Namangan muhandislik-texnologiya instituti “Muhandislik-Texnologiya” fakulteti “To’qimachilik va yengil sanoat mashinalari va apparatlari” yo’nalishi 2-bosqich magistranti Isroilov Sardorbek Solijon o’g’liga fikrnoma



Yüklə 29 Kb.
tarix30.03.2023
ölçüsü29 Kb.
#91533
Фикрнома


Namangan muhandislik-texnologiya instituti “Muhandislik-Texnologiya” fakulteti “To’qimachilik va yengil sanoat mashinalari va apparatlari” yo’nalishi 2-bosqich magistranti Isroilov Sardorbek Solijon o’g’liga
FIKRNOMA

Isroilov Sardorbek Solijon o’g’li 1995-yil 15-oktyabrda Namangan viloyati Uchqo’rg’on tumani Yorqin hayot MFY da tug’ilgan. 2011 yilda tumandagi 43-sonli davlat ixtisoslashtirilgan maktabini a’lo baholarga tamomlab, tumandagi Iqtisodiyot kollejiga qabul qilindi. Kollejni 2014 yilda tamomlagan. 2015 yilda Namangan muhandislik-texnologiya institutining “Texnologik mashina va jihozlar” yo’nalishiga o’qishga qabul qilindi. Institutdagi 4 yillik bakalavrlik davrida o’zining faolligi, jonkuyarligi, vatanparvarligi, mehnatsevarligi va tashabbuskorligi bilan talabalar orasida hurmat qozonishga erishdi.


O’qishga kirgandan buyon o’zining tirishqoqligi va bilimdonligi bilan ta’lim yo’nalishi talabalariga o’rnak bo’lib kelgan. 2019 yilda bakalavriat bosqichini a’lo baholarga tamomladi.
S. Isroilovni o’zi tanlagan soha bo’yicha qiziqishi hamda ilmiy ishga qiziqishi uni magistratura tomon yetakladi. 2019 yilda “To’qimachilik va yengil sanoat mashina va apparatlari” yo’nalishiga magistraturaga qabul qilindi. Magistratura davrida u o’zining magistrlik dissertatsiyasi “Separator qurilmasining ishchi detallarini takomillashtirish orqali samaradorligini oshirish” mavzusi bo’yicha ilmiy izlanishlar olib bordi.
Paxta tozalash korxonalarida bugungi kunda qo’llanilayotgan paxta separatorida kamchiliklar mavjud bo’lib, ularni bartaraf etish bo’yicha ko’plab izlanishlar olib borilmoqda. S. Isroilov ham shu yo’nalishda ilmiy tadqiqot ishlarini izchil tarzda davom ettirib, paxtani havodan ajratib olish jarayonini osonlashtirish, paxta va chigit shikastlanishlarini kamaytirish bo’yicha o’z tavsiyalarini berib keladi.
Isroilov Sardorbek Solijon o’g’lining “Separator qurilmasining ishchi detallarini takomillashtirish orqali samaradorligini oshirish” mavzusidagi dissertatsiya ishini magistrlik akademik darajasiga tavsiya etaman.
Ilmiy rahbar: PhD. A. Pirnazarov
Yüklə 29 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin