Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti kimyo-metallurgiya fakulteti



Yüklə 28,95 Kb.
tarix13.03.2023
ölçüsü28,95 Kb.
#87683

NAVOIY DAVLAT KONCHILIK VA TEXNOLOGIYALAR UNIVERSITETI
KIMYO-METALLURGIYA FAKULTETI
_____________________ GURUHI TALABASI
_________________________________________________________NING
________________________________________________________FANIDAN

MUSTAQIL ISHI


MAVZU:__________________________________
BAJARDI:_______________________________________________
QABUL QILDI:__________________________________________

NAVOIY-2023


Reja
1. Kirish. O‘zbekistonda ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyot
2. Kichik biznesning 2010-2021 yillarda mamlakat sanoatida ulushi
3.Xulosa va Foydalanilgan adabiyotlar

O‘zbekistonda ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotini barpo


etishning asosiy maqsadlaridan biri kichik biznesni ustuvor darajada rivojlantirishdan iborat. Bu maqsadni amalga oshirish uchun bosqichma-bosqich iqtisodiy islohotlar o‘tkazilib kelinmoqda, kichik biznesning rolini oshirish uchun yirik institutsional asoslar yaratildi. Kichik biznes faoliyatini tashkil etish, erkin faoliyat yuritishini kafolatlovchi huquqiy-me’yoriy hujjatlar, kichik biznesga ko‘maklashuvchi bozor infratuzilmasi shakllantirildi. Natijada bugungi kunga kelib, kichik biznes sub’ektlari mamlakatimiz iqtisodiyotining barcha jabhalarida, mashinasozlik mahsulotlarini ishlab chiqarishda, iste’mol tovarlari, qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini
ishlab chiqarishda, servis xizmatlari ko‘rsatish va turizm kabi sohalarda faoliyat ko‘rsatmoqdalar.
Mamlakatimizda qisqa davrda to‘plangan tajribalarimiz kichik biznes barqaror iqtisodiy o‘sishning muhim omili ekanligini isbotladi. Ayniqsa, mamlakat iqtisodiyotida chuqur tarkibiy o‘zgartirishlar va diversifikatsiya sharoitida milliy iqtisodiyotimizni barqaror rivojlanishi, uning raqobatbardoshligini oshishi hamda yuqori makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarga erishishimizda kichik biznes muhim omil
bo‘lib xizmat qilmoqda.
2022-2026 yillarga mo’ljallangan Yangi O’zbekistonning taraqqiyot
strategiyasining 29-maqsadiga ko’ra, tadbirkorlik faoliyatini tashkil qilish va doimiy
daromad manbalarini shakllantirish uchun sharoitlar yaratish, xususiy sektorning
Yalpi ichki mahsulotdagi ulushini 80 foizga va eksportdagi ulushini 60 foizga yetkazish belgilangan. Muhim vazifalar sifatida hududlarda 200 ta yangi sanoat zonalarini tashkil etish va biznes-inkubatorlar tizimini rivojlantirish, sharoiti og’ir bo’lgan tumanlarda tadbirkorlikni rivojlantirish uchun yanada qulay shart-sharoitlar yaratish, hududlarda tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlash, ishsizlik va kambag’allikni
qisqartirish bo’yicha mavjud tuzilmalar faoliyatini takomillashtirish, iqtisodiyotda davlat ishtirokini qisqartirish va xususiy sektorga keng yo’l ochish, iqtisodiy munosabatlarda erkin bozor tamoyillarini joriy etishni kengaytirish kabilar alohida belgilab qo’yilgan.
Mamlakatimiz hududlarida kambag’allikni qisqartirish va aholi bandligini oshirish, o’zini-o’zi band qilishda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish muhim ahamiyatga ega.
Asosiy natijalar. Mamlakatimizda kichik biznesni rivojlantirish bo‘yicha
to‘plangan tajribalar shuni ko‘rsatadiki, korxonalarning raqobatdoshlik darajasini oshirish ularning o‘z faoliyatlari davomida kengayib, yiriklashib borishini taqozo etadi. Lekin, kichik biznes sub’ektlarini davlat tomonidan qo‘llab- quvvatlash maqsadida belgilangan imtiyoz va yengiliklarga ega bo‘lish imkonini beruvchi
korxonalarning miqdoriy chegaralari ayrim hollarda ushbu jarayonlarga to‘sqinlik qilishi mumkin. O‘tgan davr mobaynida mamlakatimizda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasining yuksalishi, kichik biznes sub’ektlari uchun yaratilgan qulay shart-sharoitlar natijasida iqtisodiy salohiyati ortgan ko‘plab korxonalar mazkur imtiyozlardan foydalanishni davom ettirish maqsadida o‘z xodimlari sonini
belgilangan miqdoriy chegara doirasida saqlab qolishga harakat qilmoqdalar. Bu esa, ularning yiriklashish jarayoniga to‘sqinlik qilmoqda. O‘zbekiston Respublikasida kichik biznes sub’ektlari rivojlanishi mustaqillikka erishilgan davrdan boshlab hozirgi kungacha ma’lum bosqichlarni bosib o’tdi. Salkam 30 yil davomida kichik biznes sub’ektlari rivojlanishi borasida bir qator me’yoriy hujjatlar, huquqiy asoslar yaratildi. Bu borada amalga oshirilgan ishlar negizida kichik biznes sub’ektlari rivojlanish bosqichlarini tasniflab chiqdi.
Kichik biznes mamlakatning iqtisodiy salohiyatini ko‘tarishi, davlatning
muvaffaqiyatli rivojlanishi va gullab-yashnashining o‘lchovi bo‘lganligi uchun
O‘zbekistonda ham kichik biznesning rivojlanishini rag‘batlantirishga alohida e’tibor qaratilgan. Respublikamizda kichik biznesni rivojlantirish bugungi kunning asosiy ustivor vazifasidir. Kichik biznesga bo‘lgan e’tiborning iqtisodiy sabablari:
 ichki bozorni mahalliy tovar va xizmatlar bilan to‘ldirish;
 aholining harid qobiliyatini oshirish;
 mamlakatning eksport salohiyatini yuksaltirish;
 ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish;
 servis xizmatlari ko‘rsatishni rivojlantirish;
 yirik korxonalarni butlovchi detallar va qismlar bilan ta’minlash;
 raqobat muhitini vujudga keltirish;
 mamlakat ichida kapitalning aylanuvchanligini ta’minlash kabilar.
Haqiqatdan ham kichik biznes sub’ektlari ichki bozorni mahalliy tovar va
xizmatlar bilan to‘ldirayotgan, yirik korxonalarni butlovchi detallar va qismlar bilan ta’minlayotgan va mamlakat eksport salohiyatini oshirayotgan sohaga aylanib bormoqda. Buni mamlakat eksport salohiyatidagi o‘rnini oshib borayotganidan ham ko‘rish mumkin. Kichik biznesning tashqi iqtisodiy faoliyatdagi o‘rni ham asta-sekin
kengayib bormoqda. Uning eksport hajmidagi ulushi 2021 yilda 22,3 foizni tashkil etib, bu ko‘rsatkich 2010 yilga nisbatan 8,6 foizga oshgan.
Har qanday davlatning tashqi iqtisodiy faoliyatida eksport muhim rol o‘ynaydi. Mamlakatimiz iqtisodiyotining ravnaqi eksport salohiyatining yuksalishiga ham bevosita bog‘liqdir. Mustaqillik yillarida mamlakatimizning eksport salohiyati tubdan
o‘zgardi. Bunda kichik biznesning o‘rni ham beqiyosdir. Kichik biznes sub’ektlari bugungi kunda ichki iste’mol bozorini import o‘rnini bosuvchi tovarlar bilan to‘ldiribgina qolmay, balki yuqori sifatli, raqobatbardosh tovarlarni jahon bozoriga
taklif etmoqda. Kichik biznes mamlakat iqtisodiyoti tarmoqlarida ham eng muhim sohaga aylanib bormoqda. Qishloq xo‘jaligi, savdo, maishiy xizmat ko‘rsatish, ovqatlanish, mehmonxona va turizm faoliyatlarida kichik biznesning salmog‘i juda kattadir.
Keyingi paytlarda sanoatda tarmoqlarida modernizatsiya, ishlab chiqarishni texnik va texnologik jihatdan o‘zgartirish, sanoatda chuqur tarkibiy o‘zgartirishlar va diversifikatsiyani amalga oshirilishi natijasida qishloq joylarda ham sanoat tarmoqlari rivojlanib bormoqda. Bunda esa kichik biznes asosiy yetkachilardan hisoblanadi. Sanoat ishlab chiqarishda ham kichik biznesning ulushi yildan-yilga oshib bormoqda.

Kichik biznesni sanoat tarmoqlaridan oziq-ovqat sanoatida, qayta ishlash


sanoati, yengil sanoatda ulushi yuqori bo‘lmoqda. Asta sekinlik bilan kichik biznes sub’ektlari sanoatning boshqa muhim tarmoqlariga ham faoliyati oshishib bormoqda.
Kichik biznesni rivojlantirishdan yana bir maqsad mamlakatning ma’naviytarbiyaviy va madaniy ishlarini yuksaltirish. Chunki kichik biznes ma’naviytarbiyaviy va madaniy sohalarni rivojlanishiga ham o‘z hissasini qo‘shadi. Respublikamizda kichik biznesni rivojlantirishning ma’naviy-tarbiyaviy va madaniy
sabablari:
 an’anaviy xalq amaliy san’ati va badiiy hunarmandchilikning tiklanishiga
ko‘maklashish;
 sport va sog‘lomlashtirish maskanlarini barpo etish;
 xususiy o‘quv muassasalarini ochish;
 obodonlashtirish, ko‘rkamlashtirish va ekologik tarbiyani yo‘lga qo‘yish;
 bolalar, o‘smirlar hamda yoshlar lagerlarini tashkil qilish.
Keyingi 3-4 yil ichida mamlakat iqtisodiyotida davlat ulushini qisqarishi, erkin bozoro mexanizmlarini amal qilishi natijasida kichik biznesning rivojlanishida tub
bo‘rilish bo‘ldi. Xususan, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning iqtisodiyot tarmoqlaridagi ulushi ham oshib bormoqda. Ayniqsa, kichik va xususiy korxonalarning ishlab chiqarish tarmoqlaridagi hissasi ortib bormoqda.

Xulosa o’rnida shuni ta’kidlash mumkin, milliy iqtisodiyotida kichik va


xususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish kambag’allikni qisqartirish, o’zini-o’zi
ish bilan bandligini ta’minlash, mahallalarda xizmat ko’rsatish sohalarini
rivojlantirish kabilarga erishishni ta’minlaydi. Mahaliy Institutlarning samaradorligi
rolini oshirish – tadbirkorlarga yangi korxona yaratish uchun eng yaxshi
imkoniyatlarni taqdim etishi, shuningdek, uning keyingi faoliyati va rivojlanishi
uchun qulay sharoit yaratishga inkoniyat beriishi lozim.
Xulosa.
1. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish uchun
dastavval tadbirkorlik subyektlarini aniq moliyalashtirish manbalarini, shu jumladan
aholi mablag’lari, byudjetdan tashqari jamg’armalar, tadbirkorlar, tijorat banklari va
moliya institutlarining kreditlari, xalqaro tashkilotlar va xorijiy davlatlarning
grantlari, xalqaro standartlarga muvofiq kredit uyushmalari faoliyatini yo’lga qo’yish.
2. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlar oʼz ehtiyojlari uchun obʼektlar
quradigan yangi tashkil etilgan kichik biznes subʼektlariga yagona soliq toʼlovi
toʼlash boʼyicha imtiyozlar yaratish.
3. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari bilan yirik korxonalar
o’rtasida ilmiy-texnika sohasida kooperasiyasini yo’lga qo’yish. Yirik korxonalarning
buxgalteriya, marketing kabi xizmatlarini autsorsing asosida tashkil etish
mexanizmlari bo’yicha huquqiy asoslarni mustahkamlash.
4. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlarning davlat xaridlarida ishtirokini
oshirish, tadbirkorlik subʼyektlarining davlat xaridlari sohasida yanada
soddalashtirish deb hisoblaymiz.

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.


1. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi “2022-
2026 yillarga mo’ljallangan yangi O’zbekistonning taraqqiyot strategiyasi
to’g’risida”gi PF-60-sonli Farmoni// www.lex.uz
2. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 24 yanvardagi
“Respublikada ishlab chiqarishni rivojlantirish va sanoat kooperasiyasini
kengaytirishning samarali tizimini yaratish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-99-son
Qarori// www.lex.uz
Yüklə 28,95 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin