2)40% li 250g NaCl eritmasini tayyorlash uchun 70% li NaCl eritmasiga qancha suv qo`shish kerak?
1) 30 g natriy suv bilan reaksiyaga kirishganda necha litr H2 hosil bo`ladi?
TARIXIY MA’LUMOTLAR
Eng yengil metall litiyni 1817 yil shved kimyogari Iogann Avgust LiAl[Si4O10]-petalit mineralidan olgan. Bertselius bu elementga “litiy” nomini taklif qilgan. “Litos” – tosh ma’nosini anglatadi.
Natriy oddiy modda sifatida 1807 yil Angliyalik olim Gemfri Devi tomonidan ochilgan. Devi qattiq natriy gidroksidni elektroliz qilib metal holidagi natriyni olgan. “nitron” – soda ma’nosini anglatadi. (o’yuvchi natriy kaustik soda deb ataladi).
KaliyniGemfri Devi qattiq kaliy gidroksidni elektroliz qilib olgan. “alkali”-ishqor na’nosini anglatadi;
1861 yil nemis olimi Robert Vilgelm Bunzen metallsimon rubidiyni olishga erishgan. “Rubidus” to’q qizil degan ma’noni anglatadi.
Seziyni 1860 yil nemis olimlari Robert Vilgelm Bunzen va Gustav Robert Kirxgoflar aniqlashgan.“sezius” - havorang-ko’k.
Fransiyni 1939 yil fransuz olimi Margarita Per ochgan. Uning nomi Fransiya davlati hurmatiga qo’yilgan.
ISHQORIY METALLAR VA ULARNI BIRIKMALARINING QO’LLANILISHI
Litiy – litiyli akkumulyatorlar ishlab chiqarishda foydalaniladi va bunday akkumulyatorlar kardiostimulyator sifatida ishlatiladi.
Natriy va kaliy atom reaktorlari va aviatsiya dvigatellarida issiqlikni tutuvchi sifatida ishlatiladi.
Natriy kauchuk ishlab chiqarishda katalizator sifatida ishlatiladi, kaliy, titan, tsirkoniy va tantal ishlab chiqarishda va benzin yoqilg’ilari detonatsiyasini pasaytiruvchi tetraetilqo’rg’oshinga qo’shimcha sifatida ishlatiladi.
Natriy va kaliy peroksidlar suv osti kemalari va kosmik kemalarda kislorodni qayta tiklash uchun foydalaniladi.
Kaliy gidroksid va Kaliy karbonat (potash) suyuq sovun va oyna ishlab chiqarishda qo’llaniladi.
Natriy xlorid – oziq-ovqat maxsulotlari tibbiyotda fiziologik eritmalar tayyorlashda qo’llaniladi.
Natriy gidrokarbonat (ichimlik sodasi) tibbiyotda, qandolatchilikda, mineral suv ishlab chiqarishda qo’llaniladi. O’t o’chirish jihozlarida foydalaniladi.
Seziy fotoelement sifatida qo’llaniladi.
Kaliyli o’g’itlar
Kaliyli o’g’itlar
Silvinit NaCl · KCl va kainit KCl · MgSO4 · 3H2O suvda yahshi erigani va tarkibida o’g’it miqdori ko’p bo’lganligi uchun to’g’ridan-to’g’ri ham foydalaniladi.