi (n. mylohyoideus) jag‘-til osti mushagini innervatsiya
qiladi.
7. n. digastricus, ikki qorinli mushakni oldingi qorinchasini innervatsiya
qiladi.
Pastki jag* nervining sezuvchi shoxlari quyidagilar:
1. Meningeal shox (r. meningealis) qirrali teshik orqali kalla ichiga
kirib, o'rta kalla chuqurchasi sohasidagi bosh miyaning qattiq pardasini
innervatsiya qiladi.
2. Lunj nervi (n.buccalis) lunj mushagining tashqi yuzasida yotadi. Uni
teshib o'tib, lunjning shilliq pardasini va og'iz tirqishi burchagi terisini
innervatsiya qiladi.
3. Quloq-chakka nervi (n. auriculotemporalis) tashqi eshituv yo'lini
oldidan yuqori tomonga chakkaning yuza arteriyasi bilan birga yo'naladi.
Undan quyidagi shoxlar chiqadi: a) r.articularis chakka-pastki jag' bo'gimiga.
b) n.meatus acustici externi tashqi eshituv yo'li terisi va nog'ora bo'shlig'i
shilliq pardasiga. d) nn.auriculars anteriores quloq suprasini oldingi qismiga.
e) chakkaning yuzaki shoxlari (rr.temporales superficialis) chakka sohasi
terisiga. 0 quloq tuguniga rr.ganglionares ad ganglion oticum. g) quloq oldi
beziga (r.parotoidei). Quloq oldi tuguni (ganglion oticum) pastki jag' nervi
cho'zinchoq teshikdan chiqqan joyda uning medual tomonida yotadi.
4. Tilning sezuvchi nervi (n. lingualis) pastga va oldinga tomon yo'nalib,
ravoq hosil qiladi. Uning tarkibidagj sezuvchi tolalar tilning oldingi 2/3
qismidan, og'iz bo'shlig'i shilliq pardasidan og'riq, harorat sezgisini qabul
qiladi. Sezuvchi tugun shoxlari (rr. ganglionares) va nog'ora toridan qo'shilgan
parasimpatik tolalari jag' osti (ganglion submandibulare) va til osti tugunlariga
(ganglion sublinguale) qo'shiladi.
5. Pastki alveolyar nerv (n. alveolaris inferior) eng katta shox. Pastki
jag' kanalidan o'tib engak teshigi orqali chiqadi va engak shoxi (r.mentalis)
bo'lib, engak va pastki lab terisini innervatsiya qiladi. Pastki jag' kanalidan
o'tayotganida uning shoxlari pastki tishlar chigalini (plexus dentales
inferiores) hosil qiladi. Bu chigaldan chiquvchi pastki tishlar shoxlari (rr.
dentales inferiores) va pastki milklar shoxlari (rr.gingivales inferiores)
pastki jag' tishlari va milklarini innervatsiya qiladi.
Uzoqlashtiruvchi nerv VI juft, uzoqlashtiruvchi nerv (n. abducens) (127-rasm) harakatlantiruvchi nerv. Uning yagona harakatlantiruvchi o'zagi (nucleus
n.abducentis) ko‘prikda joylashgan. Nerv miya asosidan ko'prik bilan uzunchoq
miyaning o'rtasidagi egatdan chiqadi. Oldinga yo'nalib, ko'z kosasining yuqori
tirqishi orqali ko'z kosasiga kiradi va ko'zning lateral to'g'ri mushagini
(m.rectus lateralis) innervatsiya qiladi.
Yuz nervi
YII juft, yuz nervi (n. facialis)
(128-rasm) tarkibiga ikkita nerv:
harakatlantiruvchi o'zak hujayralari
aksonlaridan hosil bo'lgan xususiy yuz nervi va tarkibida sezuvchi,
vegetativ tolalari bo'lgan oraliq nerv (n.intennedius) kiradi. Yuz nervining
sezuvchi (nucleus solitarius), harakatlantiruvchi (nucleus n. facialis)
va parasimpatik (nucleus salivatorius superior) o'zaklari miya ko'prigi
sohasida joylashgan. Miya asosidan nerv ko'prikning orqa qirrasidan,
olivadan tashqariroqdan chiqib, dahliz-chig'anoq nervi bilan ichki eshituv
yo'liga kiradi. Chaldea suyagining piramidasi ichida o'z nomidagi kanal
ichida joylashib, bigizsimon-so‘rg‘ichsimon teshik orqali tashqariga chiqadi.
Kanal ichida nerv bukilma-yuz nervi tizzachasi (geniculum n. facialis)
va tizzacha tugunini (ganglion geniculi) hosil qiladi. Tizzacha tuguni soxta
unipolyar hujayralardan iborat bo'lib, oraliq nervning sezuvchi qismiga
taalluqli. Yuz nervi kanali ichida nervdan quyidagi shoxlar chiqadi:
1. Katta tosh nervi (n. petrosus major) parasimpatik tolalardan iborat
bo'lib, kanaldan o'z nomidagi tirqish orqali piramidaning oldingi yuzasiga,
bu yerdan o'z nomidagi egatda yo'nalib yirtiq teshik orqali tashqariga chiqadi.
Nerv simpatik nerv bilan birga qanotsimon kanalga kirib, qanotsimon kanal
nervi (n. canalis pterygoidei) nomini oladi va qanot-tanglay tuguniga qo'shiladi.
2. Nog'ora tori nervi (chorda tympani) parasimpatik va sezuvchi tolalari
bo'lib, sezuvchi tolalar tizzachali tugun sohta unipolyar hujayra
o'simtalaridan iborat. Uning periferik qismi tilning oldingi uchdan ikki
qismi va yumshoq tanglayda joylashgan tam bilish retseptorlarini hosil
qiladi. Nerv kanal ichidan canaliculi chordae tympani orqali o'rta quloq
bo'lig'iga o'tadi. Nog'ora bo'shlig'idan toshsimon-nog'ora tirqishi (fissura
petrotympanica) orqali chiqib til nerviga qo'shiladi.
3. Uzangi nervi (n. stapedius) harakatlantiruvchi shox bo'lib, nog'ora
bo'shlig'ida uzangi mushagini innervatsiya qiladi.
Yuz nervi bigizsimon-so'rg'ichsimon teshikdan chiqqanidan keyin
quyidagi harakatlantiruvchi shoxlarini beradi:
1. Quloq suprasining orqasidagi nerv (n. auricularis posterior) peshonaensa
mushagining ensa qorinchasini va orqa quloq mushagini innervatsiya
qiladi. 2.1kki qorinchali shox (r. digastricus) ikki qorinli mushakni orqa
qorinchasini innervatsiya qiladi. 3. Bigizsimon-til osti mushagiga boruvchi
shox (r. stylohyoideus). So'ng yuz nervi quloq oldi bezi ichiga kirib, uning
ichida shoxlarga bo'linadi va quloq oldi bezi chigalini (plexus intraparotideus)
hosil qiladi. Bu chigaldan quyidagi shoxlar chiqadi:
1. Chakka shoxlari (rr. temporalis) quloq mushagi, kalla usti mushagining
peshona qorinchasini va ko'z kosasi atrofidagi aylana mushakni innervatsiya
qiladi.
2. Yonoq shoxlari (rr. zygomaticus) ko'z kosasi atrofidagi aylana
mushakni va katta yonoq mushagini innervatsiya qiladi.
3. Lunj shoxlari (rr. buccales) katta va kichik yonoq mushaklari, ustki
labni ko'taruvchi mushak, lunj mushagi, og'iz burchagini ko'taruvchi
mushak, og'iz tirqishi atrofidagi aylana mushaki, burun va kulgu mushaklarini
innervatsiya qiladi.
4. Pastki jag' chekkasi bo'ylab yo'naladigah shox (r. marginalis
mandibulae) pastki labni va og'iz burchagini tushiruvchi va engak mushaklarini
innervatsiya qiladi.
5. Bo'yin shoxi (r. coli) bo'yinning teri osti mushagini innervatsiya
qiladi.
Dahliz-chig'anoq nervi
УГЦ juft, dahliz-chig'anoq nervi (n. vestibnlococlearis) - sezuvchi
nerv. U eshituv va muvozanat a’zosidan kelayotgan sezuvchi tolalardan tuzilgan
bo'lib, ikki qismdan iborat. Uning dahliz qismi nerv hujayralari ichki
eshituv yo‘li tubidagi dahliz tugunida (ganglion vestibularae) joylashgan.
Ulaming periferik o'simtalari ichki quloqning parda labirintida retseptorlar
hosil qilib tugaydi. Markaziy o‘simtalari esa rombsimon chuqurchada
joylashgan vestibulyar o'zaklarga boradi.
Chig'anoq qismi (pars cochlearis) spiral kanalda joylashgan chig'anoq
tuguni (ganglion cochleare) hujayralarining o'simtalaridan iborat.
Ulaming periferik o'simtalari spiral a’zoda tugasa, markaziy o'simtalari
rombsimon chuqurchadagi chig'anoq o'zaklarida tugaydi. Nerv miya asosidan
ko'prikning orqasidan, yuz nervi ildizlaridan tashqariroqdan chiqadi. Keyin
dahliz-chig'anoq nervi ichki eshituv yo'liga kiradi.
Til-yntqin nervi
IX juft, til-yutqun nervi (n. glossopharyngeus) aralash nerv. Uning
tarkibida sezuvchi, harakatlantiruvchi va parasimpatik tolalar bor. Til-yutqin
nervining sezuvchi tolalari yakka tutam o'zagida (nucleus solitarius) tugasa,
harakatlantiruvchi tolalari ikki yoqlama o'zakdan (nucleus ambigiuus),
parasimpatik tolalar esa pastki so'lak ajratuvchi o'zakdan (nucleus salivatorius
inferior) boshlanadi. Til-yutqin nervi o'zaklari uzunchoq miya sohasida
joylashgan bo'lib, nerv miya asosida olivaning orqasidan chiqadi. Kalla
bo'shlig'idan til-yutqin nervi bo'yinturuq teshigi orqali tashqariga chiqadi.
Bo'yinturuq teshigi sohasida nerv ustki sezuvchi tuguni (ganglion superius),
chiqqanidan keyin tosh chuqurcha sohasida nisbatan katta pastki tugun
(ganglion inferius) hosil qiladi. Bu tuguniar tarkibida sezuvchi neyronlar
bo'lib, ulaming markaziy o'simtalari uzunchoq miyadagi sezuvchi o'zakda
tugaydi. Ulaming periferik o'simtalari nerv shoxlari tarkibida tilning orqa 1/
3 shilluq pardasiga, halqumning shilliq pardasiga,o'rta quloqqa, uyqu sinusiga
boradi. Bo'yinturuq teshigidan chiqqach, til-yutqin nervi ichki uyqu
arteriyasining orqasida, keyin unung lateral tomonida, shu arteriya bilan
ichki bo'yinturuq vena o'rtasida yotadi. So'ng nerv ravoq shaklida pastga va
oldinga yo'nalib, bigiz-yutqin va bigiz-til mushaklari orasidan o'tadi. Til
ildiziga kirgach u o'zining oxirgi til shoxlariga (r. Iingualis) bo'linadi. Bu
shoxlar til ustining orqa 1/3 qismi shilliq pardasini innervatsiya qiladi.
Til-yutqin nervidan quyidagi shoxlar chiqadi:
1. Nog'ora nervi (n. tympanicus) pastki tugundan chiqib, chakka suyagining
nog'ora kanalchasi orqali nog'ora bo'shlig'iga kiradi va shilliq pardada nog'ora
chigalini (plexus tympanicus) hosil qilib, nog'ora bo'shlig'i va eshituv nayi
shilliq pardasini innervatsiya qiladi. Bu nervning oxirgi shoxi kichik toshsimon
nerv (n. petrosus minor) parasimpatik tolalaridan iborat bo'lib, o'z
nomidagi tirqish orqali piramidaning oldingi yuzasiga chiqadi. Kalla
bo'shlig'idan ponasimon-toshsimon tirqish (fissura sphenopetrosa) orqali
o‘tib, quloq tuguniga qo‘shiladi.
2. Sinus shoxi (r. sinus carotici) umumiy uyqu arteriyasi bo'lingan
joydagiuyqu koptokchasini innervatsiya qiladi.
3. Yutqin shoxlari (r. pharyngeus) yutqin devorida vegetativ nerv
tolalari bilan yutqin chigalini hosil qiladi.
4. Bigiz-yutqin shoxi (r. stylopharyngei) shu nomdagi mushakni
innervatsiya qiladi.
5. Murtak shoxlari (r.r. tonsillaris) tanglay murtagini innervatsiya qiladi.
Adashgan nerv
X juft, adashgan nerv (n.vagus) aralash nerv (129-rasm). Bu nerv
bosh miya nervlari ichida eng uzuni bo'lib, uning tolalari odam organizmining
ko'p sohasiga tarqalgan. Nerv tarkibidagi harakatlantiruvchi tolalar ikki
yoqlama o'zak (nucleus ambiguus), vegetativ tolalar uning orqa o'zagi
(nucleus dorsalis nervi vagi) hujayralari aksonlaridan iborat. Sezuvchi tolalari
ustki va pastki tugunlarda (ganglion superius et inferius) joylashgan sezuvchi
neyronlaming markaziy o'simtalari yakka tutam o'zagida (nucleus solitarius)
tugaydi. Ulaming periferik o'simtalari bosh miya qattiq pardasiga, tashqi
eshituv yo'li terisiga va ichki a’zolaiga boradi. Adashgan nervning parasimpatik
tolalari nervning ko'p qismini tashkil qilib bo'yin, ko'krak va qorin bo'shlig'i
a’zolari faoliyatini boshqaradi.
Adashgan nerv uzunchoq miyaning orqa yon egatidan bir nechta ildiz
hosil qilib chiqadi. Ular o'zaro birikib, bo'yinturuq teshigiga qarab yo'naladi.
Teshikda va undan chiqqanidan keyin ustki va pastki tugunlami (ganglion
superius et ganglion inferius) hosil qiladi. Teshikdan chiqqanidan so'ng
adashgan nerv ichki bo'yinturuq vena va ichki uyqu arteriyasi o'rtasida pastga
tomon yo'naladi. Ko'krak qafasining ustki aperturasi orqali u ko'krak
bo'shlig'iga kiradi. Ko'krak qafasiga kirishda o'ng adashgan nerv o'mrov osti
arteriyasi va venasi o'rtasidan o'tadi. Chap adashgan nerv umumiy uyqu va
o'mrov osti arteriyalari o'rtasidan o'tib, aorta ravog'ini oldiga yo'naladi.
Keyin o'ng va chap nervlar o'pka ildizi orqasidan o'tib, o'ng adashgan
nerv qizilo'ngachning orqa, chap nerv oldingi yuzasiga o'tadi. Ular
shoxlanib, qizilo'ngach chigalini hosil qiladi. Bu chigaldan oldingi va orqa
adashgan nerv poyalari hosil bo'lib, qizilo'ngach bilan birga qorin bo'shlig'iga
o'tadi. Oldingi poya (truncus vagalis anterior) me’daning oldingi yuzasida,
orqa poya (truncus vagalis posterior) uning orqa yuzasida joylashadi.
Adashgan nerv juda katta sohaga tarqalgani uchun uni to'rt: kalla, bo'yin,
ko'krak va qorin qismlariga bo'lib o'rganamiz.
Adashgan nervning kalla qismidan quyidagi shoxlar chiqadi:
1. Miya qattiq pardasiga boruvchi shox (r. meningeus) ustki tugundan
boshlanib, orqa kalla chuqurchasi sohasidagi bosh miya qattiq pardasini,
ko'ndalang va ensa vena bo'shliqlari devorini innervatsiya qiladi.
2. Quloq shoxi (r.auricularis) nog'ora-so'rg'ichsimon tirqish orqali
kalladan chiqib, tashqi eshituv yo'lining orqa devori va quloq suprasi orqa
terisini innervatsiya qiladi.
Adashgan nervning bo'yin qismidan quyidagi shoxlar chiqadi:
1. Yutqin shoxlari (r. pharyngei) yutqin devorida til-yutqin va simpatik
poya tolalari bilan biiga yutqin chigalini (plexus pharyngeus) hosil qiladi. Bu
shoxlar yutqinning shilliq pardasini, siquvchi mushaklami va yumshoq
tanglay mushaklarini (tanglay chodirini taranglovchi mushakdan tashqari)
innervatsiya qiladi.
2. Yurakning ustki bo'yin shoxlari (rr. cardiaci cervicales superiores)
pastga tomon yo'nalib, yurak chigalini hosil qilishda ishtirok etadi.
3. Hiqildoqning ustki nervi (n. laryngeus superior) pastki tugundan
boshlanib, ikki shoxga bo'linidi. Tashqi shox (r. extemus) hiqildoqning
uzuksimon-qalqonsimon mushagini, ichki shox (r. internus) hiqildoqning
shilliq pardasini ovoz tirqishidan yuqori qismini va til ildizi shilliq pardasini
bir qismini innervatsiya qiladi.
4. Orqaga qaytuvchi hiqildoq nervi (n. laryngeus recurrens). Chap tomonda
bu nerv aorta ravog'i sohasida boshlanib, uni past tomonidan o'tsa, o'ng
tomonda o'mrov osti arteriyasini past tomonidan aylanib o'tib yuqoriga
ko'tariladi. Undan quyidagi: traxeya (rr. tracheales), qizilo'ngach (rr.
esophagei) va yurakning pastki bo'yin shoxlari (rr. cardiaci cervicales
inferiores) chiqadi. Uning oxiigi shoxi hiqildoqning pastki nervi (n. laryngeus
inferior) hiqildoqning shilliq pardasining ovoz tirqishidan pastki qismini va
hiqildoq mushaklarining (uzuksimon-qalqonsimon mushakdan tashqari)
barchasini innervatsiya qiladi.
Adashgan nervning ko'krak qismidan quyidagi shoxlar chiqadi:
1. Yurakning ko'krak shoxlari (rr. cardiaci thoracici) yurak chigaliga
boradi.
2. Bronx shoxlari (гг. broncbiales) simpatik poya shoxlari bilan qo'shilib,
bronxlami o'rab o'pkaga kiruvchi o'pka chigalini (plexus pulmonalis) hosil
qiladi.
3. Qizilo'ngach chigalidan (plexus esophageus) qizilo'ngach devoriga
boruvchi shoxlar (rr. esophagei) chiqadi.
Adashgan nervning qorin qismida adashgan nervning oldingi poyasidan
oldingi me’da (rr. gastrici anteriores) va jigar shoxlari (rr. hepatici) chiqadi.
Uning orqa poyasidan orqa me’da shoxlari (rr.gastrici posteriores) hamda
qorin shoxlari (rr. coeliaci ) chiqadi. Qorin shoxlari chap me’da arteriyasi
bo'ylab yo'nalib, quyosh chigaliga qo'shiladi. Undan adashgan nerv tolalari
jigar, taloq, me’da osti bezi, buyrak, ingichka va yo'g'on ichaWaiga boradi.
Til osti nervi
XII juft, til osti nervi (n. hypoglosus) harakatlantiruvchi nerv. Uning
bitta harakatlantiruvchi o'zagi uzunchoq miyada joylashgan. Nerv uzunchoq
miyadan piramida bilan olivaning o'rtasidan chiqadi. Kalla bo'shlig'idan o'z
nomidagi kanal orqali chiqib, ravoq hosil qilib, oldinga va yuqoriga tilga qarab
yo‘naladi. Til ichida til shoxlariga (r. linguales) bo'linib, til mushaklarini
innervatsiya qiladi. Til osti nervidan chiquvchi radix superior bo'yin chigalining
pastki shoxi bilan qo'shilib, bo'yin sirtmog'ini hosil qiladi. Uning shoxlari til
osti suyagidan pastda joylashgan mushaklami innervatsiya qiladi.
Dostları ilə paylaş: |